Kundalik
9 fevral 2016

Shved prokurori: «Suiqasd ortida o‘zbek hukumati turibdi»

9 fevral kuni Shvetsiyada taniqli ulamo Obidxon qori Nazarovga suiqasdda urinishda ayblangan Yuriy Jukovskiyga chiqarilgan hukmga nisbatan appelyatsiya mahkamasi boshlandi. Shved telekanali SVT jurnalisti mahkamani yoritarkan, bu ish josuslar ishtiroki ko‘lami bilan Londonda yuz bergan Litvinenkoga qilingan qotillikka o‘xshashini bildirdi.

2006 yili Aleksandr Litvinenko o‘limida rus federal xizmati qo‘li borligi aytiladi, prokuror bu ishning, ildizi O‘zbekistonga borib taqaladigan imom Nazarovga qilingan suiqasd bir hil mohiyatga ega ekanini bildirdi. Ya'ni har ikki jinoyatda muxoliflarining yo‘q qilinishidan hukumatlar manfaatdor bo‘lishgan. “Holat shunday bo‘lsayu, men bor gapni aytmasam to‘g‘ri bo‘lmaydi”, – deydi prokuror Peterson “Hukumatni ayblash juda katta gap bo‘lmaydimi?” – degan TV jurnalistining savoliga javoban.

Bundan ilgarigi shved mahkamasi o‘zbek hukumatini to‘g‘ridan to‘g‘ri suiqasdda ayblashdan tiyilgan edi. Appelyatsiya sudida esa Obid Nazarov himoyasi Jukovskiyga umrbod jazo berilishi va ishning siyosiy buyurtma ekaniga e'tibor qilinishini talab qilmoqda. 57 yoshli Obid qori Nazarov 2012 yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromshund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida noma'lum shaxs tomonidan otib ketilgan edi. Oradan to‘rt yil o‘tib Ostershund shahri mahkamasi o‘zbekistonlik taniqli imom Obid qori Nazarov joniga qasd qilishda ayblangan, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgani aytilgan Yuriy Jukovskiyga 18 yillik qamoq jazosi tayinlagandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 yanvar 2023
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Sovuqlarda dirdirayotgan toshkentliklar, siz bilan hamdardman. MS: ...
9 aprel 2020
 MOSYo TYeST BILAN MUTOLAA  (Davomi) «Sof san'at» Balki «Mosyo Test»ning o‘z tafakkuri ustidagi istibdodini bitta Edgar Po emas, balki ...
28 aprel 2020
Davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etmagan mansabdor shaxslarga jarima solishni ko‘zda tutgan qonun loyihasi O‘zbekistonda yashovchi rus tilli ...
22 oktyabr 2015
Siz ko‘rib turgan suratdagi viqor bilan xarbiylar yonida turgan kishi – Jizzaxlik fermerlar va xuquq ximoyachilari tomonidan «Quturgan xokim» ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...