Vaqt mashinasi
24 mart 2018

24 mart – Silga qarshi kurash xalqaro kuni

Sil (tuberkulyoz) kasalligiga qarshi kurash xalqaro kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan har yili nishonlanadigan esdalik sanadir.

Bu kun bejiz tanlanmagan. 1882 yili shu sanada nemis mikrobiologi Robert Kox (Robert Koch) ushbu kasallikni qo‘zg‘atuvchi virusni topganini e'lon qilgan edi.

Ijtimoiy kasallik hisoblangan sildan har yili dunyo bo‘ylab 1,6 million atrofida odam vafot etadi, ularning aksariyat ko‘pchiligi (qariyb 95 foizi) rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston shunday mamlakatlarning biridir.

Sana munosabati bilan O‘zbekistondagi sil qurbonlarining og‘ir qismatiga nazar tashlaymiz.

2009 yilning 18 yanvar kuni militsiya xodimlari 41 yoshli mahbus Abdulatif Ayupovning jasadini Yangiyo‘ldagi uyiga olib kelgan va u o‘sha kuniyoq organ xodimlarining talabiga muvofiq zudlik bilan dafn qilingan edi.

Abdulatif Ayupovning rafiqasi Ra'no opaga ko‘ra, eri diniy motivlar bilan ilk bor qamalganida qamoqxonada sil kasalligini yuqtirgan.

Boshqa bir hikoya yangiariqlik sobiq muxolifat faoli taqdiriga oid. «Erk» partiyasining so‘nggi plenumlaridan birida suhbatlashganimizda u kasallikning so‘nggi bosqichida ekani, davolanish uchun hammadan qarzdor bo‘lganini aytib, tinimsiz yo‘talar edi.

Eng dahshatlisi, uning tomi ochiq uyi edi. Sobiq siyosiy mahkum qarzlaridan tirikligida qutulish uchun tomiga qo‘yilgan yog‘ochlarni bozorga olib chiqib sotganini ma'lum qilgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining respublika kasalxonasida sil kasali bilan og‘rigan tutqunlar davolanadigan bo‘lim ko‘p mahkumlar uchun o‘lim bekati bo‘lib qolmoqda.

Ijtimoiy kasallik deb qaraluvchi silga chalingan bemorlar alohida parvarishga muhtoj bo‘ladilar, O‘zbekiston «tubzona»larida esa bunday sharoit yo‘qligi aytiladi.

O‘zbek rasmiylari xalqaro anjumanlarda tutqunlarni saqlash sharoitlari xalqaro normalarga yaqinlashgani va jazoni o‘tash muassasalarida epidemiologik holat yaxshilangani haqida gapirishadi.

Lekin tutqunlarning yaqinlari va huquq himoyachilari qamoqxonalarda sil kasalligi epidemiya darajasiga yetganligini, mahbuslarni saqlash sharoitlari esa ayanchi ekanligini aytmoqdalar.

Ularga ko‘ra, ayniqsa siyosiy va diniy ayblovlar bilan qamalgan tutqunlar orasida sil kasaliga uchraganlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

O‘zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Sur'at Ikromovning fikricha, qamoqdagi sil bilan og‘rigan tutqunlarning kasali qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ularni hech qachon ozodlikka chiqarishmaydi. Ular u yerdan faqat o‘lib chiqadi. Chunki ular siyosiy va diniy ayblovlar bilan qamalgan.

  • O‘zbekiston hukumati tutqunlarni ozodlikka chiqarishdan cho‘chiydi. O‘zbekiston qamoqxonalari sil kasalini tug‘diruvchi, uni rivojlantiruvchi va ko‘paytiruvchi makonga aylangan. Bizga murojaat qilib kelganlarning ko‘pchiligi o‘z yaqinlari qamalishidan oldin soppa-sog‘ bo‘lganligini, suddan keyin esa bir necha oy o‘tar-o‘tmas silga chalingani to‘g‘risida gapirishadi.

Ularning aksariyati bu kasallikni sun'iy yuqtirilgan, deb hisoblaydi. Ko‘pchiliklari qamoqxonada zaxda bir necha oy yotganligidan o‘pka shamollashi paydo bo‘lishini aytishadi,- deydi Sur'at Ikromov.

Ikromov “Jasliq” qamoqxonasidagi mahbuslarning qarindoshlari aytib bergan ko‘plab holatlarga asoslangan holda, ushbu qamoqxonada sil kalligining so‘nggi bosqichi kuzatilgan mahbuslar tsement zavodida ishlashga majbur qilinganlari, bu esa ular uchun o‘lim bilan baravar ekanini biildirdi.

“U yerda tsement zarralari bor, ular uni yutishadi, shu bilan nafas olishadi, har kuni kechasi esa ularda nafas qisilishi xurujlari, bo‘g‘ilish va qon qusish kuzatiladi”, – deydi u.

  • O‘zbekistonda sil kasalligidan o‘layotganlar statistikasi yo‘q, chunki rasmiylardan bunday ma'lumotni olib bo‘lmaydi,- deydi Ikromov. – Ammo mahbuslarning ozodlikdan mahrum qilish joylarida kasallik va yomon munosabatdan jon berish hollari yiliga 225-250 tani tashkil qiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 iyun 2024
1 iyun Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkentning Ashxobod bog‘ida tekin muzqaymoq tarqatilishi haqida e'lon berilgani ortidan Istirohat ...
17 aprel 2024
«Gulim faqat yozda kelar. Kayfiyatim sozda kelar» Bu qo‘shiq Chexiyadagi o‘zbeklarni bir qozon palov ustida bir yerga keltirgan kontsertda ...
19 may 2024
AQShning Florida sudi telefonida yosh bolalar pornosi bo‘lgan 39 yashar ozabochenniy o‘zbek Sulton Nurievni 19 yilga qamadi. Pedofil porno ishqibozi ...
4 oktyabr 2018
Bugun o‘zbek tarixidagi eng qayg‘uli sana. Bundan roppa-rosa 80 yil burun, 1938 yilning 4 oktyabrida o‘zbek millati oydinlaridan iborat ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...