Asosiy mavzular
20 avgust 2020

Qonundagi o‘g‘ri Lotu Guli otib ketildi, Ravshan Zolotoy qo‘lga olindi

19 avgust kuni Turkiyaning Antaliya shahrida asli gurjistonlik “vor v zakone” Nodir Salifov otib ketildi. «Eltuz»ga yetib kelgan ma'lumotga ko‘ra, Lotu Guli laqabi bilan mashhur Nodir Salifovning boshiga to‘rt dona o‘q uzilgan.

Antaliyadagi restoranlardan birida Lotu Guli bilan ovqatlangan erkak to‘pponchasi bilan uni otib tashlagan. Lotu bemorxonaga olib ketilgan, ammo uni qutqarishning iloji bo‘lmagan.

Ko‘p o‘tmay, turk politsiyasi Lotu Guli bilan yaqin aloqada bo‘lgan Xan Axmedlinskiyni qo‘lga olgan. Lotu Gulining qotili aynan u ekani aytilmoqda.

«Eltuz» manbasiga ko‘ra, Xan Axmedlinskiy qotillikdan bir necha daqiqa o‘tib asli o‘zbekistonlik avtoritet Ravshan Muhiddinov (laqabi Ravshan Zolotoy)ga qo‘ng‘iroq qilgan.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay turk politsiyasi Ravshan Zolotoyni Istanbulning Belek Duzu dahasidagi villasidan olib ketgan.

48 yashar Nodir Salifov umrining 12 yilini Ozarbayjondagi qamoqxonalarda o‘tkazgan, ozodlikka chiqqach, Turkiyaga yo‘l olgandi.

2018 yilda turk politsiyasi uni mamlakatdan deportatsiya qildi. Ammo u ko‘p o‘tmay yana Turkiyaga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgani aytiladi.

Xan Axmedlinskiyni ikki kun oldin Istanbulda Ahtam Camarqandskiy va uning odamlari bilan ko‘rishgan edi.

Ravshan Muhiddinov (Ravshan Zolotoy) jinoiy avtoritetlarga yaqin bo‘lgan tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyanidir. Joriy yilning mart oyida «Eltuz» G‘afur Rahimov va Ravshan Zolotoy o‘rtasida kelib chiqqan ziddiyatlar haqida xabar bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 mart 2017
24 mart kuni taniqli huquq himoyachisi Yelena Urlaeva Toshkent shahar ruhiy shifoxonasidan ozod etildi. U majburiy davolanishda 23 kun ...
22 iyun 2017
Prezident Mirziyoev 22 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga keldi. Byudjet tashkiloti xodimlari ham yengil tin olishdi. “Shukur” – dedi Eltuz ...
8 iyun 2017
Andijon Hususiy avtomobillar bozorida ham narxlar keskin ko‘tarilib ketdi. GM Uzbekistan shirkati 31 may kuni mamlakat ichki bozorida avtomobillarini ...
17 noyabr 2016
Internet va media sohasi O‘zbekistonda dunyoda eng keskin nazorat qilinadigan davlatdir. «Freedom House» har yili o‘tkazadigan Dunyo bo‘yicha Internet ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...