Asosiy mavzular
10 may 2022

10 may – o‘zbek kinosi darg‘asi Yo‘ldosh A'zamov tug‘ilgan kun

O‘zbek badiiy kinosiga asos solgan Yo‘ldosh A'zamov 1909 yilning 10 mayida Sirdaryoda tug‘ildi.

Yo‘ldosh A'zamov «Sovkino», «Vostokkino», «O‘zbekfilm»larda ishladi, aktyor sifatida Yu.Rayzmanning «Yer chanqog‘i» (1930), N.G‘anievaning «Yuksalish» (1931) filmlaridagi Qurbongeldi va mexanik obrazlarini yaratdi.

1945 yili u «Tohir va Zuhra» (1945) badiiy filmiga ikkinchi rejissyor bo‘ldi. Urushdan keyingi yillarda esa hujjatli-xronikal filmlar («Xalq qizlari», «Toshkent MYeSi») ishladi.

1934 yili birinchi mustaqil badiiy filmi – «Qilich»ni yaratdi.

Toshkentdagi Yosh tomoshabinlar teatrida rejissyor sifatida bir qancha pesalarni sahnalashtirgan.

A'zamov kinorejissyor sifatida «Gulbahor» (1956), «Maftuningman» (1958), «Furqat» (1959), «Istiqbol yo‘li» (1961), «Oydin sahifa» (1965), «Sayyod qo‘ng‘irog‘i» (1966), «O‘tkan kunlar» (1969), «Olovli so‘qmoqlar» (1971), «Mehrobdan chayon» («Zulmatni tark etib», 1973), «Odamlar tashvishida» (1976), «Ota nasihati» (1979), «Katta va qisqa hayot» (1981), «Parol», «Regina» mehmonxonasi» (3.Rayzman bilan hamkorlikda, 1984) va boshqa filmlarni yaratdi.

A'zamov ijodida o‘zbek xalqining tarixiy va zamonaviy hayoti sahifalarini milliy ruhda ko‘rsatishga intilish ko‘proq seziladi.

Aktyorlar bilan obrazlar ustida chuqur ishlash, barcha harakatlarni qahramon harakteri va ichki dunyosini ochib berishga qaratish rejissyor ijodiga xos.

Yo‘ldosh A'zamov 1985 yilning 16 iyunida 76 yoshida vafot etdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 sentyabr 2015
Bugun ijtimoiy tarmoq orqali bildirilishicha, kecha tushlik paytida Andijon viloyatining Marxamat tumanidagi 31-maktabdan ikki nafar birinchi sinf o‘quvchilari o‘g‘irlangan. ...
14 may 2022
1938 yil 9 may kuni 34 yoshida Moskvada xalq dushmani deya otib o‘ldirilgan Botu (Mahmud Hodiev) Turkiston modern she'riyatining ...
23 yanvar 2023
2022 yil 28 dekabr kuni Sirdaryo viloyatidagi “Indorama Agro” kompaniyasining 392 nafar ishchisiga ularning kompaniya xodimi sifatidagi mehnat shartnomalari ...
3 iyul 2017
1-iyuldan O‘zbekistonda internetga rasmiy ruhsatsiz klip qo‘yish taqiqlandi. Ozodbek Nazarbekov yoshlar kanaliga raxbar bo‘ldi. «Kamolot» harakati tugatildi. «Yoshlar ittifoqi» ...
Bloglar
26 mart 2023
Toshkentda Rauf Parfining ilk haykali ochiladi. 27 mart soat 11 da Tadbir Amir Temur prospektidagi ...
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...