Asosiy mavzular
29 aprel 2020

Absattorning kundaligi-2. Qamoq

Hikoyani Absattorning o‘z tilidan eshitamiz.

Ko‘zimni ochsam, kimdir boshini parashaga egib o‘qchib -o‘qchib qusyapti. Qusiqlari ustimga sachradi. (So‘kinadi) Koronavirus oldin yuqmagan bo‘lsa, endi yuqadi. Qo‘rqib-pisib atrofga qaradim.

Xunuk-xunuk odamlardi ko‘rdim. Peshanasi turtib chiqib, burni va iyagi bilan bir bo‘lib ko‘zi ichiga o‘yilgan kal odam boshini g‘art-g‘art qashlardi.

Bittasi bir qo‘li bilan yuzini pana qilib, nimadir kavshayapti.

Nos xumori tutib qo‘lim avtomatik cho‘ntakka yugurdi. Nos shisha yo‘q. Shimdi kamariyam, patinkani bog‘ichiyam yo‘q.

Ettalab oshga borganda dasturxonni odam qo‘li yetmas joyida bezakka qo‘yilgan olmani so‘yib yeydigan buklama pakki pichag‘imam yo‘q.

Gapdi to‘g‘risi, enamdan tug‘ilib qamaqqa endi tushishim. Ko‘nglimga xannasa kelib qo‘rqib boshladim.

Tuvaletti yonida o‘tirganlarni yomon ish qip tashashadi, deb eshitgtanim bor. Juda yomon uyat ish. Yuragim shuv etdi.

Gastrit bo‘ganimda xotinim svecha qo‘yuvdi. Shuni eslab og‘riganmidi yoki og‘rimaganmidi, deb o‘ylay boshladim.

Terlabam ketdim stress bo‘ganimdan.

Buvingdi silay, shu ho‘kmat bergan piraduxtani ko‘tti qisib mayda chaynab, xotindi qo‘ynida yotsam bo‘masmidi.

Kim qo‘yibdi senga kattazanglikni. O‘zi umringda yolchitib ishlab pul topganmisan, deydigan odam yo‘q.

Oxirgi marta qachon uyga ikki kilo go‘sht ko‘tarib kelganimni eslay olmayman.

O‘tgan gal nos olishga  chiqqanimda Mirraxmat xoji aytuvdi. G‘ulu ketgandi¸ kibrga borib ayag‘i yerdan uzilgandi, xudoyim jazolaydi, deb.

Mana, Mirraxmat xojini aytgani bo‘ldi. Jazo muqarrar.

Shu payt temir eshik kormushkasi sharaq-shuriq qildi.

Absattor Boymirzaev degan ovoz eshitildi.

Boymirzaev pamilam. (Shu pamilamni aytishsa, doim qo‘rqqanman)

Qo‘l qo‘yganda B deb yozib, arqasini aji-buji qip qo‘yaman.

Kameradagilar menga qarab «tur», deyishdi.

Ishtonim tushmasin, deb ikki qo‘lim bilan ushab, qaltirab o‘rnimdan turdim.

Bedapoya pogonli bittasi kelib, yetalab obchiqib ketdi.

Obchiqib otib tashasa-ya. Xitoyda koronavirus karantini rejimni buzganlarni otib tasharkan, deb Komil do‘konchi kecha aytuvdi-ya.

Naxotki Ozodbekni otasiyam ashnaqa qonun qabul qigan bo‘sa.

Boshqa payt bo‘ganida hech ikkilanmasdan otish¸ kerak otgandan ham peshanasidan paqillatib otish kerak, derdim.

Lekin otib tashlashni mendan boshlashlarini xozir sira-sira istamasdim.

Men o‘lsam, bollarim yetim¸ xotinim tul qoladi. Abjabordan olgan  va Komil do‘konchini daptariga yozilgan qarzlarni kim to‘laydi.

O‘lib ketaveramanmi?

Menam odam bo‘lib moshin minmadim. Valasapatem ham yo‘q.

