«O‘rtoq Mirziyoev, mashshoqlarni qashshoqlar ro‘yxatidan chiqaring!» – RTdan va'z
RT: Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.
MS: Ëshi ulli, yoshi kichchi, mo‘chchi oybikalar nichiksizlar. Xo‘jik birrilar…
RT: Matchonboy, odamlar ikkiga bo‘linadi. Eltuzni ko‘rib obuna bo‘lib layk qo‘yadiganlar va Eltuzni bildirmay ko‘rib o‘tiradiganlarga.
MS: Og‘o, shu odamlaram ikkiya bo‘linadi. Qo‘shiq aytado‘nlar va qo‘shiq aytmiydo‘nlara.
RT: Qo‘shiqchilarni birlashtiradigan narsa ularning ochko‘zligi, betamiz va maqtanchoqligi.
Otarchi va mashshoqlar uchun imtiyoz!
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun ashlachilarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e'lon qilinibdi.
MS: Aholimizni o‘ta qiynalib getgan va sharoiti og‘ir qatlami adi o‘zi shula. O‘ysiz, elsiz ko‘pirni tiyinda yotg‘on bomj va bitchla…
RT: Ashlachi Kaniza «Kvartiralarimdan biridaman. Manavi Toshkent sitidagi kvartiramni remonti meni qoniqtirmadi» deb video qo‘ydi.
Asal Shodieva krutoy tachka olgani va Baybi Moxiy moshinasini yangilaganini yozib chiqdi.
Qiziqchi Davron Kobulov qurgan uy balandligi bois qo‘shnilarning uyiga quyosh nuri tushmay qoldi.
Yulduz Usmonova 150 ming dollarga mashina oldi. Ravshan Komilovning uyi stadiondan ham katta.
Munisa velikni sotib gelik oldi. «Yaqinda bitta kalishni 3 ming dollarga oldim» dedi Munis.
«Dilpuza Ismoilovaning qimmat moshinalari soni o‘ntadan oshdi.
Shaxlo Zoirova ayfon 15 oldi. Lili Xurramovning 1700 dollarlik telefonini o‘g‘ri uruvdi alamidan Parijga ketvordi.
Ozoda Nursaidova to‘rtta tapochkani 11 ming dollarga sotib oldi.
Luiza Dumbadze Istanbuldan eshik sotvoldi.
Gulinur bir oyda 60 ming dollar pul topishini aytdi…
Bu xabarlar madaniyat vazirligining bir milliard byudjet puliga yasattirgan saytidan olindi.
Osh bo‘lsin. Kelishtirgan qand yesin. Olgan rozi bergan rozi. O‘zbekniing topkani to‘yu tumaloqqa buyurib, o‘zini qashshoq, mashshoqni esa boy qib tashayversin. Omin Obloxu, Akbar.
Lekin Ozodbek degan madvazir o‘z zami ta'biricha, «Mirziyoevning oldiga kirib chiqib» artslarni temir daptardagi qashshoqlar spiskasiga qo‘shtirib «imtiyozli eshik oladig‘on» qilib «kredtit to‘ktirgani» tushunarsiz.
Janob Mirziyoev, xurmatli prezident. Rassom Tuzni o‘qiysiz bilaman. Rahmat. Sizdan iltimos shu mashshoqlarni qashshoqlar daptaridan o‘chirtiring.
Odamlarga yoqmayapti bularning maqtanchoqligi, yebto‘ymas ochopotligi. Keyin shu ozottiyam ozod qivoring ishidan. Bechara to‘y tumaloqqa borib, bitini to‘ksin.
Madaniyatni rasvosini chiqardi. Aynan shu Ozod qilayotgan ishlardan bezgan odamlar isyon qilib davlat tuzumini ontarib tashamasin.
Sizning ustozingiz, Karimov aytganday «Odamlar hamma narsaga chidaydi, lekin to‘ng‘izdan to‘q artslarning bezbetligiga chidamaydi».
