Asosiy mavzular
18 dekabr 2019

IIB o‘g‘irlab ketilib, kaltaklangan toshkentlik bloger ishini surishtira boshladi

Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi 16 dekabr kuni toshkentlik 35 yashar Amir Sharifullinning noma'lum shaxslar o‘g‘irlab ketib kaltaklashgani, sazoyi qilishgani yuzasidan arizani qabul qildi.

Shu kuni «Aziya terra» nashri  bu haqda maqola chop etilgan edi. Farida Sharifullinaning «Eltuz» muxbiriga bildirishiga ko‘ra, Aleksey Volosevichning ayni maqolasidan so‘ng surishtiruv jadallashgan.

Toshkent ShIIBB vakillari podpolkovnik Umid Qurbonov va leytenant Dmitriy Medvedskiy voqea yuzasidan Amir Sharifullinning uyiga kelishgan.

Ular odam o‘g‘irlash voqeasi tafsilotlariga aniqlik kiritish va ariza qabul qilish uchun Farida Sharifullinani ShIIBBga olib borishgan. U yerda Farida Sharifullinaning arizasini qabul qilishgan. Shahar IIBBda uning iddaolarini tinglashgan, o‘g‘lining o‘g‘irlanishi va kaltaklanishiga oid arizasini qabul qilib olishgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga jo‘natishgan. Bu surishtiruvga juda ko‘p kuch tashlangan.

«Surishtiruv boshlangani yaxshi, albatta. Biroq faqat ular ishni siyosiy relsdan odatdagi jinoiy janjalga burib yuborishlaridan juda qo‘rqaman», deydi Farida Sharifullina «Eltuz» muxbari bilan suhbatda.

Amir Sharifullinni 10 dekabr kuni o‘zini DXX xodimi deb tanitgan ikki noma'lum shaxs «Spark» mashinasida boshiga qop kiygizib olib ketgan. Keyin uni telefon kamerasi oldida yechintirib, feysbukda tarqatgan izohlari uchun (noma'lum shaxsdan) kechirim so‘rashga majburlashganini bildirgan.

Bu harakatni u bugungi kunda yigirma mingdan ortiq odamni birlashtirgan “Toshkent-SNOS” feycbuk guruhining ma'muri bo‘lgan onasi Farida Sharifullinaga bosim o‘tkazish ehtimoli bilan izohladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 noyabr 2015
Rassom: Tuz Eltuz.com
15 aprel 2016
Maqolada yozilishicha, xitoylik jurnalistlar «Farg‘ona shahrining qiyofasi, yam-yashil maydonlar, kashtanlar xiyoboni, yangi bunyod etilgan inshootlar, suv sporti saroyini ko‘rib, ...
20 iyul 2016
Odatdagidek, bu ishga, ya'ni g‘o‘za nihollarini chekanka qilish ishlariga ham byudjet tashkilotlari xodimlari – bog‘cha opalar, o‘qituvchilar, shifokor va ...
5 yanvar 2016
Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan bu rassom yigit 34 yoshda. Buxoroda yashab ijod qiladi. Eltuzning shtatli rassomi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...