Shu tuman markaziga ham ikki yil oldin bir keluvdim ispravka ob ketishga. Dalshe hech qatga bormadim.

Odamlar Rossiyalarga borib ishlab yuribdi. Rezinka kvartira degan zo‘r joylarda yashashar ekan.

Sariq soch ko‘k ko‘z o‘ris qizlar yo‘llarni chetida chotini ochib yotvolib:  «Kel, o‘zbek, meni lyubit qib tasha», deb yolvorar ekan.

 «Izvini devushka, vremya net. Nado rabotat», deb ketilarkan.

Madinani eri aytib beruvdi. O‘shanaqa sariq sochli qizlardan bir bo‘sa olmay, daydi itday otilib ketish alam qilar ekan.

Koridorga chiqib betimni devorga tirab turdim. Arqamdagi temir eshik sharaq etib yopildi. G‘achir-g‘uchir qilib kalit buralgandi  ovozi qulag‘imdi  teshvoray dedi.

«Yur», dedi bedapoya pogon.

Yurib ketayapman. Yelkamdan shuv-shuv ter oqadi. Koridorda yurib ketayotganda arqadan lazer fonarik qaratib nishonga olib turib otisharkan. Ismat piyozchini uyida ko‘rganim dividi kinoda shunaqa otishuvdi. Ey xudo, bitta maska taqmaganni obchiqib otib tashayversa, dunyoda odam zoti qoladimi….»

Kutilmagan uchrashuv

«-Ana otadi¸ mana otadi, deb ketyapman. Qo‘limda kishan. Hali kamerda ekanligimda kormushkaga qo‘limni tiqishni so‘rashgan va kishanlashgan edi. Inson xoliga shukur qilishi kerak. Shu kamerada parashani oldida o‘tirganim  yaxshi edi. O‘limdan xannarsa yaxshi. Petux qilishsayam, baribir tirik yurardim-ku. Yurib-yurib teppaga ko‘tarildik. Sharaq-shuruq eshiklar ochildi. Yarmi temir panjara bilan to‘silgan xona ichiga apbirishdi. Yerga burab mahkamlangan temir kursiga o‘tirg‘izishdi. Boshimni ko‘tarib qarasam . Vay bilat. Xayotillo damaschi bilan Madina turibdi. Meni qamoqqa obketishganini valasapitta ketayotgan Eshmirza ko‘rib hammaga aytib chiqibdi. Qishloqda faqat Hayotillo damaschini  mashinasida stiker bor. Aptekadan dori toshiydi, deb afarmlyat qivogan. Shu Xayotilla qarzini qistagani uchun jinim sevmasdi. Qarang, kimning kimligi mashnaqa kunda bilinadi. Mana, temir panjara ortida oltin tishini ko‘rsatib  kulib turibdi Xayotilla. Ënida esa…. Uffff. Madina….»

Hikoyaning bu yog‘i Madinani tilidan aytiladi:

«-Eshmirza derazamni qoqib, sani yo‘biringdni abkirib qo‘yishdi, deb xiringlab o‘tib ketdi. Qo‘pol va tarbiyasiz odam shu Eshmirza. Srazi Ismat piyozga telefon qildim. “Men aralasholmayman. Buni prezidentam xal qilolmaydi. Soprotivleniya qigan. Endi Absattor o‘tiradi 15 kun¸ agar yana raskrutka bo‘masa”, deb telefonni o‘chirib qo‘ydi.  Yana oshnamish? Mirraxmat xojiyam, Abjabboram primerno shu gapni aytdi. Komil do‘konchini esa rangi o‘chib ketdi. Absattorni besh-olti million qarzi bor ekan daptarda. Faqat shu Xayotillani ichi achidi. Gapirganida og‘zidagi oltin tishi ko‘rinib ketadigan yoqimtoy bola shu Xayotilla. Opa, yuring, qamoqqa borib xavar olamiz¸ men za odno aptekaga mol obkelaman, stikerim bor, dedi. Shartta kiyinib chiqourdim».

