Asosiy mavzular
20 iyun 2019

Manba: Bosh prokuror Otabek Murodov DXXning qamoqdagi raisi bilan bog‘liq tergov doirasida ishdan olindi

Respublika bosh prokurori Otabek Bahriddinovich Murodovning vazifasidan ozod etilgani va uning o‘rniga O‘zbekiston Senati raisi bo‘lib kelgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev tayinlangani haqidagi xabar 20 iyun kuni prezidentning feysbukdagi sahifasida ochiqlandi.

«Eltuz»ning hukumatdagi manbasiga ko‘ra, Otabek Murodov joriy yilning 17 iyun kuni ishdan bo‘shatilgan. U keyingi ikki oy ichida kuzatuvda («narujnoe nablyudenie»da) bo‘lgan.

Manbaning aytishicha, Otabek Murodov shu kunlarda ustidan tergov borayotgan DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullaev bilan bog‘liq jinoyat ishi figurantidir.

Iddaoga ko‘ra, bir hafta oldin qator mulozimlardan Otabek Murodovga qarshi ko‘rsatmalar olingan.

«Otabek Murodov shu kunda fe'lan uy qamog‘ida va uning qamoqqa olinishi ehtimoli katta», deya iddao qildi «Eltuz» suhbatlashgan manba.

Prezident dag‘dasidan olti oy o‘tib ishdan olindi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 10 yanvar kungi kengaytirilgan selektor yig‘ilishida: “Ey, prokuror, eshit, agar jinoyat kamaymasa, Boysunga prokuror qilib yuboraman. Yurasan surgunda», deya dag‘dag‘a qilgan edi.

Bu gap ortidan bosh prokuror Otabek Murodov ishdan olingani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan edi.

«Eltuz» manbalariga ko‘ra, Otabek Murodovning ishdan olinishi DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaev tergovi bilan bog‘liq jarayonning davomidir.

«Eltuz» shu yilning fevral oyida O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov prezident qabulida bo‘lib, uning korruptsiya va boshqa kirdikorlariga aloqador qudratli shaxslarning ta'siri ostida DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevni himoya qilishga intilgani haqida yozgan edi.

Eski maqoladan parcha

7 yanvar kuni O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov prezident qabulida bo‘lib, oliy bosh qo‘mondonga DXXning bir guruh xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarda general Ixtiyor Abdullaevning qo‘li yo‘qligi haqida hisobot berdi.

“Lekin oz sonli odamlar bosh prokurorning nega bunday hisobot berishga majbur bo‘lganini biladi,” deydi MXX zobiti.

Uning yozishicha, bir kun muqaddam prezident administratsiyasi moliya-xo‘jalik departamenti rahbari Zelimxon Haydarov bilan bo‘lib o‘tgan suhbat Otabek Murodovning fikrini o‘zgartirib yuborgan edi.

MXX xodimining ma'lum qilishicha, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning eng yaqin odami sifatida ko‘rilgan va yaqin-yaqingacha mamlakatdagi eng qudratli shaxslardan biri hisoblangan Zelimxon Haydarov yosh bosh prokurorga ko‘ndalang shart qo‘yadi – yo prezidentga Ixtiyor Abdullaevning DXX rahbarlari kirdikorlariga mutlaqo aloqasi bo‘lmaganini aytasan yoki o‘tmishdagi qilmishlaring fosh etiladi.

Lekin maktub muallifi Otabek Murodovning o‘tmishdagi qilmishlariga to‘xtalgani yo‘q.

“Bunday tahdidga Otabek Murodov dosh bera olmadimi yoki bosh prokuror etib tayinlangunigacha bilvosita rahbari bo‘lgan shaxs jinoyatlarini ochib tashlasa, o‘ziga ham oson bo‘lmasligini sezdimi, nima bo‘lganida ham, devonboshi shartiga ko‘ndi”, deb yozadi DXX xodimi.

Otabek Murodov va Zelimxon Haydarov uchrashuvi, “Eltuz”ning xulosa qilishicha, hukumat koridorlarida Shavkat Mirziyoev siyosatiga yashirincha qarshi chiqayotgan va uning islohotlarini sabotaj qilmoqchi bo‘lgan qudratli shaxslarning borligini ko‘rsatadi.

DXX xodimi yo‘llagan elektron maktubda ham aynan shu holatga alohida to‘xtalgan.

“Eltuz”ga elektron maktub yo‘llagan MXX xodimining iddao qilishicha, O‘zbekistonda birinchi prezident hukmronligi yillarida amalda mamlakatni boshqargan bir guruh shaxslar Shavkat Mirziyoev yuritayotgan siyosatdan norozi bo‘lib, uni xalq ko‘zi o‘ngida yomonotliq qilish va alal-oqibat hokimiyatdan ag‘darish rejasini tuzib chiqib, bu rejani 2018 yildan boshlab bosqichma-bosqich amalda tatbiq etib kelmoqda.

2018 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq, prezidentning davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Otabek Murodov O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori etib tayinlangan edi.

“Eltuz”ni kuzatishda davom eting.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 noyabr 2022
2014 yilning dekabrida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi O‘zbekiston davlat san'at muzeyi bosh muhofizi Mirfayz Usmonovni 9 yilu ...
23 oktyabr 2018
Xalqaro boks uyushmasi (AIBA) prezidentligi uchun 2-3 noyabrda o‘tadigan saylovda o‘z nomzodini qo‘ygan o‘zbekistonlik 66 yashar G‘afur Rahimov jinoyat ...
15 oktyabr 2019
Eltuz nashri «Yozarning sasi» ruknida o‘zbekistonlik taniqli shoira Gulchehra Nurullaeva fikrlarini e'tiboringizga taqdim etadi: «Gorbachyovning oshkoralik siyosati barchamizning ko‘zimizni ...
20 aprel 2023
Oliy sudda sovet davrida qatag‘on qilingan yana 208 nafar shaxs oqlandi. 30 yil kechikkan bo‘lsa ham olqishga loyiq ish.  ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...