Asosiy mavzular
20 iyun 2018

Bahodir Fayz: Men bilgan Zokir

O‘zbek rasmiylari 16 iyun kuni xibsga olingan AQSh vatandoshi Zokir Aliev Afg‘onistonda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, hukumat va xalqaro koalitsiya qo‘shinlariga qarshi janglarda qatnashganini aytmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati o‘z feysbuk sahifasida bildirdi.

«Eltuz» nashri Zokir Aliev bilan Turkiyada birga o‘qigan va birgalikda AQShdan siyosiy boshpana olgan Bahodir Fayzga murojaat qilib, bu shahs haqida ma'lumot so‘radi.

«Aliev Turkiyadalik payti muxolifat vakillari, jumladan O‘zbekiston Islomiy harakati vakillari bilan uchrashgan bo‘lishi mumkin. Biroq men uni siyosiy harakat bilan shug‘ullangan deb ayta olmayman», dedi bugungi kunda Amerikada yashayotgan, «O‘zbek siyosiy muxolifati» haqida kitob yozgan Baxodir Fayz.

«Eltuz» nashri Zokir Aliev faoliyatini o‘rganish asnosida «Turonzamin» saytida chop etilgan maqoladan iqtibosni topdi. Bunda uning «Erk» Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih, uning izdoshlari va jumladan Bahodir Fayz ustidan ham AQSh Federal tekshiruv idorasiga chaquv yozgani bildiriladi.

«Men siyosat deganda, sof ma'noda diktaturaga qarshi kurashni nazarda tutdim. Bu yerda men Zokirni ko‘rmadim. Xavfsizlik idoralariga borib, yoki Jahongir Mamatovning sahifasida muxolifatga, yoki erkin fikrlovchi shaxslarga qarshi tuhmat maqola yozish, bu siyosat bilan shug‘ullanish degani emas. Qo‘pol qilib aytganda bu chaqimchilik deyiladi», dedi Bahodir Fayz Alievdan iqtibos keltirilgan maqola haqida.

«Eltuz» nashri terrorizmda ayblanib O‘zbekistonda hibsda qolayotgan chiroqchilik Zokir Aliev bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 fevral 2022
Bir guruh faollar 21 fevral kuni O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova korruptsion yo‘llar bilan o‘margan pullarning ...
14 mart 2024
Rassom Tuz
14 may 2021
Manam Majnun behuddek gadolar bo‘lmasam bo‘lmas, Kiyib janda, kuloh, g‘amda adolar bo‘lmasam bo‘lmas. (Hamza) Jadid otamiz Hamza Hakimzoda ijodi ...
23 fevral 2022
Bilgichlarning aytishicha, Igor Shepelning Shveytsariyadagi bankda 2 million 817 ming shveytsariya frankiga ega bo‘lgani ko‘plab o‘zbek chekistlarini shokka tushirgan. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...