Asosiy mavzular
10 noyabr 2024

Afg‘ondagi Bobur, Navoiy va Beruniy qabri

Biz o‘zimizga meros deb bilganimiz Temur saltanati bugungi O‘zbekiston teritoriyasidan anchayin katta. 

Yarim dunyoning yarmisi qadar katta. 

«Bobur Xindistonni ishg‘ol qildi» degan so‘zda bir yanglish bor. 

Bobur o‘z bobosi Amir Temur qo‘lga kiritgan xududni qayta nazoratga olib podshoxlik qildi. 

Bobur changalzorlar ichidagi roja diktatorchalardan tarkib topgan bu tarqoq o‘lkani yagona davlat darajasiga ko‘tardi. 

Lekin Bobur o‘z qabri Xindistonda bo‘lishini istamadi. Vasiyatga ko‘ra¸ Kobulda dafn qilindi. 

Tole' yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,

Har ishniki, ayladim — xatolig‘ bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,

Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi?!

Bugungi Afg‘oniston yerida  ulug‘ o‘zbek  olimi Beruniy ¸buyuk o‘zbek shoiri Navoiy va ulug‘ jaxongir shoir Bobur qabri bor.

Bu qabrlarni obod qilish¸  azizlarimizni eslash va  ularning bizga oid ekanligini iqtidorlarga eslatish O‘zbekiston uchun milliy vazifa.

Bu vazifani biz ikkichi o‘quvchi kabi keyingi 30 yil ichida yaxshi ado qila olmadik.

Afg‘on yeridagi oxiri ko‘rinmagan urush va diniy nizolar halaqit berdi.

Ammo imkon bor. 

O‘zbekiston prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umrzoqovning Kobuldagi Bobur qabrini ziyorat qilgani shoyon olqishga loyiq.

Tashrif aynan qaysi kun bo‘lgani haqida bilgim yo‘q. Videoni jurnalist singlim Anora Sodikovadan oldim. Bilganim shuki bu tashrif Mirziyoev davrida yuz berdi. Karimov davri mulozimlarining Bobur qabri ustida tilovat qilishga jasorati yetmas edi.

Yaxshi kishi yomonlig‘ ko‘rmagay hargiz,

Har kimki yomon bo‘lsa jazo topqusidur…

Tag‘in o‘qing
12 fevral 2018
O‘tgan yillar davomida o‘zbek muxolifati yetakchiligiga da'vogarlik qilganlar ko‘p bo‘ldi. Ular hozir ham shu da'vosidan voz kechmagan. Bu da'vo ...
12 iyul 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
12 aprel 2016
Bugun Eltuz.com sayti O‘zbekistonning og‘riqli muammolaridan biri, o‘zbek so‘mini horijiy valyutaga ayirboshlash masalasini aks ettirgan rassom Elsevarning hajviy rasmini ...
20 avgust 2021
Joriy yilning 5 avgustida Oliy sudning sudlov hay'ati O‘zbekiston fuqarosi David Bagmanyanni ruhiy nosog‘lom deb topish to‘g‘risida avval qabul ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...