Asosiy mavzular
3 may 2024

Chalasavod rahbarlar botqog‘i – RTdan va'z

RT: Mana bugun yana bir jumada sizlar bilan yuzma-yuz, ko‘zma-ko‘z diydor ko‘rishdim, azizlarim. Bugun sizga aytar shum xabarim yo‘q, osmon rostan musaffo deyishni orzu qilaman. Lekin yomonni yashirsak ahvol xarob bo‘ladi. 

MS: Nichiksizla xo‘jikbrrilla, Mo‘chchi oybikalar? Kachayte kachayte qilib yuribsizlarmi? Bola-chog‘o, amma-doyi, sig‘ir o‘jak, qo‘ngshiovolo hammasi sog‘mi? Hafta ichinda kimla ishkal atdi, kimla zapal bo‘ldi, shulardan gapiring, og‘a.

KORRUPTsIONYeR TUZOG‘IDA O‘LGAN YaKKASAROY HOKIMIYaTI YuRISTI

RT: Eltuz nashri bir necha kun avval Yakkasaroy hokimligi yuristi Nodir Akbarov 160-maktab basseynida cho‘kib o‘lgani haqida xabar bergan edi.

Marhumning xotini Akbarova Zulfiya bu baxtsiz hodisa emas, uyushtirilgan qotillik deb ta'kidlamoqda. 

Zulfiya Akbarova Prezident Shavkat Mirziyoevga yozgan xatida bir necha faktlarni keltirgan. 

«Erim o‘limidan bir kun oldin menga hokim o‘rinbosarining qurilish bo‘yicha katta aybini topdim. Bu aybini sir saqlashim uchun katta pul va'da qildi. Men ko‘nmadim» deydi u. O‘sha kuni Zulfiya soat 13:00 da eri bilan telefonda gaplashgan, Nodir Akbarov «tadbirdaman» deb qisqa javob bergan. Shundan so‘ng ayol 18:00 gacha har yarim soatda eriga telefon qilsa ham javob bo‘lmadi. Uning o‘lganini 21:00 da o‘g‘lidan eshitdi. 

Ayolning so‘zlariga qaraganda eri hech qachon spirtli ichimlik ichmagan, mutlaqo sog‘lom bo‘lgan va suzishni bilmagan. Ekspertiza esa oshqozoni kasallangan, cho‘kib o‘ldi degan xulosa chiqardi. 

Nodir Akbarovning o‘g‘li va jiyani voqea joyiga yetib borganda kompyuter yozuvlari o‘chirib yuborilgan, bir kun ilgari advokatlik hisob raqamidan yechib olingan 1300 AQSh dollari ham yo‘qolgan.  Yakkasaroy tumani prokurori va hokimi til biriktirib 18 aprel kuni ro‘y bergan jinoyatni bosdi-bosdi qilyapti. Tergov ishi sust olib borilyapti. Yakkasaroy tuman hokimiyati tergov ishida yordam berish o‘rniga 22 aprel kuni yuristning mehnat shartnomasini shoshilinch bekor qilgan.

Marhumning oilasi DXX, Bosh Prokuratura va shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan masalaga jiddiy yondashishni so‘ramoqda.

MS: O‘g‘irlasang hazzatib yashiysan O‘zbekistonda, o‘g‘irlamasang bu botqoqda cho‘kib o‘lasan. 

ChALASAVOD RAHBARLAR BOTQOG‘I

RT: Prokuratura tizimida har kuni aniqlanayotgan yangidan-yangi jinoyatlarga rasmiylar izoh berib ulgurmayapti. Olomonning eng katta tashvishi esa otarchining otasi kimligini aniqlash bo‘lib qoldi.

MS: Artisni qo‘ying, o‘zimizni yetmak o‘g‘rila haqqinda gapiring, og‘a. Sizdan boshqa yech kimni duxi yetmiydi bi gaplara. 

