Asosiy mavzular
21 may 2023

Xiva musiqa maktabi yuz yoshda

Maktabning tashkilotchilari to‘g‘risida ma'lumot: Mulla Bekjon Raxmon o‘g‘li 1887-yilda Xivada ma'rifatli oilada tavallud topdi. Uning otasi Rahmonbergan mahram Xiva xonligida bosh vazir lavozimida ishlagan islohotchi davlat arbobi Islomxo‘janing ish yurituvchisi bo‘lgan.

Mulla Bekjon 1913-1918 yillarda diniy va dunyoviy bilimlar bo‘yicha Istambul seminariyasida tahsil oldi. 

1920-yilda Xiva xonligi tugatilgach Xorazm xalq sho‘rolar respublikasi tashkil etilib, 22 aprelda bo‘lib o‘tgan Xorazm xalq respublikasining I Qurultoyida Mulla Bekjon ilk bora xalq maorifi noziri qilib saylanadi. O‘z navbatida u madaniyat noziri sifatida ham faoliyat yurgizadi. 

Abdurauf Fitratning Buxoro amirligi tuzumi va hayoti tanqid ostiga olingan “Begijon” (1916) pe'sasi aynan Bekjon Rahmon o‘g‘liga bag‘ishlangan ekan. Ammo, bu asar bizgacha yetib kelmagan. 

Mulla Bekjon 1929 yilda Panturkist degan tamg‘a bilan Chekistlar tomonidan otib o‘ldirilgan

Chokar taxallusi bilan g‘azallar bitgan shoir, bastakor, xattot, musiqashunos, atoqli sozanda, ustoz murabbiy Muxammad Yusuf Devonzoda 1889 yilda Xiva shahri yaqinidagi Shayxlar qishlog‘ida sozanda va xattot Muxammad Yoqub Xarrot oilasida dunyoga keldi. pastedGraphic.png

 “Tanbur chertish va Xorazm maqomlarining cholg‘u yo‘llarini Komil Xorazmiyning katta o‘g‘li Muhammad Rasul Mirzaboshidan, ashula yo‘llarini mashhur go‘yanda Muhammad Yoqub Fozachidan, g‘ijjak va samtur (chang) chalishni musiqa ustasi Qalandar Do‘nmasdan, dutorni Muhammad Sharif Qambardan, garmonni Qurbon sozchidan o‘rgandim. Cholg‘u asboblarini yasash va ta'mirlash hamda yo‘nuvchilik hunarlarini ham bilaman” deb yozadi u o‘z tarjimai holida.  

   1920 yili Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyatining davlat tuzilishida faol qatnashadi. Maorif nozirligining kotibi sifatida tumanlarda maorif organlarini tashkil qilishda bosh-qosh bo‘ladi. 1923 yilda Xivada ochilgan musiqa maktabiga Mulla Bekjon bilan birgalikda asos soladi va ayni shu maktab uchun “Xorazm musiqiy tarixchasi” kitobini yozishadi. (Lekin bu kitob 1925 yili maktab tugatilgandan keyin Moskvada nashr qilinadi). 

pastedGraphic_1.png

Rasmning chap tarafida torli cholg‘ularda o‘qiydigan, o‘ng tarafida puflama cholg‘ularda o‘qiydigan va pastda doira, g‘ijjak va tanbur sozida o‘qiydigan talabalar. O‘rtada Matyoqub Xarrot Devon bobo.

O‘sha davrda M.Xarratov yozuvlarida bu maktab musiqa texnikumi deb yuritilgan. 1923 Mulla Bekchon qamoqqa olingandan keyin Matyusuf Xarratov Maorif noziri qilib saylanadi. Uning otasi Matyoqub Xarrot Devon Maktab (texnikum) direktori sifatida faoliyat yurgizadi. “Xorazm tarbur chizig‘i” yozuvlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan Matyoqub Devon tanburchi o‘quvchilarga o‘sha nota yozuvi bo‘yicha saboq beradi.  Muxammadraximxon-Feruz davrida Rossiyadan  Xivaga kelgan 84-kazak polki duxovoy orkestri sozandalari ota-bola   Nikolay va Yevgeniy Nikolaevlar puflama va torli cholg‘ularda, Yevgeniy Nikolaevning rafiqasi  Tatyana  Nikolaeva fortepiano cholg‘usida maktabda mashg‘ulotlar olib boradilar. Maktabning dastlabki o‘quvchilari Sharif Solaev, Davlat Karakasadov, Raxmon Ollaberganov, Sharif Ramazanov, Zarif Latipov va boshqalar ilg‘or o‘quvchilardan bo‘lgan. 

1924 yili Xorazm xalq respublikasi tugatilib, O‘zbekiston SSR tashkil qilingandan keyin musiqa maktabi ham 1925 yili o‘z faoliyatini to‘xtatgan. 

Matyusuf Xarratov ham o‘sha paytda respublika poytaxti bo‘lgan Samarqand shahridagi Musiqa va Xoreografiya institutiga o‘qituvchi sifatida ishga chaqirilgan. Uning shogirdlaridan Sharif Ramazanov, Sharif Solaev va Raxmon Ollaberganovlar ham ustozi bilan birgalikda Samarqandda o‘qishlarini davom ettirganlar.

Hozirgi kunda o‘zining 100 yillik yubileyini nishonlayotgan Xiva bolalar musiqa va san'at maktabi jamoasini chin qalbdan tabriklaymiz!

qubov

Tag‘in o‘qing
2 noyabr 2023
2018 yilning yanvarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ga aylantirildi. Lekin ...
18 noyabr 2021
Joriy yil 18 noyabr kuni soat 16.00 da Xalq deputatlari O‘rtachirchiq tumani kengashi doimiy komissiyasi Xalq demokratik partiyasidan deputat ...
8 yanvar 2016
Eltuz.com e'tiboringizga 16 yil Karimov rejimi mahkumi bo‘lgan o‘zbek adibi Mamadali Mahmud (Evril Turon) bilan suhbatning 3 qismini taqdim ...
29 oktyabr 2016
Ismi va tumani sir tutilgan Farg‘ona viloyati tumanlaridan birining mutaxassisi Eltuz.com muxbiriga Bosh vazirning virtual qabulxonasiga tushayotgan arizalar bo‘yicha ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...