Asosiy mavzular
6 oktyabr 2020

Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentni “ontarish” boshlandi

6 oktyabr tongida Qirg‘izistondagi parlament saylovi natijalaridan norozi qo‘zg‘olonchilar davlat hokimiyati boshqaruv markazi bo‘lgan Oq uyni egallashdi.

Ijtimoiy mediada tarqalgan suratlarda namoyishchilar binoning prezident idorasi joylashgan 7-qavatida xonadan xonaga yurayotgani aks etgan.

Suratlardan birida namoyishchilar prezident Jeenbekovning devordagi suratini olib, otib yuborgani tasvirlangan.

Qirg‘izistonning qamoqda qolayotgan sobiq prezidenti Atamboev qo‘zg‘olonchilar tarafidan ozod qilindi. Uni qo‘zg‘olonchilar bilan bir safda yurayotganini «Eltuz» muxbiri ko‘rdi.

“Butun Qirg‘iziston” partiyasi vakili Omurbek Suvonaliev hozir shu minutda (6.10.2020) Qirg‘izistonda «legitim ho‘ko‘mat menman» deb aytdi.

Uning «Ozodlik» radiosiga bildirishicha, “amaldagi prezident qochib ketgan”. Ammo 6 oktyabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov mamlakatda sodir bo‘lgan tartibsizliklar haqida noma'lum joydan turib videobayonot berdi.

Ag‘darilgani aytilayotgan prezident “siyosiy kuchlar davlat hokimiyatini noqonuniy ravishda egallab olishga urinishdi”, deya tashvish bildirdi.

Qirg‘iz qo‘zg‘olonchilari prezident Sooronboy Jeenbekov adminstratsiyasi va parlament joylashgan binoga o‘t qo‘ygani haqida ham xabarlar keldi.

«Eltuz» muxbiri prezident adminstratsiyasi joylashgan 7-qavat oynalaridan qora tutun chiqayotganini ko‘rdi.

Qo‘zg‘olonchilarni tamsil qilgan Jooshbek Koenaliev o‘zini Bishkek hokimi deb e'lon qildi. El saylagan mer shaharni nazoratga olishga va'da berdi.

Oldingi to‘ntarishlar vaqtida Bishkekdagi do‘konlarni talonchilar talon-taroj qilgan edi. Bu safar bunday taloshlar boshlangani haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Qirg‘izistonning asosan o‘zbeklar yashaydigan janubida ham siyosiy taranglik kuzatildi. O‘sh hokimi Sariboshevni qo‘zg‘olonchilar haydab yuborgani aytildi. Shuningdek, O‘sh shahri kengashi raisi Japar O‘rmonov qo‘zg‘olonchilar tomonidan do‘pposlandi.

O‘zbekiston hukumati 6 oktyabr kunining birinchi yarmidagi holatda Qirg‘izistondagi voqealarga munosabat bildirmadi. O‘zbek blogerlarining munosabati esa turlicha bo‘ldi.

Izzatilla Rahmatillaev: «Qirg‘izlar tabiatan erksevar, ozod, nohaklikka chidamisiz xalq. Ular nohaqlik bo‘lgan joyda o‘zini o‘zi o‘t qo‘yib yondirmaydi, zolimning zulmiga qarshi kurashadi va zolimning o‘zini yoqadigan botir xalq».

Aleksey Volosevich: «Kirgizы krutы. V schitannыe chasы sovershili tretyu revolyutsiyu. Respekt…

Xurshid Inomjonov: «Qirg‘izistonda hokimiyat qiltillab, zo‘rg‘a turgan ekan, ag‘anab ketdi. Afsuski, ag‘natganlar kechagi sharlatanlar. Inqilobchilarning asosiy o‘zagi ashaddiy millatchilar, o‘zbeklar va O‘zbekistonga qarshi kayfiyatdagi siyosatchilar hamda ularning muridlari. Qo‘llaridan baqir-chaqir va provokatsiyadan boshqa ish kelmaydi. Mintaqada xavfsizlik izdan chiqib ketmasligi va ayniqsa etnik ozchilik xavfsizligi fojeali tarzda buzilmasligi uchun O‘zbekiston o‘z Qurolli kuchlarini jangovar shay holatga keltirib turishi kerak. Har narsa bo‘lishi mumkin. Bir-biriga kulib qarash va ishshayish bilan tashqi siyosat yurgizilmaydi. To‘polonchi qo‘shniga hozirgacha qilingan yaxshiliklar inqilobchilar uchun bir tiyin. Qadriga yetishmaydi, munosib baholashmaydi. Faqatgina muqarrar harbiy kuch ularni provokatsiyalardan tiyib turishi mumkin».

Mirza Anvar Hamidov: «Inqilob ham xalq madaniyati darajasiga bog‘liq. O‘t qo‘yish, bir-birini o‘ldirish, buzish, yanchish…bu qoloq xalqlarning uslubi. Belaruslarga o‘xshab mijg‘ovlanish, ko‘chalarda mitingbozlikdan naryog‘iga o‘tolmaslik ham xalq tafakkurining «tormoz»ligidan dalolat!»

«Eltuz» muxbirlari Qirg‘izistondagi voqealarni kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 iyun 2023
Bu sanada O‘zbekistonda haqiqiy ma'noda mustaqillik kuni nishonlanishi kerak, chunki bundan 30 yil burun, 1990 yili respublika parlamenti Mustaqillik ...
6 dekabr 2021
«Albatta, keragidan ko‘p xato qilganmiz, ulardan juda afsusdaman. Eng katta xatoim sud, jin ursin, mustaqil sud tizimini tuza olmaganimiz ...
28 aprel 2020
Kuz oyining quyoshli kunlaridan birida “barachniy” Hasanboy yonimga keldi va gapni cho‘zib o‘tirmay, “ketdik”, dedi. “Qaerga?” – so‘radim undan. – Hozir choyxonaga ...
6 avgust 2019
Prezident Mirziyoev qarori bilan 3 avgust kuni O‘zbekistondagi mash'um Jasliq qamoqxonasi yopildi. Ayni qarorda qamoqxona binolari va mulklari Qoraqalpog‘iston ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...