Catira
18 may 2020

Zaxarovaning zaharxandasiga madaniyat vaziri Nazarbekovning javobi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mulozimasi Mariya Zaxarova «rasmiy idoralarda o‘zbek tilining majburiy qilinishini kamchilik yoqlayotgani»ni yozg‘irgani ortidan tarmoqdagi mo‘'tadil vatandoshlar ham tilni himoya qilish borasida faollashdi. Hatto O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nota jo‘natsin, degan talablar yangradi.

Bi Bi Si jurnalisti Pahlavon Turg‘unov 16 may kuni «Zaxarovaning bayonotidan keyingi sassizlikka qaraganda, O‘zbekistonda nota bilan faqat Madaniyat vazirligi shug‘ullanadi», deb yozdi. Bu kesatiq gapdan keyin taqdir hazili kabi Zaxarovaga javob madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovdan keldi. Nazarbekov feysbukdagi shaxsiy sahifasida Zaxarovani haddan oshganlikda aybladi:

«Mariya Zaxarovaning fikrlari, avvalo, mana shu me'yor chegarasini oshib o‘tish sifatida baholanadi. Tilimizga nisbatan ko‘rsatilayotgan ta'sir madaniyatimizga aks javobning ilk qadamidir».

Nazarbekovga ko‘ra, bu oddiy tilshunoslik munoqashasi emas, balki «siyosiy maqsadli» rejadir:

«O‘zbek tili haqida rossiyalik tilshunoslar fikr bildirishganida to‘g‘ri qabul qilamiz, biroq bu mavzu Tashqi ishlar vazirligi minbarida tilga olingani bekorga emas. Bu yerda aniq reja va siyosiy maqsadlar borligi kunday ravshan.

Men yurt farzandi sifatida tilimizdan qandaydir siyosiy manfaatlar yo‘lida foydalanilishiga mutlaqo qarshiman. Rossiya hukumatidan esa o‘zbek millatining xohish-irodasi, qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni so‘rayman. O‘zbekiston suveren-demokratik davlat sifatida o‘z yo‘lini o‘zi belgilashga qodir mamlakat.

Bu masalada boshqa hamkasblarimizni, jamoatchilikni, o‘zbek tilini or-nomus, milliy g‘urur ramzi deb biladigan barchani bebaho qadriyatimiz – tilimiz himoyasiga chaqiraman».

Ayni paytda Nazarbekovning bu gapi vazirlik munosabati emas, balki xalq artistining ijtimoiy tarmoqda qoldirgan shaxsiy fikri.

Davlatchilik tamoyiliga ko‘ra, bunday tahqirli holatda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisini huzuriga chaqirib, nota berishi kerak.

Ammo tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Rossiya vatandoshligini olgan. Manfaatlar to‘qnashuvi deyiladi. Komilov churq etsa, biznesmen o‘g‘liga muammo bo‘ladi.

Nota so‘zining yana bir ma'nosi – musiqiy basta yozilgan matn deganidir. Yaqin o‘tmishda O‘zbekiston gimni «Assalom, rus xalqi, buyuk og‘amiz», degan so‘zlar bilan boshlanar edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 mart 2017
Kelib chiqishi ozarbayjonlik bo‘lgan taniqli qo‘shiqchi va kino artisti Gugushni Eron Inqilobiy mahkamasi 16 yil qamoq jazosiga sirtdan hukm ...
5 aprel 2019
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya forumi (UGF)ning «Ular avval paxtaga chiqmasligimizni aytishdi, keyin esa dalaga jo‘natishdi» nomli yangi hisobotida qayd ...
7 sentyabr 2024
Bu maqola aslida 31 avgust kuni, sovet zulmidan azob chekkan yurtsevarlarni xotirlash kuni yoyinlashi kerak edi. Lekin boshqa tarafdan ...
24 yanvar 2016
Taniqli qo‘shiqchi, 45 yashar Nargiz Zokirova shanba kuni Moskvaning Backstage restoranida bergan kontserti chog‘ida ikki ksenofob ayolning tajovuziga uchradi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...