Dayjest
27 may 2017

16 asr obidalari vayron bo‘layotgan ko‘chaga Karimov nomi berildi

«Milliy tiklanish» gazetasi (24.05) Buxorodagi qadimiy ko‘chaga Karimov nomini berish haqidagi partiyaning taklifi viloyat kengashi tomonidan «bir ovozdan ma'qullangani»ni g‘ururlanib yozdi.

Eltuz nashri mart oyida prezident Mirziyoevning Karimov nomini abadiylashtirish to‘g‘risidagi qarorini bajarishda «Milliy tiklanish» partiyasi bosh «tashabbuskor» bo‘layotgani haqida yozgan edi.

Unda bu partiyaning Buxoro viloyatidagi faollari mazkur qadimiy shahardagi ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomini berish tashabbusi bilan chiqqani aytilgandi.

Shuningdek, gazeta qadimiy Buxoro obidalari 2000 yilda ta'mirlanganiga qaramay, bugungi kunda ayanchli ahvolga kelib qolgani haqida yozgan.

Xususan, majmua tarkibidagi bir obidaning koshinlari tushib ketgan, hujralari ta'mirtalab bo‘lib qolgan. Yana bir obidaning poydevori to‘kilib, devorlari qabrlar ustiga qulab tushgan.

16 asr obidasi Chor Bakrning xarobaga aylanishi fonida, Buxoroning tarixiy ko‘chalariga Karimov nomini berilishi o‘zbek jamiyati qay tomonga qarab evrilayotganini anglatadi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 aprel 2022
Ramazon oyining juma kuni pasportiga qashshoq deya yozilgan ulus oldiga chiqib gapirarkan, aynan ro‘za oyi bo‘lgani uchun ham hissiyotlarimni ...
12 iyul 2019
Rassoi Kirpi Eltuz.com
25 may 2024
2010 yilda 25 may sanasi National Center for Missing and Exploited Children – NCMEC tashkiloti tashabbusi bilan Yo‘qolgan bolalar ...
13 may 2019
O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov 10 may ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...