Asosiy mavzular
31 yanvar 2018

Muhammad Solih: Inoyatov Karimov o‘limidan keyin Mudofaa Vazirligi qurol-yaroq inventarining 5 foizini o‘z guruhiga tarqatgan (video)

“Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda o‘z tasarrufidagi ma'lumotlarga asoslanib “Inoyatov tarafdorlarini zaiflashtirish ancha qiyin bo‘lgani»ni aytdi.

“Inoyatov Karimov o‘limidan keyin Mudofaa Vazirligi qurol-yaroq inventarining 5 foizini o‘z guruhiga tarqatgan, degan ma'lumot bor bizda. Ya'ni Mudofaa Vazirligi qurol zaxirasining 5 foizi Inoyatov tarafdorlari qo‘lida bo‘lgan. Ularda Inoyatov tarafini olib qurolli qarshilik qilish rejasi bo‘lgan. Shu bois, Mirziyoevga Inoyatovni ketkazish uchun bir yil kerak bo‘ldi”, deydi suhbatdosh.

Ba'zi mulozimlarga ko‘ra, Rustam Inoyatov 1995 yilda Toshkent klani xoch otasi bo‘lgan Temur Alimov (hozirda marhum) ko‘magida MXX raisligiga keltirilgan. Ya'ni u Toshkent klaniga bog‘liq bo‘lgan. “Eltuz” bilan suhbatda Muhammad Solih 31 yanvar kuni ishdan olingan Rustam Inoyatov “Moskvaga bog‘langan odam edi”, deya ta'kidladi.

“Bu uning KGBning Moskvada bo‘lib o‘tgan yuz yillik tantanalarida bezbetlarcha qatnashganida yaqqol ayon bo‘lgan edi”, deydi Muhammad Solih.

31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Rasulovich Inoyatov ishdan bo‘shatildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ishtirokida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.

MXX raisi lavozimiga shu vaqtgacha O‘zbekiston Bosh prokurori bo‘lgan Ixtiyor Abdullaev tayinlandi.

23 yildan beri MXX raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Inoyatovning bo‘shatilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning MXXni ochiq tanqid qilgani ortidan yuz berdi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, MXXning sobiq rahbari Inoyatov prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlangan.

Video: https://youtu.be/V6aDe-scJpQ
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2018
Diniy idoraga yaqin bir manbaning «Eltuz» nashriga bildirishicha, 60 yashar Anvar qori Tursunov 1 may kuni sun'iy koma holatidan ...
21 iyul 2017
Farg‘ona viloyati aholisi o‘z yaqinlaridan kelgan jo‘natma pullarni olishga qiynalmoqda. Banklar oldida uzunqator navbatlar hosil bo‘lgan. «O‘g‘lim Rossiyada ishlaydi, ...
7 sentyabr 2020
Prezident Shavkat Mirziyoev 31 avgust kuni mamlakat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda maska taqish zarurligi haqida ...
1 dekabr 2021
Taniqli huquq faoli Umida Niyozova rahbarligidagi Cotton Campaign koalitsiyasi delegatsiyasi 1 dekabr kuni O‘zbekistonga keldi. Ular bir hafta mobaynida O‘zbekiston ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...