Catira
24 mart 2017

O‘zbek futbol termasi urush girdobidagi Suriyaga yutqazdi

23 mart kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatining saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga yutqazdi.

Ancha sust kechgan o‘yin yakunida penalti orqali Suriya jamoasi O‘zbekiston darvozasiga to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Hisob 1:0.

2016 yili o‘zbek futbolining korruptsiyaga botganini tanqid qilgan jurnalistlar UzTVdan haydalgan edi

«Ko‘rayapmiz birinchi taym tugar-tugamas futbolchilarimiz charchab qoldi. Tillari osilib yura olmay qoldi» deydi futbolni kuzatgan Eltuz suhbatdoshi o‘zbekistonlik Mirkomil.

Uning fikricha butun muammo o‘zbek sporti sohasini egallagan korruptsiyada.

O‘tgan yili O‘zTV jurnalistlari Zafar va Diyor Imomxo‘jaevlar o‘z ko‘rsatuvlarida korruptsiyani fosh qilishgani uchun “Sokker klub” va “Futbol sharhi” ko‘rsatuvlari  ko‘rsatuvlari efirdan olib tashlangan va ularning o‘zlari ishdan haydalishgandi.

O‘zbek terma jamoasining 6 yillik urush girdobida qolayotgan mamlakat terma jamoasiga yutqazishi o‘zbek futbol ishqibozlarining chinakam g‘azabiga sabab bo‘ldi.

«Ko‘rgan ko‘zlarim ko‘r bo‘lsin! Psix bo‘lib, boradigan joyim boridi bormadim! Tfu hammasiga, xayf shuncha qaror, xayf shuncha pul, xayf, xayf….😀» deya yozdi Feysbuk yuzeri Mirzoxid Botirov.

«O‘rtoqlar men o‘zbekiston yutadi deb pul tikkan edim, bularni oyog‘ida to‘p turmaydi yana maqtanishadi bayroqni baland ko‘taramiz deb,er bilan bitta qilishdi», deya davom qildiradi norozilik baxsini Ravshan Sheraliev ismli muxlis.

«buzoqning yugurgani somonxonagacha!!! Uzb.termasi buzoq ham emas!!!!! yugurmaydiyamku. Babayan v otstavku!!!!!!!!» deydi g‘azab bilan yana bir yuzer Akram Jo‘raboev.

O‘FF prezidenti Mirabror Usmonovga Ochiq xat yozgan futbol ishqibozi va jurnalist Bobomurod Abdulla mag‘lubiyatda, jamoa murabbiysi Babayanni ayblaydi.

Uning fikricha murabbiylikka noloyiq shaxsning tayinlanishi o‘zbek sporti mutasaddilarining katta xatosi bo‘lgan.

Boshqa sport ishqibozi Mirkomil fikricha ayb birgina Babayanda emas.

«Babayan nima qilib berishi kerak, butun 30 millionlik mamlakatdan yig‘ilgan futbolchilarimizning ahvoli shu bo‘lsa?» deydi u.

Eltuzga bergan intervyusida u mamlakat futboli bir guruh tijoratchi va korruptsionerlar qo‘lida ekanini aytadi.

Mirkomilning fikricha o‘zbek futboli selektsionerlari sportchilarni mamlakat ichidan qidirishi va yetishtirib chiqarishi lozim.

 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 aprel 2023
1966 yil 26 aprel kuni Toshkentda tonggi soat 5 dan 22 daqiqa 53 soniya o‘tganda Rixter o‘lchovi bo‘yicha 8 ...
6 aprel 2018
1899 yilning 6 aprelida Moskva yo‘llarida elektr bilan yuradigan tramvay paydo bo‘ldi. Bu tramvay ot tortib yuradigan ko‘nka aravalar ...
30 sentyabr 2016
Moskvadagi “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti rahbari Bahrom Hamroevning Moskvadagi uyiga qo‘ng‘iroq qilgan eltuz.com nashri muxbiri, uning turmush o‘rtog‘i bilan gaplashib, ...
7 sentyabr 2017
Futbol murabbiysi Samvel Babayan, jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmagani ortidan iste'foga ketdi. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Samvel Babayan milliy ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...