MS: Indi tushundim nuchin Karimov bi otarchilani zapret diyan bo‘chkada soqlog‘onini. Bilani bo‘chkadan chiqarish jamiyata zarar gatirarakan. Karimovni zomonam bir ertakdiyn adi.
Ertaklar ovsarlikkka yetaklar
Ertak «agarotiga tosh» otishda davom etsam. (Zahar solmoq emish chayonning ishi) O‘zbek ertaklari ishlamay yeb yotish ya'ni parazitlikni tarannum qiladi. Masalan bir bitiga botgan viloyatlik kal dangasa poshshoning qiziga uylanvolib jit qiladi. Ëki bitta bankrot fermer chol «oltin qaynaydigan xumcha», tinimsiz tekin ovqat beradurg‘on «ochil dasturxon» va bularni oxrana qiberadigan teloxranitel «Ur to‘qmoq»qa ega bo‘ladi. Nima uchun? Bitta cho‘loq laylakni oshni tagiga bosmasdan qo‘yvorgani uchun. Zumrad degan qiz esa o‘rmonni krishovat qigan xolaga podxod qilib, padxalim bo‘gani uchun bir sandiq oltin oladi. To‘g‘ri gapni aytgan Qimmatni esa drakon yeb tashaydi. Zumradni povedeniyasi deb chol seksi xotinidan judo bo‘ladi.
MS: Ertaklar yaxshiliqo yetaklar – arkakla esa duch galgan qiyzni do‘shakka yetaklar.
Samarqandda o‘quvchi qiz seks zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi. IIV esa jim!!!
17 yoshli qiz 2022 yil aprel oyidan 5-maktab o‘qituvchisidan qo‘shimcha ravishda matematika bo‘yicha saboq ola boshlagan. 36 yoshli o‘qituvchi 2023 yil 5 may kuni o‘quvchisini aldov va kuch ishlatish yo‘li bilan uyiga olib kelgan va qarshiligiga qaramay uni yechintirib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan.
Keyin qizni videoga olib, bo‘lib o‘tgan hodisa haqida hech kimga og‘iz ochmasligi kerakligi, aks holda shaxsiy surat va videolarini tarqatishini aytib qo‘rqitgan.
Oradan ma'lum vaqt o‘tib, qiz hodisa haqida onasiga aytib bergan. Qizning Rossiyada mehnat muhojiri sifatida ishlayotgan otasi darhol qaytib kelgan va 18 avgust kuni oila prokuraturaga ariza bergan.
10 oktyabr kuni qizning otasi voqea yuzasidan tergov qanday ketayotganini bilish uchun ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilganidan keyingina unga jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etilgani haqida yozma javob berilgan.
Garchi rad etish haqida qaror 27 sentyabr kuni imzolangan bo‘lsa-da, tergovchi bu haqda jabrlanuvchini xabardor qilishni zarur deb hisoblamagan. Unga ekspertiza xulosasi ham taqdim etilmagan.
Bundan tashqari, o‘qituvchi qizning fotosuratlarini ijtimoiy tarmoq orqali tarqatib yuborgan.
Ayni paytda, jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxs psixologik-nevrologik dispanserga yotib olib, noqonuniy harakatlarini davom ettirmoqda.
Samarqand viloyati prokuraturasidan ushbu holatni batafsil o‘rganishni talab qilamiz.
Nega qizning otasi ish materiallari bilan bunchalik kech tanishtirildi va unga o‘zi imzolagan bayonnomalarning nusxalari berilmadi?
Qiz maktabga borishdan qo‘rqadi, lekin unga haligacha himoya orderi berilmadi.
Toshkentdagi 158-maktab o‘quvchilarini axloqsiz harakatlar qilishga majburlagani ortidan 2 yilga qamalgan psixolog Azad Gasanov muddatidan oldin ozodlikka chiqqan va yana o‘qituvchilik faoliyatiga qaytgan.