RT: O‘zbekiston boshqaruvidagi eng kichik zarradan yupiterigacha bo‘lgan  amaldorlar hammasi savodsiz o‘qimagan ikkichi, birchilardir. Oldinam shunaqa edi. Yo‘ldosh Oxunboboev degan birinchi prezident umuman xarf tanimas va qarorlarga barmog‘ini siyoxga botirib bosardi. O‘zbekistonni 1983 yildan 1988 yilgacha boshqargan Usmonxo‘jaev pora bilan qo‘lga tushib qamalganida qamoqdan chiqargan bir varaq xatida saksonta xato bor edi.

MS: Ko‘na voxni yoshullilari savodsiz bo‘lg‘on og‘a, hozir universitet ko‘paydi lekin savodsiz kamaymadi. 

RT: Yaqinda tug‘ilgan kunini nishonlagan jurnalist do‘stimning aytishicha O‘zbekistondagi rahbarlardan ko‘ra, Yevropadagi 10 yashar qizaloq million marta aqlli. Toshkent xokimi Shavkat Umurzoqov Abdulla Qodiriy va Do‘stlik bog‘lari ijaraga berilishini izohlar ekan, butun dunyoda parklar xususiy biznesga berib qo‘yilgan deb mutlaqo yolg‘on gapirdi. 

«Abdulla Qodiriy va Do‘stlik bog‘larining ahvoli yaxshimas. Bog‘ning menejeri davlat bo‘lishi noto‘g‘ri. Butun dunyoda shunaqa», dedi hokim. Agar bu gapni Bulgakovning «Ityurak» asaridagi professor eshitganida «astronomik ko‘lamdagi kallavaram» deb atagan bo‘lardi bu hokimni. 

MS: Og‘a quri bizanikilani tirasiz, quri bizadami kallavarang raxbarla, chet yelda yo‘qmi?

RT: Amerika Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik va dunyodagi eng mashhur parklaridan biri bu! Bog‘ning uzunligi taxminan 4 kilometr, kengligi 800 metr va umumiy maydoni 3,41 km2. Bog‘ga yiliga taxminan 25 million kishi tashrif buyuradi. Bu qo‘shma Shtatlardagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan park. Ko‘plab filmlar va televizion shoularda namoyish etilishi parkni dunyodagi eng mashhurlaridan biriga aylantirdi. Park tijoriy bo‘lmagan Markaziy Park sifatida Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan saqlanadi. Dordan qochgan murod bilding bilmadinglar uy qurmasligi uchun barcha qattiq choralar ko‘rilgan. Nyu Yorkdagi bog‘da ulug‘ o‘zbek rassomi Amon Azizov rasm chizib tirikchikik qilganda qandaydir boy ota kelib chiqib ket bu yerdan demagan. Chunki park AQShda joylashgan. Yangi O‘zbekistonda emas.

MS: Amerikali yoshullilani ongi pas o‘xshiydi, shaarni o‘rtasini bog‘ atmin, pil galadon ishlani atish garak adi. Puling bo‘lsa xaltada, dam olasan Yaltada.

BEVERLEE CLUB – MOLIYaVIY PIRAMIDA

YoHUD QOPQONDAGI PIShLOQ

RT: Mansabdori yeb to‘ymas va savodsiz bo‘lgan yurtning bizneslari ham firibgarlik ustiga quriladi. O‘zbekistonda Tyanshi, Godji, Sibirskoe zdorove kabi “to‘r marketing” tizimida ishlaydigan iste'molchi piramidalari mavjud. Ushbu kompaniyalar ko‘proq maxsulot sotib, izdoshlar yetaklab kelish evaziga yaxshi daromad va'da qiladi. Firmalar nomi o‘zgarib turadi. Ularning asosiy maxsuloti – dori-darmon, turli bad va vitaminlar. 

Tovlamachi kompaniyalar orasida BeverLee, Beverone, Beleever deb qayta-qayta nomlangan firma ancha mashhur. Piramida tashkilotchilari ishtirokchini bir yil ichida yirik daromad olib, boyib ketishga ishontiradi.

