ART-DURBIN
15 sentyabr 2017

Toshkentdagi ko‘rgazmada dissident rassom Shuhrat Bobojon taqdim etildi

15 sentyabr kuni Toshkentdagi «Zeroline» galereyasi «Qochish» (Pobeg) deb nomlangan tasviriy san'at ko‘rgazmasida, mamlakatni tark etgan rassom Shuhrat Bobojon asarlarini 16 yildan so‘ng ilk bor taqdim etdi.

Ohirgi bor uning suvratlari 2001 yili, mamlakatdan chiqib ketganidan bir oycha o‘tib, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasidagi ko‘rgazmada taqdim etilgan edi.

Shuhrat Bobojon Rassom Muzaffar Abdullaev» portreti

Keyinchalik, 2016 yilning dekabrida MXX xodimlari uning va bugungi ko‘rgazma tashkilotchisi, kontseptual rassom Vyacheslav Ohunovning Urganch Suvratlar galereyasida saqlanayotgan 200 dan ziyod asarlarini yoqib yo‘q qilishga buyruq bergandi.

«O‘sha paytda hukumatning harakatiga men Toshkentda ko‘rgazma uyushtirish bilan javob berdim. Bugungi ko‘rgazma «Zeroline» galereyasida o‘tayotgan to‘qqizinchi shunday ko‘rgazmadir», dedi ko‘rgazma taqdimotidan sal oldin «Eltuz» muxbiriga intervyu bergan rassom Vyacheslav Oxunov.

Ko‘rgazmada shuningdek turli davrlarda yashab ijod etgan 13 nafar rassomlarning asarlari ham o‘rin olgan.

Ko‘rgazmadan o‘rin olgan Buxorolik rassom Zelimxon Saidjonov asari

Bu rassomlarni bir-biriga bog‘lab turgan jihat ulardagi o‘zgacha fikr, postsovet ijodkorlari zehniyatiga singdirilgan sots.realizmdan qochish istagidir.

«Pobeg – so‘zining birinchi mazmuni, albatta qochish – sotsrealizmdan qochish, ikkinchi ma'nosi yangi nish urayotgan kurtakni, keyingi mazmuni esa generatsiya – kelayotgan yosh avlodni anglatadi» deya izohladi Vyacheslav Ohunov.

San'at muhlislari yangi ko‘rgazmada sovet va postsovet davrida yashab ijod etgan modernist rassomlarning uch avlodi asarlari bilan tanishadilar.

Kontseptualist rassom Vyacheslav Ohunov

«60-yillar stilyagalari bo‘lgan Damir Ro‘ziboev, Aleksandr Volkovlar, marg‘ilonlik Yevgeniy Kravchenkolar o‘z brigadasini tuzishgandi. U paytlar djazni sevishardi, ular abstrakt rangtasvir bilan shug‘ullanishgan», deydi Vyacheslav Ohunov.

Ikkinchi generatsiya esa rassomning so‘zlariga ko‘ra 70 yillardan boshlanadi. Bunga Vyacheslav Ohunovning o‘zini, – kontsetualizmni o‘zlashtirish tajribalari bilan, Igor Toxtaev, Krikis giperrealizm va syurrealizmini, Engel Ishoqov strukturalizmini kiritish mumkin.

80 yillarga kelib esa yana bir yangi davr almashdi, bu davrda rassom Shuhrat Bobojonovning yondoshuvlarini misol keltirtish mumkin.

O‘zbek rassomlari. 80-yillar

«Ko‘rgazma shu mualliflarni tamsil qiladi. Umuman biz hukumat tashkilotlari jur'at qila olmaydigan yo‘nalishda ishlaymiz.», dedi rassom Vyacheslav Ohunov «Eltuz» muxbiriga.

Ko‘rgazma tashkilotchilariga ko‘ra, rassom Shuhrat Bobojon 80 yillar ekspressiv portretlar yaratgan, keyin esa neonaiv oqimini tamsil qilgan zamonaviy o‘zbek rassomidir.

Ayni paytda Shuhrat Bobojon «Ozodlik» radiosining Praga studiyasida yetakchi jurnalist sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 avgust 2017
Iyul oyida O‘zbekiston televideniesi hayotida ro‘y bergan eng muhim hodisa, shubhasiz, «O‘zbekiston 24» telekanalining faoliyat boshlagani bo‘ldi. Garchi mamlakat ...
15 dekabr 2017
14 dekabr kuni HRW tadqiqotchisi Stiv Sverdlov O‘zbekistondagi rasmiy matbuotning ikkiyuzlamachiligi haqida maqola chop qildi. Podrobno.uz saytida 5 dekabrda ...
13 dekabr 2015
2015 yilning 13 dekabrida, Jasliq turmasi mahkumi, huquq himoyachisi A'zam Farmonov 37 yoshga to‘ladi. 2006 yilning aprelida uni hibsga ...
26 yanvar 2022
EltuzTG January 26, 2022 25 yanvar kuni Toshkentning qoq markazida joylashgan “Ogni Tashkenta” restoranida o‘zbek mafiyasining eng ko‘zga ko‘ringan ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...