Asosiy mavzular
19 may 2020

Absattorning kundaligi 4-qism. Mardlik uchun 100 gramm

Leytenant chiqib, «Bu yerda to‘planishib turishma, tez ketish», deb milisaxona eshigini yopdi.

Hayotillaning oldi aynagiga stiker yopishtirilgan  «Damasi»ga Absattor va Madina chiqishdi.

«Madina, siz oldiga o‘tiring, tekshirib qolishsa, duxtrdi ob yurippan, deb aytaman», dedi Hayotilla. Chunki stikeri borlarni ham ko‘chada ushlab tirishtirishayotgan edi.

Yo‘lda ketayotib Hayotillaga telefon bo‘ldi. Hayotilla o‘tirganlarga o‘girilib, qishloqqa bora olmasligini, rayzdravga tomsuvoqqa (tekin ishlash) chaqirishganini aytdi.

«Shu man silani xataga tashab qo‘yay¸ sag‘al dam olib, keyin eshikka  borarsizlar», degan Hayotilla rulni burib yana tuman markaziga qarab moshinni haydadi.

Hayotilla «xata» deb aytgani mikrorayondagi uch qavatli uyning ikkinchi qavatidagi bir xonali kvartira edi.

Kvartirani Madinaning eri bir paytlar o‘ris kampirdan sotib olgan edi. Qishloqda gaz kesilgan qishning kunlarida borib yashab ham turishardi. Bir muddat ijaraga berib ko‘rishdi. Keyin ijarachi pulini to‘lamay, Rossiyaga ketvordi. Borib kalit almashtirib, bir ahvolga kelgan uyni tartibga solib, ta'mirlab qo‘yishuvdi. Madina tuman kasalxonasiga ishga joylashsa, shu yerda turish niyatiyam yo‘q emasdi.

Madina Hayotillaga «binnasaga» deb qo‘liga pul berdi. Hayotilla yo‘lda to‘xtab, do‘kondan yelim paket to‘la «binnasalar»ni ko‘tarib chiqdi.

Absattor karaxtligicha o‘tirardi. Nima bo‘layotganini oxirigacha anglab yetmayotgandi. Sigaret xumori tutayotgandi.

«Damas» sovetlar davridan qolgan uch qavatli beton do‘mdi oldida to‘xtadi. Oldi axlat uyumi bilan to‘la fayzsiz bir yer edi.

«Boraveringlar, binnasa kerak bo‘sa, telefon qilarsizlar», degan Hayotilla «Damas»ni mingga qo‘yib jildi.

Absattor karaxt holda pod'ezddan ikkinchi qavatga ko‘tarildi. Pod'ezd eshigini o‘tkan yilgi sovuqda bomjlar yechib olib yoqvorishgandi. Pod'ezd hangillab ochiq-sochiq yotardi. Yarmi ko‘kka bo‘yalgan va uyat gaplar yozib-chizib tashlangan isqirt devor yoqalab zinadan ko‘tarilgan Madina qo‘lidagi yelim xaltani yerga qo‘yib, temir eshikni ochishga unnadi.

Kalit tiqadigan teshigi  zanglab qolganmi, eshikni ochishga biror o‘n minut ketdi. Absattorga baribirday edi. O‘n yil ketmaydimi eshik ochishga.

Ichkari kirishdi. Binoyiday uy. Laminat to‘shalgan. Devorga «jiji bollardi rasmlari» tushirilgan mo‘dniy gulqog‘oz oboy yopishtirilgan.

Madina kiraverishddagi ishkopdan sochiq olib Absattorga berdi: «Yuvinib chiqing».

Qamoqqa borganidan beri Madinaning Absattorga aytgan ilk jumlasi edi bu.

Absattor vannaxonaga kirdi. Oppoq kafel, oppoqqina vanna. Issiq suv keb turibdi. Absattor qandaydir kulturniy shok his qildi. Absattor  o‘zining uyida haftada bir marta non yopilgan kuni cho‘milardi. Non yopib bo‘lingan tandir ichidagi cho‘g‘ga bir chelak suv qo‘yilardi.

