Sas
20 aprel 2017

Anvar Nazir: «Kirilga qaytmaymiz, qozoqlarni qo‘llab quvvatlaymiz!»

O‘zbekistonlik tahlilchi Anvar Nazirning Eltuz muxbiriga bildirishicha, yaqinda Toshkentda hokimiyat darajasida o‘tgan komissiya yig‘ilishida kirilga qaytmaslik, lotin alifbosini saqlab qolishga rasmiy qaror berilgan.

«Men fursatdan foydalanib sizga yangilikni aytmoqchiman, lotin alifbosi saqlab qolinadigan bo‘ldi. Karimov o‘lganidan so‘ng bir guruh ashaddiy kiril imlosi tarafdorlari lotinga o‘tish jarayonini to‘xtatishga bel bog‘lashgan edi. Bu masala uzil-kesil hal bo‘ldi, lotin alifbosi isloh qilinadi va kamchiliklari to‘ldirilib O‘zbekiston bu imloga to‘liq o‘tadi», dedi Anvar Nazir.

U o‘z intervyusida, hokimiyat doiralarida, shuningdek internetdagi forumlar va tarmoqlarda, Karimov o‘lganidan keyin, lotin imlosi muxoliflari birdan bosh ko‘tarib qolishganini aytadi.

Lotin alifbosiga O‘zbekiston bundan 25 yil burun o‘ta boshlaganiga qaramay, jarayon cho‘zilib, ichki qarshiliklarga ko‘p duch kelgani, faqat yaqinda bo‘lib o‘tgan hukumat komissiyasi bunga uzil-kesil nuqta qo‘yganini aytadi u Eltuz muxbiriga bergan intervyusida.

«Bu yangilik haqida hali hech qaerda bildirilmagan, lekin ertami kech bu rasman ma'lum qilinadi» dedi u.

Uning fikricha, Markaziy osiyodagi turkiy xalqlarni sharqiy slavyan tillariga mansub kiril imlosiga o‘tkazish zo‘rovonlik bilan amalga oshirilgan va bu xalqlarni biri biridan ajratishga xizmat qilgan.

«Hozir komissiya tomonidan o‘zbek lotin alifbosiga kiritiladigan o‘zgarishlar yuzasidan takliflarni ishlab chiqishgan. Qozog‘istonning ham shu alifboga o‘tishi ayni muddao bo‘ldi, bu turkiy davlatlar o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytiradi», dedi tahlilchi Anvar Nazir Eltuz muxbiriga bergan intervyusida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 iyul 2016
O‘tgan hafta AQSh Davlat departamentinning trafiking bo‘yicha yangi hisobotida yangi reytingida O‘zbekiston paxtachilikdagi majburiy mehnat bois eng past darajaga ...
18 mart 2022
Ijtimoiy tarmoqlarda «Asalxoney» nomi bilan tanilgan 30 yashar bloger Asal Xo‘jaeva o‘z uyida o‘ldirib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ...
5 yanvar 2016
Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan bu rassom yigit 34 yoshda. Buxoroda yashab ijod qiladi. Eltuzning shtatli rassomi ...
21 dekabr 2021
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 10 kilogrammgacha ozgan amaldorlarga 5 mln. so‘m mukofot puli berishini e'lon qilibdi. Xalq rizqidan ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...