Asosiy mavzular
11 aprel 2020

O‘zbek tili bayramini nishonlash to‘g‘risida qonun imzolandi

10 aprel – Abdulla Qodiriy tavallud topgan kunda prezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonuni imzolandi.

Qonunga ko‘ra, 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Qonun e'lon qilingan kundan kuchga kiradi.

Ayni paytda mamlakat poytaxtida o‘zbek tilini mensimaslik bilan bog‘liq muammolar saqlanmoqda, deydi yaqinda O‘zbekistonda bo‘lib qaytgan, Turkiyada yashayotgan Xosiyat ismli o‘zbek turg‘uni.

U qo‘ygan videoda Toshkentdagi restoranlardan birida ofitsiant va restoran egasining o‘zbek tilini bilmasligi bir qahva idishi atrofida aks etgan.

Restoran egasi tilmochlikka chaqirgan mahalliy o‘zbek ham «soboy» deb atalgan, ya'ni qahvani qog‘oz stakanda olib ketish uchun berish servisini o‘zbekchaga tarjima qilib bera olmagan.

Ilk bor O‘zbekistonda ayni muammolarga norozilik ramzi o‘laroq, 1989 yilning fevral oyida Talabalar shaharchasidagi maydonda «Til bayrami» o‘tkazilgan, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish so‘ralgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 sentyabr 2016
«Islom Abdug‘anievich 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya ...
18 aprel 2020
«Eltuz» tahririyatga joriy yilning 14 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov nomiga yuborilgan jamoaviy murojaat nusxasi kelib tushdi. 109 ...
17 mart 2023
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.  Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik ...
26 oktyabr 2018
Rossiyaning Tula viloyatida 20 oktyabr kuni 300 dan ziyod migrant shahar ko‘chalaridan harbiy asirlar kabi, bir-birining yelkasiga qo‘llarini qo‘ygancha, ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...