Suv isigach, Absattor katta jomashov tog‘oraning ichida tsirkdagi kuchukka o‘xshab ikki qo‘lini oldinga osiltirib o‘tirar, xotini esa ustidan krujka bilan suv quyib, kirsovun bilan boshini yuvib qo‘yar, orqasini machalkaqovoq bilan ishqalardi.

Absattor vannada tik turganicha jo‘mrakni ochdi. Ustidan tushgan suv belidagi miltiq qo‘ndog‘i bilan urilganidan hosil bo‘lgan jarohatga tegib, achitib yubordi. Absattor endi-endi og‘riqni his qila boshlagan edi.

Absattor Madina taburetka ustiga qo‘yib ketgan yangi ich  kiyimlarni kiydi. Eshik qiya ochilib, Madina kirdi. Qo‘lida dori-darmon solingan aptechka bor edi. Madina Absattorning beli va bo‘ynidagi ko‘kargan-qizargan joylarni obrabotka qilib, lekaplastr yopishtirib qo‘ydi.

«Eski kiyimlarni kiymang, qamoqdi sassig‘i urib qopti», degan Madina bir sidra kiyim uzatdi.

Bir pasdan keyin Absattor top-tozagina bo‘lib oshxonadagi stol chetida ko‘zini bir nuqtaga qaragancha jim o‘tirardi.

Madina stolga bir shisha araq va stakan qo‘ydi.

Shu paytgacha jim o‘tirgan Absattor ilkis harakatga kelib araqni qo‘liga oldi. Butilkani silkitdi va tishi bilan qopqog‘ini tez sug‘urib oldi. Xuddi birov quvib kelayotganday, shoshib-pishib, qo‘llari qaltirab stakanga araq to‘ldirdi.

Sunnatga ko‘ra, stakandagi araqni uch yutum qilib ichib tugatdi. Ayni tezlikda ikkinchi stakanni lo‘q-lo‘q qilib yutdi.

Zakuska qilmay, qo‘ltig‘ini hidlamoqchi bo‘lsa, bu safar o‘sha hid ham yo‘q edi.

Madina uning qarshisida katta-katta shahlo ko‘zlari bilan boqib, onalarcha mehr va achinish bilan termulib o‘tirar edi.

Oshqozonga yetib borgan aroq miyani tormozdan chiqardi. Absattor hamma yog‘i qaqshab og‘riyotgani va ruhi ostin-ustun bo‘lganini aniq sezdi.

Absattor Madinaga qarab bir narsa demoqchi bo‘lib o‘rnidan turdi. Ammo ichidagi tug‘yonni ifodalash uchun og‘zi juftlashmas edi. Bir marta Madina deyoldi, xolos. Keyin ko‘zidan potirlab yoshlar oqib tushdi. Oyoqlaridagi muvozanatni ushlay olmay, gupillab quladi.

Absattorning kundaligi. Ëmon tush va 18 qo‘shuv

Hikoyaning kelib qolgan yeri. Absattorni kafillikka olgan Madina uni tuman markazidagi uyiga olib keladi. Absattor ikki stakan aroq ichib, dumalab o‘zidan ketadi.

Madina 90 kilo tosh bosadigan Absattorni sudrab karavotga yotqizdi. Boshiga bolish qo‘ydi. Ustiga ko‘rpa yopdi.  Absator bo‘lsa alahlab yotardi.

Shu o‘rinda Absattor nima tush ko‘rdiykin, degan savol hurmatli o‘quvchida paydo bo‘lishi tayin. Absattor tushida gulzor bog‘chalar ichida uchib yurgan pushti kapalaklarni ko‘rgani yo‘q. Absattor ko‘rgan tushni hech kim ko‘rmagani yaxshi.

