Ketmonovning dehqoncha falsafasi
«O‘zbekiston ovozi» gazetasi o‘z muassisi bo‘lmish xalq demokratik partiyasi rahbari, partiyaning parlament quyi palatasidagi fraktsiyasi rahbari Hotamjon Ketmonovning intervyusini e'lon qildi.
Eltuz.com o‘quvchilari uchun, qizig‘i shundaki, O‘zbekistondagi eng yirik partiyalardan birining rahbari bergan intervyusida mamlakatdagi aholini tashvishga solayotgan, taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan birorta muammoni tilga olmaydi.
Aksincha, joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlarda «mamlakatimizda barcha jabhalarda olib borilayotgan islohotlar hayotiy samara berayotganiga, fuqarolar ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganiga guvoh bo‘lgani»ni ta'kidlaydi.
Sobiq SSSR davrida yuqori hosil olib, kompartiyaning nazariga tushgan oddiy dehqon ham deputatlikka «saylanib», davrada so‘rrayib o‘tirardi. U ham kompartiya aytmagan, aytishga ruxsat bermagan birorta muammoni ko‘rmasdi.
Ketmonovning intervyusi ham o‘sha davrlarni, deputat dehqonu chorvadorlarning ura-urasini esga soladi.
Eltuz.com