Asosiy mavzular
3 dekabr 2021

Umida Niyozova vazirlikda qabul qilindi

2021 yilning 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyacining huquq faoli Umida Niyozova rahbarligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, uchrashuvda mehnat huquqlari himoyasini ta'minlash sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, shuningdek, kelgusidagi rejalar muhokama qilingan.

Germaniyada joylashgan O‘zbekiston inson huquqlari forumi direktori Umida Niyozovaga ko‘ra, O‘zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurash sohasida ulkan natijalarga erishilgan.

“Aytish mumkinki, bu yil o‘tkazilgan monitoring tashkilotimiz tomonidan 2010 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan monitoringlar tarixida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatdi. Endi biz O‘zbekistonda tizimli majburiy mehnat haqida gapira olmaymiz, faqat ba'zi xavflar saqlanib qolayotganini aytishimiz mumkin. Umuman olganda, O‘zbekistonning davlat siyosati haqiqatan ham aniq maqsadlarga yo‘naltirilganini isbotladi, to‘g‘ri qadamlar tashlandi”, deb ta'kidladi Umida Niyozova.

Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari Erkin Muhiddinov majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, jumladan, mehnat qonunchiligi buzilishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar soni, paxta terimi davridagi huquqbuzarliklar axborot-targ‘ibot ishlari to‘g‘risida batafsil ma'lumot taqdim etdi, shuningdek, ushbu sohani yanada takomillashtirish rejalari to‘g‘risida gapirdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Muhiddinov 6 ta banddan iborat qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklifi bilan chiqdi.

1. Fermerlar, klasterlar va Davlat mehnat inspektsiyasi inspektorlari ishtirokida adolatli ishga qabul qilish va majburiy mehnatning oldini olish tamoyillari to‘g‘risida qo‘shma o‘quv dasturini o‘tkazish;

2. Mehnat huquqlarini himoya qilishni tashkil etish hamda mehnat nizolarini hal etish bo‘yicha tajriba o‘rganish maqsadida Davlat mehnat inspektsiyasi xodimlari uchun Germaniya va AQShga o‘quv safarlari va mashg‘ulotlar tashkil etish;

3. Mehnat huquqlarini himoya qilish sohasida tajriba almashish maqsadida xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar, vazirlik va idoralar, Markaziy Osiyo davlatlarining fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida xalqaro davra suhbati o‘tkazish;

4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida yangi tashkil etilayotgan Mehnat nizolarini ko‘rib chiqishga ko‘maklashish markazi – “Mehnat-M” faoliyatini tashkil etishda texnik va maslahat ko‘magini taqdim etish;

5. Huquq himoyachilari bilan hamkorlikni mustahkamlash, xususan, O‘zbekistonda birgalikda monitoring ishlarini olib borish;

6. Germaniyada tashkiliy mehnat migratsiyasini kengaytirish loyihasini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, migrantlarning mehnat faoliyatini va ularning mehnat huquqlarini himoya qilishni monitoring qilish tizmini yo‘lga qo‘yish shular jumlasidandir.

«Eltuz» ilgari xabar qilganidek, Cotton Campaign koalitsiyasining taniqli huquq faoli Umida Niyozova rahbarligidagi delegatsiyasi 1 dekabr kuni O‘zbekistonga kelgan edi. Ular bir hafta mobaynida O‘zbekiston rasmiylari va to‘qimachilik sanoati, klaster vakillari hamda fermerlar bilan uchrashadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 avgust 2019
O‘zbekiston prezidenti keyingi 17 yil mobaynida ilk bor ta'tilga chiqdi. Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoevning 5 avgustdan qisqa muddatli ...
3 sentyabr 2018
2 sentyabr kuni militsiya bo‘limiga chaqirilgan toshkentlik interer dizayner va bloger, 41 yoshli Miraziz Ahmedov uyidan chiqib ketganicha hanuz ...
24 fevral 2016
Kleptokratiya hukmron O‘zbekistonda bugungi kunda qog‘ozbozlik amaldorlarining oddiy ish yo‘siniga aylangan. Oddiy odamlar u yoqda tursin, Eltuz.com yaqinda e'lon ...
4 iyul 2019
Shifokorlar dalalarda ishlashga majbur etilarkan, shifoxonalarda bemorlar hayoti uchun tahlikali vaziyat yuzaga keladi. 2018 yilning 28 iyun kuni Bryussel ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...