Kundalik
2 mart 2016

Jukovskiy umrbod qamoqqa hukm qilindi

Shvetsiyaning Sundsvall shahrida o‘tgan appelyatsiya mahkamasiga ko‘ra Obid Qori Nazarov joniga qasd qilgan toshkentlik yollanma qotil Yuriy Jukovskiyga berilgan jazo kuchaytirildi.

Izlari o‘zbek rejimiga borib taqaluvchi siyosiy suiqasd yuzasidan 9 fevral kuni Shvetsiyada boshlangan mahkama shved jamoatchiligi va matbuoti diqqat markazida bo‘ldi.

Shu o‘rinda ayrim Internet nashrlar bevosita sud zalidan jonli reportajlar olib borganini aytish mumkin.
Shved telekanali SVT jurnalisti mahkamani yoritarkan, bu ish Londonda yuz bergan Litvinenkoga qilingan qotillikka paralellar keltirdi.

57 yoshli Obid qori Nazarov bundan to‘rt yil burun, 2012 yilning fevralida Stromsund shahridagi uyi yaqinida otib ketilgandi.

Imom tirik qolgan, ammo boshidan og‘ir yaralangani bois uzoq vaqtdan buyon komada qolmoqda.

Umrbod qamoq jazosi Shvetsiyada oliy jazo hisoblanadi.

(Suratda Yuriy Jukovskiy o‘z sherigi Baxodir Po‘latov bilan)
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 iyul 2024
Bundan bir necha kun muqaddam Sherali Komilov qo‘lga oligani haqida xabar bergan edik. Sherali Komilovga jinoyat kodeksining 168, 140 ...
9 may 2020
Mana, hafta o‘tib yana ko‘zimiz ko‘zimizga tushdi. Men aytayotgan gaplarga quloq solyapsiz. Ko‘rsatuvni ko‘zdan emas, yurakdan kechirayotganingizni bilaman va ...
14 dekabr 2015
Malohat Eshonqulova Eltuz.com Ular “Do‘stlik” tuman sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari edi. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay ular, erta ...
22 dekabr 2017
22 dekabr kuni prezident Mirziyoev O‘zbekiston Oliy Majlisida qilgan bir necha soatlik jonli murojaatida moliya xodimlarini «kalamushlar» deb atadi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...