Qonun ortga qarab yurmaydi
MS: Og‘o navchun xorazmdayi adliyachi yetimsikarlara oz srok bardila?
Qonun ortga qarab yurmaydi.
Masalan, siz odam so‘yib yegan paytingizda odam ovlash oddiy ovchilik, odam yeti yeyish oddiy gastronomiya bo‘lsa sizni hech kim qamamaydi.
Chunki qonunda yo‘q.
Mabodo jamiyat o‘zgarib odamxo‘rlikni jinoyat deb qonunga kiritsa, o‘tmishdagi odamxo‘rlarni jazolay olmaysiz. Chunki o‘sha paytda ular qonunan taqiqlanmagan ishni qilishgan.
Xorazmlik yetimsikar mulozimlar 16 yoshdan yosh yetimchalar bilan seks qilgan paytdagi o‘zbek qonuni pedofillarni azizu mukarram qilishga qaratilgan edi. (Adliyachilar eyjodi!!!!)
Shundan kelib chiqib bu ikki yetimsikar mulozimga bor yo‘g‘i 3 yil berishdi.
Qonun qattiqlashganidan keyin lo‘li qizdan bo‘sa olgan amakiga 10 yil berildi.
Chunki qonun o‘zgartirildi. Tushuntira oldimmi.
Sizga qolsa, mamlakatda jazo tizimi o‘rniga samosud, linch tizimi joriy bo‘lsa.
Bozorda o‘g‘ri qo‘lga tushsa, hamma bir bo‘lib, ushab urib o‘ldirib tashashi kerak.
Pedofillarni paxtakor yoki bunyodkor stadioniga oborib, skotchlab yotqizib qo‘yib, ustidan asfalt tekkislaydigan traktorni o‘tkazib qiynab o‘ldirish kerak.
Ommaga eng yoqadigani, retsidivist mujiklar bu mulozmilar bilan seks qilib hammaning ko‘zi oldida xotinga aylantirsin.
Adliya sud tizimini tarqatib tashash kerak. Madvazrirlikning tomosha direktsiyasi bu jazolarni uyushtirib tursa bo‘ldi.
Shunday jamiyat kerakmi bizga, desam hamma «haaa» deydi.
MS: O‘lgiy bilo iloyim. O‘zi kim ko‘p o‘ladi arkaklami yo xotinlo?
O‘zbekistonda erkaklar xotinlarga nisbatan ko‘proq o‘lmoqda
Bir odamning o‘limi fojea. Ming odam o‘lsa bu statistika.
2023 yilning 9 oyida O‘zbekistonda qariyib 130 ming odam o‘ldi.
O‘lganlarning 71 ming 400 nafari erkak, 58 ming uch yuz nafari xotin kishidir.
Odamlar asosan avgust oyida «naryoqqa» ketib qolyapti. O‘lim sabablari avariya, pichoqvozlik¸ o‘zini osish va davleniya.
Saxar, ovqatdan zaharlanish, ichburg‘i, qichitma va shamollashdan o‘lishmoqda.
Rossiyada urushga obketilib o‘lganlar ham talay.
Shaxarda ko‘proq odam o‘libdi qishloqqa qaraganda.
O‘lganlarning 15 foiziga yaqini tog‘ni ursam talqon qilaman deb kuch qudratga to‘lib turgan yoshlar.
Hamma o‘ladi, ammo sizga kechidan buyursin. Dushmaningizning o‘ligini ko‘rib, keyin o‘ling.
MS: O‘lgan arkaklani xotinlari arsiz qoladiqu vunda. Vulani diri arkakla ikkinchi xotin atib qo‘ysinmi.
