Asosiy mavzular
15 oktyabr 2021

Yulduz Usmonova sudga kelmadi

13 oktyabrda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolik ishlari sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning da'vo arizasiga binoan ochiq sudda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ishi ko‘rib chiqilishi kerak  edi. Shu kuni javobgar tomoni kelmagani uchun sud 22 oktyabrga qoldirildi. 

Shoir Yo‘lchi Ro‘ziev suddan ikki she'rini qo‘shiq qilib kuylagan Yulduz Usmonovadan qalam haqini undirib berishni so‘ragan. 

“Xasta bo‘lma” she'rim 2016 yil aprelda yozilgan, – deydi shoir Yo‘lchi Ro‘ziev. – Qo‘shiqchining ma'muri bilan bir davrada bo‘lib qoldik va unga o‘ntacha she'rimni Yulduz Usmonovaga yetkazishi uchun topshirdim. 

Shu she'rim 2018 yil yanvar oyida Yulduz Usmonova tomonidan qo‘shiq qilingan. Shunda ham ma'murlar kontsertdan so‘ng qalam haqi beriladi, Yulduz Usmonovaning o‘zi aytdi, degandi. 

Ammo va'da va'daligicha qolib ketdi. Qo‘shiq ommalashib ketgandan so‘ng men ham orqaga chekinmadim. Xonanda gaplashib olishga chaqirdi. So‘ng orada turli sabablarga ko‘ra ma'murlari o‘zgarganini, qo‘shiq unga ko‘p daromad keltirganini aytdi. 

Meni rozi qilishini aytdi. Qalam haqi evaziga kitobimni chop etish taklifini berdi. Men rozi bo‘ldim. Hisob ishlarini turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Mansur Agaliev amalga oshiradi, dedi. Ammo bu va'da ham bajarilmadi. 

Bu orada “Sevgi izhori” she'rimni ham qo‘shiq qildi. Ikkalasiga ham haq to‘lamadi. Vakillari bilan Intellektual mulk agentligi aralashuvi bilan ham ish bir tomonga yechilmadi”.

“Eltuz” muxbiri san'atkorning ma'murlaridan biri bilan bog‘landi. Ma'mur muxbirga xonanda aynan sud kunidan xabari yo‘qligi, ammo Yo‘lchi Ro‘zievning ijtimoiy tarmoqlardagi noroziliklariga duch kelganini aytgan.

Mirzo Ulug‘bek sudi mulozimining “Eltuz”ga aytishicha, “ Yo‘lchi Ro‘ziev arizasiga muvofiq ish o‘rganildi va tomonlarga sud kuni haqida xabar berilgan. Yo‘lchi Ro‘ziev sud bilan doim aloqada bo‘lib turibdi. Javobgar Yulduz Usmonovaga esa telefonogramma orqali sud kuni, joyi haqida ma'lumot berilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 fevral 2017
Shu kunlarda Andijon shahrida turli maktab o‘qituvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Yo‘l yoqalarida ohak to‘la chelak, supurgi ko‘tarib ko‘cha ...
8 aprel 2017
Stokgolmda 8 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida shved politsiya vakillari 7 aprel kuni mashinani olomon ustiga haydab terakt sodir ...
21 iyun 2017
Andijonlik shifokorlarning bergan ma'lumotlariga ko‘ra, keyingi paytlarda ari chaqishidan shikoyat qilib murojaat qiluvchi bemorlar tez-tez uchramoqda. Bu bemorlarning aksariyati ...
17 may 2023
1976 yilning 8-17 aprelida O‘zbekistonning tabiiy gaz olinadigan hududida joylashgan Gazli shahrida birin-ketin turkum yer qimirlashlari yuz berdi. Dahshatli ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...