Kundalik
21 iyun 2022

Eltuz tahririyati iddaolari tasdiqlanmagan maqolani olib tashladi

Eltuz tahririyati shu yilning 23 fevral kuni e'lon qilingan “Allamjonov 4.2 mln $ tillani chegaradan qanday olib o‘tdi?” sarlavhali maqolasidagi iddaolar to‘liq tasdig‘ini topmagani vajidan maqolani Eltuz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifa va kanallaridan olib tashlaganini ma'lum qiladi. Tahririyat maqolani qayta chop etgan nashrlar, jumladan, O‘zmetronom sayti hamda unga Tvitterdagi sahifasida havola bergan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotini o‘z qaroridan rasman xabardor qildi. Maqolani bo‘lishgan boshqa nashr va akkauntlarning ko‘pchiligiga bu borada rasmiy bildirgi yo‘llandi. Ushbu bayonot bilan maqolani chop etishdan hech bir shaklda hech bir shaxsni obro‘sizlantirish yoki unga tuhmat qilish qasd etilmaganini ta'kidlagan holda uni bo‘lishgan, qayta chop qilgan boshqa nashr, kanal va sahifa egalaridan maqolani olib qo‘yishlarini so‘raymiz. Maqoladagi iddaolarni qayta tekshirish jarayonida biz bilan o‘zaro tushunish asosida hamkorlik qilgan tomonlar, nashrlar va yakuniy qarorimizni hurmat qilgan Eltuz o‘quvchilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Tahririyat Germaniya qonunchiligi asosida sud tomonidan tayinlanishi mumkin bo‘lgan jarimani to‘lashga tayyorligini bildiradi. Shuningdek, tahririyat reputatsion zarar uchun maqolada ko‘rsatilgan shaxs Komil Allamjonovdan uzr so‘ragan xolda, uning O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta'minlash yo‘lidagi sa'y-harakatlariga omad tilaydi

Eltuz jamoasi.

Tag‘in o‘qing
7 iyul 2019
Xayrullo Fayz 1970 yilda Ho‘jandda tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini bitkazgan. Bi Bi Si radiosining o‘zbek xizmatida ishlaydi. Ochilgan ko‘zdan ...
11 fevral 2019
Bir yil oldin ishga tayinlangan 53 yashar Ixtiyor Abdullaev joriy yilning 8 fevralida DXX rahbari lavozimidan bo‘shatildi. Abdullaev ustidan ...
10 yanvar 2020
2020 yil 8 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Chilonzor tumani sudida kollej o‘quvchilari Maqsud Qosimov va Azizbek ...
30 sentyabr 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.MS. Tuz og‘a, sizam shu tarmoqda dim ko‘p ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...