Asosiy mavzular
25 yanvar 2021

Amerikaliklarga e'tibor bor, xonobodliklarga yo‘qmi?

AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimidan ketishidan avval O‘zbekistondagi Qarshi shahri yaqinida joylashgan Xonobod harbiy bazasida xizmat qilgan harbiylarga to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tish imkoniyatini taqdim etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, AQSh Mudofaa vazirligi 2001 yildan 2005 yilgacha O‘zbekistonda xizmat o‘tagan 10 mingga yaqin harbiy xizmatchining sog‘lig‘iga zaharli moddalar ta'sirini o‘rganishi lozim. Shuningdek, harbiylar kompensatsiya olish va davlat tomonidan davolanish xarajatlarini qoplatish huquqiga ega bo‘ladi.

AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan maxfiylikdan chiqarilgan hujjatlarga ko‘ra, O‘zbekistonda xizmat qilgan askarlarning deyarli barchasi asbest, aviayoqilg‘idan chiqqan asabni falajlovchi gazlar va hatto “kimyoviy qurollarni zararsizlantirish, raketa omborlaridagi portlashlar, shuningdek, tashlandiq aviayoqilg‘i omborlari” sabab tuproqqa tushgan kuchsizlantirilgan urandan zaharlangan bo‘lishi mumkin, deyiladi senatorlar Richard Blumental va Temmi Bolduin bayonotida.

AQShning O‘zbekistondagi harbiy xizmatchilari zaharlanishi bo‘yicha ilk tekshiruv 2001 yilda o‘tkazilgan edi. O‘shanda bazaning eski omborlarida asabni falajlovchi gaz va aviatsiya yoqilg‘isiga o‘xshash qoramtir, shilimshiq modda topilgan edi. O‘zbekiston vakillari ushbu kimyoviy moddalarning mavjudligini ilgari bazada sovet kimyoviy qurollari ombori bo‘lgani bilan izohlagan.

Ammo o‘sha vaqtda AQSh Mudofaa vazirligi bu holat bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmagandi. Chunki tahlil natijalari zaharli moddalar darajasi u qadar yuqori emasligini ko‘rsatgandi.

AQShning Faxriylar ishlari departamenti veb-saytida sobiq askarlardagi saraton kasalligining Xonobod bazasi hududida zaharlanish bilan bog‘liqligini isbotlovchi ma'lumotlar yetarli emasligi haqida xabar mavjud.

Faxriylarning tibbiy tarixini mustaqil o‘rganish natijalari ko‘rsatdiki, Xonoboddagi harbiy bazada xizmat qilgan sobiq harbiylarning 14 foizida turli saraton kasalliklari bor. Bundan tashqari, yana 20 foiz harbiyning sog‘lig‘ida boshqa jiddiy muammolar mavjud.

Ehtimoliy zaharlanish / nurlanishning mahalliy aholi sog‘lig‘iga ta'sirini kim o‘rganadi? Umuman, mamlakatda radiatsiya darajasi va saraton bilan kasallanish o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha tadqiqotlar qilinadimi?

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 iyun 2016
O‘zbekiston inson huquqlari jamiyatining Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi bo‘lgan, Jasliq lagerida 10 yildan beri jazo muddatini o‘tayotgan A'zam Farmonovning ...
22 dekabr 2015
Amnesti tadbirlari doirasida Shvetsiya maktablarida Muhammad Bekjon ozodligiga bag‘ishlangan installyatsiyalar o‘rnatildi. “Gimnaziyamizning qorong‘u bir burchagida panjaralar o‘rnatdik, panjara ortiga ...
9 dekabr 2017
Konstitutsiyaning 25 yilligiga bag‘ishlab 7 dekabr kuni qilgan chiqishida prezident Mirziyoev 2700 odamni avf qilganini bildirdi. “Hozir 57 ming ...
20 iyun 2016
Tovlamachilik aybi bilan xibsda qolayotgan 38 yashar Chinozlik tadbirkor Ahmadboy Tursunboevga nisbat berilgan maktub ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. «Maktubda» ...
Bloglar
2 mart 2021
Bir og‘aynim qo‘qqisdan men haqimda daholarcha bashorat qilib bunday deb qoldi: Kerak bo‘lsa, ming foiz ...
25 fevral 2021
Bolaligimda mendan 5-6 yosh katta qo‘shni kaptarvoz bola bo‘lardi. Ko‘pincha kaptarlari bizning hovlimizga uchib kelib ...
17 fevral 2021
Hali gazga o‘tilmagan yonilg‘i sifatida faqat benzindan foydalaniladigan vaqtlar edi. Benzin esa avtomobillarga yonilg‘i quyish ...