Asosiy mavzular
2 noyabr 2024

Rossiya VGIKining Toshkentdagi hojatxonasi

“Biz uchun hamma san'atlar ichida eng muhimi kinodur” degan edi proletariat dohiysi Vladimir Ilich Lenin o‘tgan asrning 1925 yili. Bugun kino qilmoqchi bo‘lganimiz mavzuimiz esa Rossiya kinematografiya instituti VGIKning Toshkentdagi filiali haqida. 

Eltuzga maktub yuborgan ayni institut filiali talabasi maktubidan ayon bo‘lishicha, to‘rt yil ichida institut binosi tashlandiq holga kelgan. Rossiya propagandachilarining puch va'dalariga ishonib kelgan rus kino ustalari ham, ularning o‘zbek paytavafurushlari ham ish haqi pastligi bois karam sho‘rvadan voz kechishgan.

Ayni filial bundan to‘rt yil burun “O‘zbekkino” agentligi tepasiga kelishi bilanoq birinchi ishi uning nomidan o‘zbek so‘zini olib tashlagan Firdavs Abduholiqov tashabbusi bilan oshiqcha dabdabalar ostida tashkil etilgan edi. Va'da qilingan sharoitlardan esa asar ham yo‘q. Unda tahsil olayotgan talaba maktubini o‘qiymiz

Toshkentda  VGIK  filiali ochilganida talabalarga  yaxshi sharoitlar va'da qilishgandi.

Ammo mana to‘rtinchi yil ketmoqda va hech narsa  yaxshi tarafga o‘zgarmadi. Yangi rektor kelishi bilan  yomon bo‘lgan hamma narsa yanada yomonlashdi.

Har kuni talabalar institutga keladi ammo dars o‘tadigan odam yo‘q.

Studentlar “aqqa baqqa” yurib uyiga qaytib ketishadi.

O‘qituvchilarga yetti oydan beri  maosh to‘lanmagan.

Ko‘plab o‘qituvchilar ishdan ketdi. Ketmoqchi bo‘ganlar ashiincha.

Shu jumladan magistrlar ham bu yerdan ketib qolmoqchi.

Kinoni kino ustalari o‘z ijodiy ustaxonasida taxsil berib o‘rgatadi.

Taomil shu.

Ammo bu yerda kino ustozlar uchun sharoit yo‘q.

Ustoz bo‘lmaganidan keyin ijodiy ustaxonalar ham yo‘q

Garvardni tugatgan bastakor ustoz Dmitriy Yanovskiy ketdi.

Ajoyib ustoz, tajribali pedagog, dramaturgiya o‘qituvchisi Ilya Aleksandrovich Kojuxar ham ketdi.

Rejissyorlik fakulteti talabalari  o‘zbek kinosi ustalari – Ulug‘bek Xamraev, Ëlqin To‘ychiev qo‘lida o‘qishi belgilagandi.

Abiturientlar ustoz Ali Xamraev huzuriga borishdi ammo uning o‘rniga hech kim tanimagan boshqa bir ustoz o‘tirgan edi.

Tajribali ustozlar oylik kamligi yoki shu kam oylik muntazam to‘lanmagani uchun ketib qolishgan.

Rashid Malikov, Odilsho Agishev, Elyor Ishmuxammedov, Yusup Roziqovlar ishdan ketgani ortidan ular qo‘lida o‘qiyotgan talabalar ustozsiz qolib ketdi.

VGIK Toshkent filiali  ushbu ajoyib kinematograf ustozlariga yaxshi sharoit taqdim eta olmadi.

Bu ahvolda o‘z kelajagini kino bilan bog‘lagan talaba yoshlar bu ustozlar tajribasini o‘rganishdan mosuvo bo‘lib  birinchi darajali murabbiylarsiz qolish xavfi bor.

Eski o‘qituvchilar ketganidan so‘ng, ular allaqachon o‘tgan materialni qayta va siyqa qilib aytib beradigan yangilari keldi.

O‘zlari aql va saviyaga muxtoj bo‘lgan bu “yangi domla”lardan studentlar nimani ham o‘rganardi.

Mavjud sharoitda talabalar yangi bilimlarni rivojlantirish va olish imkoniyatiga ega emaslar.

Shartnoma uchun studentlar 30 milliondan to‘lashmoqda.

Ammo bu pulni to‘laganlar aslida hech bir shaklda ta'lim olayotgani yo‘qku.