Qaytish
Xamzaning «Boy ila xizmatchi» dramasida boy otaga nechanchidir xotin bo‘lgan ayolning emizikli bolasini kundoshi qaynoq suvga cho‘kdirib o‘ldiradi. Oybekning Qutlug‘ qon romanida boy otaga uchinchi xotin bo‘lgan Gulnorga boy otaning katta xotinidan bo‘lgan qizi Nuri zahar ichiradi. O‘tkan asrlarda bizga ertak kabi tuyulgan bu sahnalar – diniy fanatizim o‘lkamizga tomirlarini keng yoya boshlagani sharofati bilan qayta kirib keldi.
«Ikkinchi ro‘zg‘orga qoriya xotin qidirvomman. Boqib kiyintirish mani zimmamda» degan e'lonlar internetni to‘ldirgan. Mamlakat dev qadamlar bilan ortga Qodiriy ta'biri bilan aytsak eng kirli, eng chirkin o‘tkan kunlarga qaytmoqda. Shu ketishda bular teshik tosh g‘orida xodani yog‘ochga ishqab o‘tiradi gugurt nimaligini bilmay.
MS: Shunda nishatali. Kadiya boravaramizmi yo, o‘ydayi sultonposhshoni qoshi qopoqino qorop o‘travaramizmi?
RT: Xotini bo‘la turib, boshqalar (hamkasbi, qo‘shnisi, klienti) klienti bilan seks qiladurg‘on erkaklarga aytadirg‘on gapim shu! Xudodan qo‘rqmasangiz ham, xotiningiz nafratidan qo‘rqing.
Zangiotadagi xotinlar qamag‘i erini o‘ldirgan xotinlar bilan to‘la. Bittasi shirin uyquda yotgan erini bolta bilan chopib tashagan. Bittasi kapkirni gazda qizdirib uyqudagi erining yuziga bosib kuydirgan. Erini novot pishiradigan sanoat qozonida qaynatib, ko‘mib tashagan edi bir xorazmlik xotin.
Xotiningiz sizning butun jinoyatlaringizni biladi. Video, foto va skrinlar olinib allaqachon yashirib qo‘yilgan.
Sizning hiyonatingiz ifsho bo‘lishi bilan, xotiningiz qalbidagi otashin muhabbat bir sekundda dahshatli nafratga aylanadi.
Bu nafrat atom bombasidan kuchli, vezuviy vulqonidan ko‘ra daxshatli, mingta kobraning zaharidan ko‘ra zaqqum.
Siz nima qilsangiz ham onangiz uchun bola bo‘lib qolasiz. Ona kechiradi. Ammo xotin kechirmaydi. Itingizni qiynab oyog‘idan tutga ikki soat osib qo‘yib, keyin yechib olib suyak bersangiz qo‘lingizni yalaydi. Kek saqlamaydi. Sodiqligicha qoladi. Lekin xotin zoti hech qachon kechirmaydi. O‘lganining kunidan «kechirdim» deyishi mumkin.
Bir o‘zbek xotin eridan alamini olish uchun ovqatiga siydigini qo‘shib berganini onasi bilan gaplashgani audiosi internetda aylanadi.
Xullas, yobr hangi bo‘lishdan oldin o‘ylang! Siz bittasiz, resurslaringiz cheklangan. Xotin esa bir emas, balki o‘nlab tish tirnog‘igacha qurollangan armiyalarning generalisimusi. Uning oshkora qurollaridan ko‘ra, yashirin va o‘ta halokatli qurollari ko‘p. Xotinning istixborot tizimi o‘nta esenbedan ko‘ra teranroq ishlaydi.
Sizga kerakmi oldindan mag‘lub bo‘lishingizni bila turib urushga kirish.
Oshiq Erkin aytganiday «Muhabbatda vafoli bo‘l!!! Vafosizni kechirmaslar»
Mendan oytish.
MS: Sho‘rtda tormozo bosing og‘o. Alni ochib uring potyani.
RT: Assalom O‘zbekiston Juma muborak!
Rassom Tuz