Asosiy mavzular
4 oktyabr 2016

O‘zbek tarixidagi qonli kun

SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining 1938 yil 4 oktyabrdan 16 oktyabrgacha bo‘lgan sayyor yig‘ilishlarida 507 nafar o‘zbekistonlik siyosiy maxbuslar ustidan hukm chiqarilgan.

Harbiy Kollegiyaning 1938 yil 4 oktyabrdagi yig‘ilishida otuv jazosiga hukm qilinganlar ro‘yxatidan bir qism:
Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat kabi millatimizning buyuk adiblari,olimlari va o‘zbek millatining bunyodkorlari;
Rahim Inog‘omov – o‘zbek tili va madaniyatini sovetlashishdan himoya qilish uchun bir siyosiy arboblardan va ziyolilardan iborat guruhni to‘plagan;
Usmonxon Eshonxo‘jaev, Rustam Islomov, Fayzulla Rahimboev, Akbar Islomov, Sa'dullaxo‘ja Tursunxo‘jaev – davlat va jamoat arboblari;
G‘ozi Olim Yunusov – birnchi o‘zbek folklorshunos olim, birinchi jurnalist va birnichi publitsist,
Qayum Ramazon, Otajon Hoshimov, Majid Qodirov, Ziyo Saidov birinchi o‘zbek adabiyotshunoslari,
Po‘lat Soliev – birinchi o‘zbek tarixchisi,
Xudoybergan Devonov – birinchi o‘zbek kinorejissyori, birinchi operator, birinchi fotosuratchi.
Va boshkalar…

Bular va boshqa ulug‘ millatdoshlarimiz, el-yurtdoshlarimiz hukm chiqarilgan kuniyoq 1938 yilning 4 oktyabrida, hozirgi Yunusobod tumani Oqtepadagi qatl xonada qatl etilganlar.

Bu qonli kundan oldinroq Munavvar Qori, Botu,Tavallo,Ubaydulloxo‘ja Asadilloxo‘jaev, Musa Saidjon kabi buyuk va birinchi o‘zbek pedagoglari, yuristlari va shoirlari qatl etilgan edilar, keyinchalik shahidlar safiga Usmon Nosir kabi o‘zbek millatining buyuk o‘g‘lonlari qo‘shildi.

O‘zbek millatining buyuk farzandlari, buyuk bunyodkorlari va ustozlari xotirasi oldida bosh egaylik.
Ularni unutmaylik!

Ular bizga qoldirgan meroslarini asraylik va kelajak avlodlarga qoldiraylik!
Ohiratlari obod, ruhlari shod bo‘lsin!

Anvar To‘ra Nazir,
mustaqil blogger
www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 fevral 2019
Esimni tanibmanki, demokratiyaga qarshi va klerikal totalitarizmni maqtaydigan replika eshitaman. Ëshligimda chollar nuqul Stalinni maqtardi. Qattiqqo‘l boshliqni yoki xotinini ...
3 dekabr 2023
Davlat Xavfsizlik Xizmati xodimlari Toshkent shahar IIV uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlarini hibsga olganlar. Eltuz insayderiga ko‘ra, 1 ...
9 yanvar 2017
2016 yilning iyulida Amsterdam sudi Takilant ofshor kompaniyasining Ucell mobil operatoridagi 135 million AQSh dollariga baholangan 6 foiz ulushini ...
24 oktyabr 2017
Ijtimoiy tarmoqlar internet orqali axborot yetkazishning eng qulay va tezkor vositasiga aylandi. Ayrim blogerlar ijtimoiy tarmoqlarda ba'zan shu qadar ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...