Dayjest
14 aprel 2017

Mijozlar telefon raqami egalariga qaram bo‘lishadimi?

O‘zbekiston matbuoti, ilk bor mijozlarning mobil operatorlarga qaramligi masalasini ko‘tardi.

O‘zbekistonda mobil aloqaning qimmatligi, operatorlar xizmati sifati pastligidan shikoyat qilmagan odam yo‘q, biroq bu haqda gazetalarda yozilmasdi.

Hususan «Xabar» gazetasida (07.04) e'lon qilingan «Raqamni almashtirish mumkinmi yoxud «mobil qaramlik»dan qutulish haqida» sarlavhali maqolada «bir operator xizmatlaridan foydalanib kelayotgan mijoz uchun o‘z operatorini boshqasiga almashtirish ma'lum qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgani» ta'kidlanadi.

«Respublikamizda mobil aloqa operatorlari o‘rtasida mobil telefon raqamlari prefikslarining o‘zaro bo‘linganligi sabab mijoz o‘zi o‘rgangan, o‘zining ish faoliyati yoki boshqa sabablarga ko‘ra qulay bo‘lgan telefon raqamini boshqasiga almashtirishi zarurligi katta noqulaylik tug‘diradi», deyiladi maqolada.

To‘g‘ri, matbuotda yoritilishidan avval «mobil qaramlik» muammosi rasmiy idora – Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi vakili tomonidan ko‘tarilgani aytiladi.

Muallif mobil qaramlikdan qutulishning bir yo‘li «telefon raqamini saqlagan holda mobil aloqa operatorini almashtirish imkoniyati yaratilishi» ekanini bildiradi.

Uning yozishicha, bunday imkoniyatning yaratilishi mobil aloqa operatorlarini o‘z xizmati sifatini yaxshilashga undaydi, bundan esa faqat mijozlar manfaatdor.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 aprel 2018
O‘zbekistonning «Mening yurtim» telekanali 1 aprel kuni yoshlar axloqi «fosh qilingan», ya'ni ularning istirohat bog‘larida qo‘l ushlashib yurgani, o‘pishgani ...
26 aprel 2023
1966 yil 26 aprel kuni Toshkentda tonggi soat 5 dan 22 daqiqa 53 soniya o‘tganda Rixter o‘lchovi bo‘yicha 8 ...
9 iyun 2017
Chala bitkazib topshirilayotgan, prezident buyrug‘i bilan qurilayotgan «Namunali uylar» haqida ko‘p aytildi. Chunonchi, bu binolarga ishlatiladigan eshik oynalarning o‘g‘irlab yo‘q ...
9 dekabr 2017
Konstitutsiyaning 25 yilligiga bag‘ishlab 7 dekabr kuni qilgan chiqishida prezident Mirziyoev 2700 odamni avf qilganini bildirdi. «Hozir 57 ming ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...