Kundalik
19 fevral 2016

Aramais Avakyan 7 yillik qamoqqa xukm qilindi

Ertalab soat 9 ga belgilangan sud majlisi, soat 10 da boshlangani e'lon qilindi. Sudlanuvchilarning tashqarida kutib turgan yaqinlari, eshik og‘alarning tekshiruvidan o‘tib, sud zaliga qo‘yila boshlaganida, birdaniga sud boshlangani e'lon qilindi va eshiklar taqa taq yopildi.

Aramais Avakyanning rafiqasi Shirin Tursinova, sudlanuvchi Furqat Jo‘raevning ota onasi, xamda AQSh elchixonasining vakili Anton Kuper va uning yordamchisi tashqarida qolib ketishdi. «Mening yolvorishlarim. Furqatning onasi Maxkam opaning yig‘laganlari befoyda bo‘ldi, bizni ichkariga qo‘yishmadi. Sud boshlanib qoldi, xalaqit berasizlar deyishdi» dedi Eltuz.com bilan suxbatda Shirin Tursinova.

Ichkariga kira olmaganlar uzoq kutishmadi. Eshiklar yopilganidan so‘ng. Oradan 10 daqiqa o‘tgach, xamma tashqariga chiqib keldi.

«Sudya 10 minutda xukmni e'lon qilibdi! 13 nafar sudlanuvchining takdiri 10 daqiqada xal bo‘ldi!» deydi kinoya bilan sudlanuvchilarning yaqinlaridan biri.

Darxaqiqat, sudya Askar Mamaraximov 10 daqiqa mobaynida 13 nafar sudlanuvchiga o‘z xukmini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, Aramais Avakyan 7 yil, Furqat Jo‘raev 12 yil qamoq jazosi oldi. Bektemir Umrzoqov 6 yil, Dilshod Alimov va Akmal Mamatmurodovlar 5 yilu 6 oy qamoqqa xukm qilingan.

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu «jinoiy ish» ishtirokchilarning bir nechtasiga, 3, 4 yilgacha ish xaqidan davlat xisobiga ma'lum foiz ushlab qolishni ko‘zda tutuvchi jazo qo‘llanilgan va sud zalidan ozod qilingan.

Eltuz.com cayti xozir bo‘lib o‘tgan sud va o‘qilgan xukm bo‘yicha to‘liqroq ma'lumotlarni o‘z manbaalaridan yig‘moqda va yaqin soatlarda aniqlashtirilgan va to‘liq tafsilotlarni e'tiboringizga yo‘llaymiz.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 iyun 2016
25 may kuni Toshkentda 15 yashar bola boshqargan Nexianing militsiya mashinasiga urilishi oqibatida bir ichki ishlar xodimining halok bo‘ldi. ...
12 aprel 2015
Sizga aeroportda yoki o‘zbek chegarasining boshqa qismida deklaratsiyalar to‘ldirishga to‘g‘ri kelganmi? – deya savol beradi jurnalist Qudrat Bobojonov. To‘g‘ri, ...
9 noyabr 2023
Izboskan tumani Andijon viloyati tarkibida ta'sis etilganiga 97 yil bo‘lgan. Ammo, Eltuz suhbatlashgan izboskanliklar, tuman tarixida biron hokim Serobiddin ...
30 aprel 2019
O‘zbekiston Oliy sudi joriy yilning 16 aprel kuni jurnalist Bobojonovlarga tegishli uylarni tortib olish to‘g‘risidagi sud qarorlarini o‘z kuchida ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...