dushanba,
9 dekabr 2024
18 yanvar 2016
Sardor Milanoga qo‘shiq aytish taqiqlandi
23 yoshli Sardor Milano Toshkentda Ëshlar simfonik orkestri jo‘rligida yakkaxon kontsert uyushtirishga azmu qaror qilganida “O‘zbeknavo” mulozimlari bu kontsertga taqiq qo‘yishdi.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi direktori Farhod Jo‘raevning matbuotga bildirishicha “Sardor Eshmuhammedov qo‘shiq aytish bo‘yicha maxsus litsenziyaga ega bo‘lmagani bois O‘zbekiston huqudida kontsert qo‘yish huquqidan mosuvo qilingan”.
Sardor Milano o‘tgan yili Rossiya Birinchi jamoatchilik kanalining «Glavnaya stsena» loyihasi g‘olibi bo‘lgan edi. O‘zbekistonlik kinochi Elyor Eshmuhammedovga nevara bo‘lgan Sardor finalda tomoshabinlar ovozlarining qariyb 37 foizini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan edi.
Eltuz.com