Bu pul qaerga ketadi? Kimning cho‘ntagiga?

Boshqa shaharlardan kelgan talabalarga bir oy davomida yotoqxona berilmadi va endi ular mutlaqo g‘ayriinsoniy sharoitlarga joylashtirildi.

Tualetlarda yangi O‘zbekiston chaqiriqlari blilan to‘la gazetalar ket artish uchun qo‘yilgan.

Ijod uchun mo‘ljallangan  universitetda kurslar uchun o‘quv xonalari yetarli emas.

Birinchi kurslarda «jismoniy tarbiya» fani mavjud bo‘lsa-da, sport  zali yo‘q.

Studentlar bu darsni o‘rta maktab binosiga borib  o‘qiydi va buning uchun pul ham to‘lashadi.

Aktyorlik fakulteti talabalari esa yot idoralarning zallarida raqsga tushishga majbur.

Ular  uchun xoreografiya zali yaratishga va'da berilganiga uch yil bo‘ldi. Hanuz yo‘q. Bo‘masayam kerak.

Kino degani bu texnika, kamera, montaj stoli, mikrofon.

Bulardan asar ham yo‘q.

Kameralar va kino uskunalari  mikrofon bilan ishlaydigan kompyuterlar beriladi deb otam zamonlarida va'daning kattasini berishgandi.

Ammo va'da bajarilmadi. Elementar o‘quv jihozlari yetishmaydi.

Hatto doskaga yozish uchun na bir bo‘r va na bir marker bor. Doskani o‘ziniyam zavxoz obketib qomoqchi.

Yangi rahbariyat va'da qilgan o‘quv kinostudiyasi ham yo‘q.

VGIK studentlari uchun rejalangan Moskvaga  safarda filial talabalari o‘rniga Davlat san'at va Madaniyat instituti talabalari borib sayr sayoxat, shopping mopping qilib kelishdi.

Savol tug‘iladi: bu odamlar kimlar va nima uchun ular VGIK talabalari o‘rniga yuborildi?

Oylik stipendiya kechikishlari, bufetning yetishmasligi, buzilgan hammom va hojatxona qog‘ozining yetishmasligi. Ehh nimasini aytaylik. Nima yo‘q deb emas, nima bor o‘zi deb so‘rang.

Ma'muriyat bizning so‘rovlarimizni mutlaqo eshitmaydi arizamizni o‘qimaydi. Direktorga borishning iloji yo‘q, chunki u doimo «chet do‘latda saparda» va «muxim uchrashuvlar» bilan band bo‘ladi.

Asnoda  yuqorida aytib o‘tilgan zallar va ofislar yo‘qligi sababli institut akkreditatsiyadan ham o‘tolmadi.

Buni birov Oliy Ta'lim Maskani deb tan olmadi.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘qish uchun 30 million  to‘lagan talabalar ma'muriyat juda maqtab, va'da qilgan rus uslubidagi diplom o‘rniga filkina gramota bo‘lgan sertifikat olishadi.

Bu nafaqat Toshkent VGIK, balki bosh universitetning obro‘si haqida ham ko‘ndalang bo‘layotgan savoldir.

Bu qonunbuzarlikka  kim yo‘l qo‘ydi va kim bu sharashkina kontoradagi yolg‘onlarni ko‘rib ko‘zlarini yumdi. Kim?

VGIKning Toshkent filialida  o‘qiganimizdan  achinyapmiz» deya yozadi Rossiya kinematografiya institutining  Toshkentdagi filiali talabasi.

Eltuz Rossiya tuvagi ostida qolgan o‘zbek kinosi muammolarini yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga bu yuzadan sharhlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
8 yanvar 2021
Men senga eng achchiq so‘zlarimni titrab Bugun aytaman. Men seni bugun ayamayin sira, Sen-chi, g‘azablan. Men aytib titrayin, sen ...
29 aprel 2016
O‘zbek matbuotining bu jazavasiga 12 aprel kuni, “Toshkent” telekanalida START berildi. O‘sha kuni bu telekanal, kechki praym taym vaqtida, ...
15 noyabr 2022
Xorazmda masjid qurilishiga oid e'lonlardan kelib tushgan 40 million so‘mni “tuya qilgan” imom-xatibga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Andijonda esa Umraga ...
8 noyabr 2015
Navoiylik nogiron va ikki farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan Boymurodova Dildora pensionerlar haqini talab qilib norozilik aktsiyasida qatnashgani uchun jazoga tortildi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...