Asosiy mavzular
22 dekabr 2021

Farg‘onada tug‘ruqxona to‘lg‘oq tutgan ayolni qabul qilmadi

Dekabr oyi o‘rtalarida internetda Farg‘ona viloyati tug‘ruqxonasiga kelgan tug‘roq holatidagi ayol propiskasi boshqa joyda bo‘lgani sababli shifokorlar tomonidan qabul qilinmagani iddao qilingan video tarqaldi.

Unda ko‘rinishicha, to‘lg‘oq azobidan qiynalayotgan ayol og‘riqqa chidolmay, yaqinlari bilan birgalikda tug‘ruqxona yo‘lagida shifokorlar bilan tortishmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, tug‘ish payti yaqin qolgan homilador ayol oilasi bilan tug‘ruqxonaga keladi va bosh shifokor ularni qabul qilmasdan, yashash joyiga ko‘ra belgilangan shifoxonaga borishini aytadi. Ayolning to‘lg‘og‘i kelgani uning dardli ovozidan bilinadi.

Shifokor homilador ayolning chorasiz eri jarayonni videotasvirga olayotganini ko‘rib, oldidagi xodimlariga buyuradi: “Xotinlarning oldiga kirmasin u. Oling qo‘lidan, nenormalnыy, sumasshedshiy. Telefonidan (videoni) o‘chirmagunicha chiqarmang”.  

Shifokor bemorni qabul qilish o‘rniga ularni haydab solish maqsadida “ichki ishlar xodimlarini chaqiringlar”, deya bir necha marotaba takrorlaganini eshitish mumkin. U tug‘ruq holatidagi ayolga yordam ko‘rsatish o‘rniga unga chiqish eshigini ko‘rsatib sudraydi.

To‘lg‘oq og‘rig‘idan azoblanayotgan ayolini shifokor sudrayotganini ko‘rgan turmush o‘rtog‘i unga qarshilik ko‘rsatgach, uni vrach “haromi, tegma, erim buni bilsa, seni nima qilishini bilasanmi”, deya haqorat qiladi.

Homilador ayolning qarindoshlariga ko‘ra, shanba kuni kechqurun kelinining to‘lg‘og‘i boshlangan. Oila a'zolari tez tibbiy yordam chaqirgan va u viloyat tug‘ruqxonasiga olib borilgan.

Vrachlar ayolni tekshiruvdan o‘tkazib, hali tug‘ishga tayyormasligini aytib, ularga qarashli bo‘lmagan boshqa hududdan kelgani sababli qabul qilmaydi. Ayolning ahvoli og‘irligi sababli yaqinlari tez tibbiy yordamda boshqa shifoxonaga olib borish uchun yordam so‘raydi. Ammo buni ham rad etishadi.

Shifokorlar ularga qo‘pol muomala qiladi va bu tug‘ruqxonada yotish uchun ayrim to‘lovlar borligi, undan ko‘ra o‘z hududiga borishsa, hammasi bepul bo‘lishini aytishadi. Ammo homilador ayol qattiq og‘riqdan qiynalayotgan edi. Shu sababli unga yordam berishlari kerak edi.

Navbatchi vrach ularni bosh vrachning oldiga yuboradi. Videoda bosh vrach ulardan pul to‘lashini talab qilib, haqoratlaydi. Shunda ular bosh vrachdan tug‘ish holatidagi ayolni shifoxonaga qabul qilmayotganining sababini yozma ravishda tushuntirishni talab qilishadi.

Ammo u buni rad qilgach, ayolning chorasiz qolgan yaqinlari jarayonni tasvirga ola boshlagach, bosh shifokor jazavaga tushib, baqirishni boshlaydi, haqorat qiladi. Bemorni olib chiqib ketishlarini aytadi.

Ularning tasvirga olayotganini ko‘rib, qarshilik qilishga urinadi. Ammo to‘xtata olmagach, bemorni shu tug‘ruqxonada tug‘dirishga qaror qiladi. Biroq qarindoshlar unga endi ishonmaydi, qasddan yomonlik qilishidan xavfsirab, tez tibbiy yordam mashinasida (ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, o‘zlarining shaxsiy mashinasida) zudlik bilan Farg‘ona tumani tug‘ruqxonasiga olib borishgach, ayolning ko‘zi yoriydi.

Bemorning qarindoshi Farg‘ona viloyati tug‘ruqxonasida ularga qo‘pol muomala qilib, tegishli tibbiy yordam ko‘rsatmagan shifokorlarga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab murojaat etgan. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 fevral 2017
O‘zbekiston poytaxti Toshkent va boshqa shaharlarida, o‘tgan yili, taniqli qo‘shiqchilar tashkil qilib kelgan “Sevishganlar kuni” nomli kontsertlar to‘xtatib qo‘yilgandi. ...
24 may 2018
Muhammad Bekjonning ukasi Rashid Bekjon ham deyarli Toshkentdagi 1999 yil 16 fevral portlashi sodir bo‘lgan kuni qamalgan akasi Komil ...
22 mart 2016
«Huquq» gazetasi mana shu kombinat bilan bog‘liq navbatdagi firibgarlik haqida maqola e'lon qildi. Ma'lum bo‘lishicha, angrenlik shaxs kombinatning shaxta ...
14 aprel 2016
«Huquq» gazetasi ana shunday qo‘shmachilardan ikkitasi qo‘lga olinib, odam savdosida aylanib, qonuniy jazoga tortilganini ma'lum qildi. Yozilishicha, Buxoro shahrilik ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...