Kundalik
12 fevral 2016

Kallasi ishlab ketdi shekilli…

«Zamondosh» sayti muharriri bo‘lgan Rizo Obidning kallasi ishlab qoldi. Boshi borib toshga tekkanidan so‘ng ishlab ketdi shekilli.

Galima Buxarbaeva Rizo Obidning ustidan Gollandiya sudiga murojaat qilgani bor va uni tuhmatchilikda, ig‘vo tarqatishda ayblayotgandi. Sud bu ishni ko‘rib chiqsa, Rizo Obidga oson bo‘lmasligi ham aniq. «Zamondosh» muharriri sifatida tovon to‘lashi lozim.

Galimaning «Ozodlik» radiosiga aytganiga ko‘ra, bu bir necha ming yevro ekan. Tag‘in da'vogar bu ig‘vogarni Gollandiyadan deportatsiya qilish talabini ham ilgari suradi. Rizo Obid o‘ta makkor ekanligi birovga sir emas.

Bir necha kundan beri ishlamay yotgan «Zamondosh» bugun ishlab qoldi va endi uning bosh muharriri Anvar Karimov. Sudga borgan Rizo Obid esa «men muharriri emasman, ana, Anvarni keltirib javobgar qilinglar» deb qutilib ketadi. Qoyil qolish kerak!

To‘lqin Qoraev,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 aprel 2016
O‘zbek hukumati tepasidagilarga tramvayning aslo keragi yo‘q, o‘zbek mulozimining tramvay yoki velosiped minishi – uni ko‘chaga chiqazib sazoyi qilish ...
14 may 2023
Buxoro viloyat IIB tarqatgan bildirgida jinoyat tafsiloti ham keltiriladi. Biroq tergovga xalaqit bermasligi uchun jurnalistlardan bu ma'lumotlarni oshkor etmaslik ...
23 dekabr 2019
Sharqiy taqvim bo‘yicha 2020 yil ramzi kalamushdir. Kalamush yili sharqiy taqvimning yangi 12 yillik tsiklini boshlab beradi. Kalamush yilida ...
9 fevral 2024
Rassom Tuz
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...