BeverLee Club piramidasi qandli diabetdan tortib, saraton kasaligacha davolaydigan turli dorilarini reklama qiladi. Semirish, ozish, gemoglobinni oshirish, xotirani mustahkamlash, allergiyani ketkazish, qon bosimi, soch to‘kilishi, yurak qon-tomir kasalliklari, qichima, qo‘tir, tutqanoq – bu ro‘yxatga istagan kasallikni qo‘shing, firmada albatta davo dori topiladi. O‘rtacha harid narxi 50-100$ atrofida. 

MS: Qimmat dorisini ichsa amdolli qorri bovolonom yigitlik quvvoti oshib getsa garak,  og‘o…

RT: Matchonboy,dorilar tarkibi oddiy, arzonroq analogini istagan dorixonada topish mumkin. Ularning ta'siri platsebo darajasida – o‘zingizni shu ta'sirga ishontirasiz, bir muddat tetiklashgandek bo‘lasiz, shifo topmaysiz. 

Kompaniya dorilar Yaponiyadan keltirilishini iddao qiladi. Yaponiyaning o‘zida BeverLee maxsulotlarini ham, firmani ham uchratmaysiz. BeverLee Club ishtirokchilari uchun doimiy master klasslar uyushtiradi – unda yangi ishtirokchilarni jalb qilish, dorilarni “o‘tkazish” texnikalari o‘rgatiladi. 

Tantanavor taqdimotlar, mashina yutuqlari, dam olish tadbirlari, sayohatlar ham aynan yangi ishtirokchilarni qarmoqqa tushirishga mo‘ljallangan. BeverLee Club Toshkent, Olmaota, Dubayda ofislarga ega.

Piramida vaqti-vaqti bilan rebrending qilib, nomini o‘zgartiradi. Moliyaviy piramida tizimi O‘zbekiston Qonunchiligida taqiqlangan bo‘lishiga qaramasdan, ushbu firmalar faoliyatini davom ettirmoqda. Demak, ular qonunni aylanib o‘tish darajasida ayyor yoki teparoqda “qudratli rahnamolari” bor. Firibgar piramidalarning ulkan va'dalariga aldanmang.

MS: Ahmadboyo pil barib lox atilgan odamla indi qolomosini shu piramidaya opporib barib baxti ochilsa garak, qorovosti kishini…

MASLOU PIRAMIDASI: SIZ QAYSI BOSQIChDASIZ?

RT: Maslou inson baxti uchun zarur bo‘lgan omillarni piramida shaklida joylashtirgan. Unga ko‘ra, kishilar ehtiyojlari birlamchi baza va rivojlanishning yuqori bosqichlariga ajraladi.

P'esadan parcha: O‘tkuriyning pul haqidagi gaplari

Shu kunlarda Eltuz ehtiyojlar haqida so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma natijalarini Maslou piramidasi shaklida tartiblashtiramiz. Quyi pog‘onada fiziologik ehtiyojlar, ya'ni qorin to‘qlab chanqoqni bosish zarurati turadi. So‘rovnomada qatnashganlarning 34 foizi ushbu kundalik  ehtiyojlarga pul topish  haqida o‘ylashini belgilagan. 

Piramidaning ikkinchi pog‘onasi xavfsizlik ehtiyoji ya'ni 61 foiz ovoz uy-joy, transport vositasi va sog‘likni tiklash masalalariga qaratilgan. Anglashilganidek, 95 foiz respondentlar Maslou piramidasining dastlabki ikki «bazaviy ehtiyojlar»  pog‘onasida turibdi. Shaxsiy rivojlanishni ko‘zda tutuvchi yuqori pog‘onalar esa «kishilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatish», «jamiyatda hurmat va e'tibor qozonish», «bilim ehtiyoji», «estetik zavq» va «o‘zlikni anglash»dan iborat. 

