Kundalik
3 fevral 2016

Prokuror Aramais Avakyanga 18 yil so‘radi

2 fevral kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida davom etgan «Fermer Aramais ishi»ning maxkama jarayonida davom etdi. Prokuror Sh. Turdibekov, Aramais Avakyan «159, 161, 244 moddalarda ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun», unga umumiy xisobda 18 yillik qamoq jazosi so‘radi.

Sudlanuvchilar Furqat Jo‘raev, Bektemir Umurzoqov, Akmal Matmurodov, Dilshod Alimovlar uchun prokuror 10, 15 yildan jazo so‘ragan bo‘lsa, bu ishdagi asosiy guvox sanalayotgan va kasbi sartarosh bo‘lgan Azamat ismli sudlanuvchiga 3 yillik jazo so‘ragan.

Aramais Avakyandan tashqari barcha sudlanuvchilar, o‘zlaring so‘nggi so‘zlarida, ayblariga iqrorliklarini aytishib, o‘zbek xalqi va Islom Karimovdan kechirim so‘rashgan.

Faqat Aramais Avakyan xech kimdan kechirim so‘ramasligini aytgan.

«Men bu moddalarda ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etmaganman. Va kechirim so‘ramayman. Men arman bo‘lsamda, shu O‘zbekistonda voyaga yetdim. Bu yurt mening vatanim. Va men unga xiyonat qilmaganman» degan Aramais Avakyan.

Sudya tanafus vaqtida Shirin Tursinovaga turmush o‘rtog‘i Aramais Avakyan yoniga kelishga va gaplashib olishga ruxsat bergan.

«Men uning qo‘llaridan ushladim va unga, ruxini tushirmasligini aytdim. Yana, xalqaro tashkilotlar, Jurnalistlar va dunyo armanlari uyushmalari seni taqdiringdan xabardorlar dedim. Uning ko‘rinishi bugun ancha yaxshi, ruxi tetik ko‘rindi menga» dedi eltuz.com bilan suxbatda Shirin Tursinova.

Xukm o‘qilishi kutilayotgan sudning oxirgi majlisi qachon bo‘lishi yig‘ilganlarga aytilmagan.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 sentyabr 2020
«Biz tomonlargayam koronavirus infektsiya yetib keldi. Qishlaxta o‘n beshta odamda o‘sha kasallik bor ekan»,- dedi bugun ertalab qishloqdoshlarimdan biri. ...
18 may 2020
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mulozimasi Mariya Zaxarova «rasmiy idoralarda o‘zbek tilining majburiy qilinishini kamchilik yoqlayotgani»ni yozg‘irgani ortidan tarmoqdagi mo‘'tadil ...
27 oktyabr 2021
O‘zbekistonda kriminal «avtoritet» sifatida ko‘riladigan 71 yoshli “tadbirkor”  Salim Abduvaliev​ qozog‘istonlik jurnalist Nursait Jilqichiboyga o‘zining Toshkent va Bo‘stonliqdagi qarorgohida ...
10 may 2019
Rassom Tuz
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...