Endi, muhtaram o‘quvchi, Madina kim o‘zi? Nega u Absattorni buncha qayg‘irdi, degan savolga javob izlasak. Madina 32 yoshda. Medkollejni bitirgan. Qishloqdagilarga ukol qiladi¸ bonka qo‘yadi. Ishqilib, medsestra. Kollejni oxirgi kursida bitta bola bilan yurib qo‘yib, keyin ashinga erga tekkan. Eri bilan chuvalashib AMIga (Andijon meditsina instituti) kirolmay qop ketgan. Turmushi yaxshi bo‘madi. Bolasi yo‘q. To‘ydan uch oy o‘tar-o‘tmas eri Rossiyaga jo‘navordi. Mana, besh oydirki, eri bedarak. Absattor erini billa arag‘ ichadigan oshnasi. Ag‘ini Madinani o‘zi gapirsin:

«-Absattor deganni oldin jinim suymagan. Kelib erim bilan o‘tirib nuqul arag‘ ichardi. Bir marta yiqilib qolib, ishtoniga siyvorib, hamma yag‘di¸ gilam va to‘shaklardi  rasvo qigan. Usti-boshi bir xolda. Sochlari yuvilmaganiga oylar bo‘lgan. Batinkasini yirtilgan joyini sim bilan tikib olganini ko‘rib raxmim keldi. Shaxardagi tog‘amni eski kiyimlarini obkeb qo‘yuvdim pol latta qilaman, deb. Shulardan bir-ikkitasini bersam kiyvoldi. Yana raxmim keldi. Bechoraga xotini qaramas ekan. Shimi umuman hech qachon dazmol ko‘rmagan. Doimo teshigidan barmag‘i chiqib turadigan yirtiq paypog‘i shunaqayam sassiqki, endi qishdi kuniyam derazani ochib qo‘yaman uyga kesa. Besh oy oldin erim bedarak bo‘ldi. Yo‘q i vse. Absattorni chaqirib dardimni aytdim. Absattor degani bizani uyga kelsa, arag‘ ichib o‘rganib qolgan. Medidtsinskiy spirt bor edi quyib berdim. Bitta o‘zim ichmayman, senam ich, dedi. Menam oltmishga qirq praportsiyada spirtga  suv aralashtirib ichvordim. Jag‘im ochildi. Yig‘ladim, siqtadim. Bir payt Absattor qop-qora qo‘llari bilan boshimdi silab, qo‘yniga bosib ovutyapti. Men ham odamman-ku axir, inson parzanti. Boshimni silashga bir mexriybon qo‘l¸ bir og‘iz shirin so‘z nondek arzanda. Gapdi qisqasi, o‘sha Absattor issiq-sovuq qildimi¸ kinna soldimi, bilmadim. Meni iydirdi-da ishqilib. Shu odamga mexrim tushdi. Malika qurvaqani sevib qoladi-ku ertaklarda…».

(G‘oya, matn va rasm muallifi rassom Tuz. Davomi bor)

Tag‘in o‘qing
30 mart 2017
Andijonda ko‘pchilik oilalar kreditga olgan tovuqlarini qaytarib bermoqda. Yuzta tovuq boqishga qiziqib ko‘rgan andijonlik S.Xaydarovning aytishicha, odamlarga berilayotgan tovuqlarning ...
20 fevral 2016
Kuni kecha 7 yillik qamoq jazosiga xukm qilingan jizzaxlik fermer Aramais Avakyanning turmush o‘rtog‘i Shirin Tursinovani yashab turgan maxallasidan ...
10 may 2019
O‘zbekistonga oid ma'lumotlarni yorituvchi mustaqil ommaviy axborot vositalari va mamlakat huquq himoyachilariga qarshi internet orqali yashirin fishing va veb ...
23 yanvar 2017
O‘zbekiston vatandoshi 35 yashar Gulsanam Y. va 28 yoshdagi Hakima K. Fatxiya tumanidagi avtoparkda bir kecha uchun 200 lira ...
Bloglar
20 iyun 2022
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat ...
17 iyun 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?Buning sabablarini bilish ...
7 iyun 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 54-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan) AMAL ...