Bu masalalar faqat 5 foiz ovoz to‘pladi. Asosiy tashvishimiz yeb-ichish, uy, mashina va sog‘likni tiklash bo‘lgan bir paytda ma'naviy yuksaklikni da'vo qilib o‘zimizni aldamayapmizmi?

MS: Qonning do‘q bo‘sa qo‘shiqom oytasan, davadi bir voxlo SSSRni yoshullisi bo‘lg‘on Brejnev. Qonning och bo‘lsa qo‘shiq yoqmaydi, bo‘sh kallada aql yotmiydi. Navoiy bobomiz novvi davadi bi hoqda.

Jingl

MASJID-MADRSALARDAN 3,3 MILLIARD SO‘M O‘G‘IRLANDI

MS: Bizning kimligimizni bilmasang, qurg‘on imoratlarimiza qora davadi Amir Temur.

RT: Machchonboy, Amir Temur qurdirgan binoga sen bilan mening nima aloqamiz bor, qurganlar o‘tib ketgan. Hozir faqat buzishmoqda. 

Tarixiy ob'ektlar ta'miri va jihozlar sotib olishga byudjetdan yirik mablag‘ ajratilgan edi, Buxoro shahridagi tekshiruv davomida 3,3 milliard so‘m o‘g‘irlangani aniqlandi. Bosh Prokuraturaning ishchi guruxi bosh prokuror o‘rinbosari rahbarligida Buxoro shahri hududidagi madaniy meros ob'ektlarni ko‘zdan kechirdi. «Xo‘ja Kalon» minorasi, «Xusayn» va «Nodir Devonbegi» madrasasi, «Ark» kompleksida bo‘lib o‘tgan restavratsiya ishlari  tekshirildi.Taftish mobaynida hujjatlar o‘rganilib, yolg‘on qaydlar aniqlandi. Hujjatlarda restavratsiya ishi haqida noto‘g‘ri ma'lumotlar aks etgan. Tarixiy obidalarga quyidagicha zarar yetkazilgani aniqlandi:

731 mln so‘m zarar – «Xo‘ja Kalon» minorasiga;

216 mln so‘m zarar – «Xusayni» madrasasiga;

90 mln so‘m zarar – «Nodir Devonbegi» madrasasiga yetkazilgan.

Shuningdek, Buxoro tarixiy markazidagi hududida joylashgan 74 madaniy ob'ektlar ta'miriga 50 mln so‘m ajratilgan. Ushbu byudjet mablag‘i ham talon-taroj qilingan.

Buxoro viloyati restavratsiya markazi xodimlari ob'ektlarga tovar sotib olish uchun mo‘ljallangan 2,3 mlr so‘mni ham o‘zlashtirib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatishgan. Buxoro viloyati restavratsiya markazi xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

MC: Mansabdorlar aqlsiz, savodsiz diysiz, og‘a. Bula har sohadan pul kachat atish bo‘yincha qora belvog‘i bo akademik bo‘lib getganqu. Uring potiyani.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak.

Tag‘in o‘qing
4 sentyabr 2019
Mening uzoq yillar avval yozgan bir she'rim bor edi. Unda Sharqning shoiri gul butog‘iga bog‘lab qo‘yilgan devga qiyoslanardi. Bu ...
4 may 2020
Avstraliyaning The Daily Telegraph gazetasi “Besh ko‘zli” (Unga AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada va Buyuk britaniya kiradi) razvedka ittifoqi ...
29 iyul 2018
O‘zbekistonda eng uzoq muddat qamoqda o‘tirgan jurnalist va sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon o‘zbek turmasidagi hayotiga bag‘ishlangan birinchi kitobini ...
16 yanvar 2024
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonda hibsga olingan kriminal avtoritet Salim Abduvaliev qirg‘izistonlik deputat Emil Jamg‘irchiev bilan birgalikda prezident Sadir ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...