Dayjest
13 aprel 2017

«Minnatdor» qariyalar va prezident fe'liga moslashayotgan so‘rov markazi

«Oila va jamiyat» gazetasi (12.04) prezidentning pensionerlarga metroda yurishni (10.00 dan 16.00 gacha) tekin qilib qo‘yganidan «minnatdor» keksalarning «katta mamnuniyat»ga to‘la dil izhorlarini e'lon qildi.

Mana shunday «e'tibor va e'zoz»dan xursand keksalar «dunyoning hech bir mamlakatida yo‘q bunday imkoniyat» uchun prezident haqiga duolar qilibdi.

Marhum prezident Karimov agar shunday imtiyoz berganda-ku, bu duogo‘y qariyalar boriga baraka deb qanoatlangan bo‘lardi.

Ammo yangi prezidentning «xalq bilan muloqot inson manfaatlariga katta e'tiboridan» sal erkinsirab ketgan shekilli, tekin yurish vaqtini qayta ko‘rib chiqish taklifini o‘rtaga tashlagani sal «noshukrchilik»dek tuyuladi.

Shuningdek, gazetada «Ijtimoiy fikr» markazining davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va oshkoraligi bo‘yicha o‘tkazgan so‘rovi xulosalari e'lon qilindi.

Ishtirokchilar hokimiyat ijroiya organlari rahbarlari faoliyatining ochiqligini turlicha baholabdi.

«40,7 foiz respondent barcha ma'lumotlarni ochiq va yetarli, deb baholagan. 33,9 foizi hamma fuqarolar uchun ham ma'lumotlar oshkora emas, deb hisoblaydi», deyiladi markaz xulosasida.

Keltirilgan raqamlarda avvalgidek qariyb yuz foizlik ijobiy xulosalar yo‘qligi e'tiborni tortadi.

Bu xulosalar mazkur markaz ham yangi prezidentning «fe'liga» moslashishga intilayotganidan darak berib turibdi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 sentyabr 2015
Nafaqat ko‘rganlar, bizga o‘xshab ko‘ra olmaganlar ham eshitib og‘zimiz ochilib qoldi. O‘sha ko‘rsatuvda bir guruh o‘zbek bolalari .., ha-ya ...
4 oktyabr 2020
Joriy yilning 2 oktyabrida Turkiyada o‘zbekistonlik 25 yoshli Shahnoza Yo‘ldosheva ikkita qoyani birlashtirgan simli osma ko‘prikdan (funikuler) yiqilib o‘ldi. ...
12 sentyabr 2017
«Eltuz» nashrining Farg‘ona viloyatidagi manbalariga ko‘ra, tumanlarning uzoq hududlarida o‘qituvchi, shifokor va talabalardan tarkib topadigan terim otryadlari uchun yotoq ...
31 dekabr 2019
«Tezroq bu qashshoq mahalladan o‘tib, boylarnikiga yetib olaylik!» Qorbobo va Qorqiz istagan prokurorning koshonasi yetti mahalla narida. Masala u ...
Bloglar
18 yanvar 2022
Tarmoqda ikki toifa mullalar bir-biri bilan qirpichoq bo‘lmoqda. 1-toifa: Hukumat va DXX yo‘rig‘ida yurib chiziqdan ...
16 yanvar 2022
O‘zbekistondagi har bir mulozimning ichida bitta shoir, har bir shoirning ichida bitta mulozim yashaydi. Bu ...
10 yanvar 2022
O‘zini bir guruh faollar deb tanishtirgan guruh Eltuz telegram kanaliga yozib, quyidagi murojaatni chop qilishni ...