Andijon viloyatida ikkita bola o‘g‘irlangan
Bugun ijtimoiy tarmoq orqali bildirilishicha, kecha tushlik paytida Andijon viloyatining Marxamat tumanidagi 31-maktabdan ikki nafar birinchi sinf o‘quvchilari o‘g‘irlangan. Biri qiz bola, ikkinchisi o‘g‘il bola bo‘lgan. Eltuz manbasiga ko‘ra, Bolalar aynan maktab oldidan og‘izlari berkitilib, «Nexia» avtomashinasiga o‘tqazilib o‘g‘irlab olib ketilgan.
Buni Marhamat tumani IIB xodimi, mayor Qudratilla Nasriddinov tasdiqlaganligini ishonchli manba xabar qiladi. Zudlik bilan maktabning paxta dalalarida paxta terib yurgan o‘kituvchilari chaqirtirib olinib, maktabda yig‘ilish o‘tkazilgan.
Xozircha, Andijon viloyat IIB matbuot xizmati bu xakda oshkor kilishni istamayapti. Yo‘qolgan bolalarning ismi-sharifi va ota-onalari haqidagi ma'lumotlar sir tutilyapti.
www.eltuz.com