Absattorning tushi:

-Ola-bula forma kiygan, yuziga maska taqqanlar kaltagidan  qochib bitta koridorga kirib qoldim. Bu koridorda o‘limga hukm qilinib, rastrel kunini kutayotgan, yo‘l-yo‘l kiyim kiygan zeklar stroysa bo‘lib ketayotgan ekan. Men ham arqalaridan qo‘shilib oldim. Bir payt ikki tarafda dubinka ushagan dubaxlar turganini ko‘rdim. Ular qo‘lidagi so‘yil bilan o‘tayotganlarning boshi va yelkasiga solar edi. Menam boshimdan bitta so‘yil yeb dalshe ketdim. Razdevalka chiqdi oldimizdan. Kiyimlardi yechdik. O‘sha yerdagi dubax panshaxa bilan kiyimlarni olib, ichida olov yonib turgan temir bochkaga tashadi. Kiyim va dakumentlar gurillab yonib ketdi. Qo‘limga bitta sovun tutqazishdi. Bu zeklarning ola-bula kiyim kiygani ham yaxshi ekan. Badanlariga tatu chizilgan¸ shramlar¸ kesilgan-tikilgan yara izlari. Bittasi ko‘tiga o‘zbek gerbidagi humo qushini chizdirgan ekan. Lapanglab yurganida qush qanot qoqqanday bo‘ladi. Yo‘lning oxiri zang bosgan jo‘mraklardan suv tushib turgan hammom ekan. Hamma bittadan jo‘mrak tagida turib badanini sovunlardi. Menam sovunlab tursam, qo‘limdan sovun irg‘ib pastga tushdi. Ënimdagi burni bilan turtib chiqqan iyagi bitta bo‘lib, ko‘zi ichiga kirib ketgan kal odam kumush tishini ko‘rsatib hiringlab qo‘ydi. Sekin to‘nqayib sovunni olmoqchi edim. Birdaan. Dooood, Voooooy. Voy-ey..Shu yerga kelganda uyg‘onib ketdim. Hamma yog‘imni sovuq ter bosgan. Peshanamda Madina o‘tiribdi dahshat bilan menga termulib. Avvaliga voqealar marjonini bir ipga terishga qiynaldim. Qaerdaman. Nega yarim kechasi Madina  o‘tiribdi peshanamda. Keyin esladim hammasini. Madina bergan bir piyola sovuq choyni ichdim. Koronavirus kelmasidan oldingi hayotimni eslab sog‘inib xo‘rsindim.

“Tuzukmisiz”, deb so‘radi shikasta ovoz bilan Madina.

“Albatta tuzukman, Madina. Qamag‘dabas, sening qo‘yningda yotqizgan yaratganga shukrlar bo‘lsin”.

Madina uyalib yerga qaradi. “Uyalma, jonim, kel byaxga”.

Madina o‘rnidan turib, telefonini yoqib, qo‘shiq qo‘yib keldi. Asakalik tog‘a sel bo‘lib ashla aytardi.

Kuylarim yetgaymikan senga borib,

Tinglasa ketgaymikan toshlar erib,

Suhbatingda bahra olsam o‘ltirib,

Na bo‘lar, na bo‘lar kelsang

quchog‘imga kirib, Gulbadan.

Tun qorong‘usida ikki vujud bir-birining og‘ushida eridi.

Ag‘i 18 qo‘shuv Absattorning kundaligi.

Davomi bor. G‘oya, rasm va matnlar muallifi

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
16 mart 2020
Joriy yilning 16 martiga kelib O‘zbekistonda rasman qayd etilgan koronavirus (COVID-19)ni yuqtirganlar soni, kunning birinchi yarmida olingan ma'lumotga ko‘ra, ...
17 oktyabr 2016
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston matbuoti bosh vazirning virtual qabulxonasini salkam «adolat uyi»ga tenglashtirib qo‘ydi, desak xato bo‘lmaydi. Hozir har bir ...
16 mart 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Adabiy hayotim ba'zan zid qutblarda jarayon etdi. Xususan, 1977-1979 yillarda Moskvada boshdan kechirganlarim o‘zimni, insonlarni ...
12 aprel 2017
2017 yil 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari 68 yashar Bo‘ritosh Mustafoev yurak kasalligi bois yuzaga ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...