Asosiy mavzular
15 sentyabr 2020

Gulnoraning pullari O‘zbekistonga qaytmoqda

Shveytsariya va O‘zbekiston marhum prezidentining qizi Gulnora Karimovaning musodara qilingan aktivlarni rasmiy Toshkentga qaytarish to‘g‘risida bitim imzoladi.

Xabarlarda aytilishicha, bitim, bir tomondan, Gulnora Karimovaga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlardan birida allaqachon musodara qilingan taxminan 131 million AQSh dollari miqdoridagi aktivlarga tegishli.

Boshqa tomondan, u hali ham davom etayotgan jinoyat ishi bo‘yicha kelajakda shubhasiz musodara qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa aktivlarga ham taalluqli.

Bitim restitutsiya tamoyillari va bosqichlarini belgilab beradi. Aktivlar O‘zbekiston xalqi manfaatlari uchun ishlatiladi.

Xalqaro huquq direktsiyasi rahbari, elchi Korin Siseron Byuler Federal kengash tomonidan tasdiqlangan qonuniy majburiy bo‘lmagan bitimni imzoladi. Ushbu bitim Shveytsariyada musodara qilingan noqonuniy o‘zlashtirilgan aktivlarni qaytarish maqsadida tuzildi.

2012 yilda Shveytsariya Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida 800 million shveytsar franki atrofida bo‘lgan aktivlarni muzlatib qo‘ydi.

2019 yilda taxminan 131 million AQSh dollari musodara qilingan. Imzolangan bitimda ushbu summani O‘zbekistonga qaytarish asoslari belgilab berilgan. Unda restitutsiya jarayoni va tamoyillari bayon etilgan.

Bajarilishi kerak bo‘lgan asosiy tamoyillar:

– restitutsiya jarayonidagi shaffoflik va javobgarlik;

– aktivlardan O‘zbekiston aholisining turmush sharoitini yaxshilash uchun foydalanish;

– mablag‘larni barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi loyihalarga investitsiya qilish (BMTning 2030 yil masalalari va O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq);

– monitoring mexanizmini tashkil etish;

– nodavlat sub'ektlarning potentsial ishtiroki.

Asosiy bitimdan so‘ng yaqin kelajakda Shveytsariya va O‘zbekiston o‘rtasida qonuniy majburiy shartnomalar bo‘yicha muzokaralar boshlanishi rejalashtirilgan.

Shu nuqtai nazardan, taxminan 131 million AQSh dollari Shveytsariya tomonidan qaytarilishi aytilmoqda. Bundan tashqari, restitutsiyaning o‘ziga xos usullari belgilab qo‘yiladi.

Gulnora Karimovaga qarshi davom etayotgan jinoyat ishi doirasida yuzlab million dollarlik aktivlar muzlatilganicha qolmoqda. Imzolangan bitim ushbu ish doirasida kelajakda musodara qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa aktivlarni qaytarish uchun ham qo‘llaniladi.

«Asosiy bitim Shveytsariyaning siyosiy ta'sirga ega shaxslarning noqonuniy o‘zlashtirilgan aktivlarini muzlatib qo‘yish, musodara qilish va qaytarish bo‘yicha strategiyasiga (“Aktivlarni tiklash”) mos keladi», deyiladi Shveytsariya hukumati tarqatgan xabarda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 fevral 2020
Quyidagi maqola telegra.ph saytida e'lon qilingan. “Eltuz” bu maqola tarjimasini e'tiboringizga havola etmoqda. Iddao va taxminlar ustiga qurilgan bu ...
1 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih suhbatning 16-qismi millatni, o‘zlikni tanish mavzulariga bag‘ishlanadi. Shoir o‘zining 30 yillik ...
1 oktyabr 2018
Muhammad Bekjon o‘z kitobining navbatdagi qismida Koson zonasidagi 159-larning alohida jazolanishi, «g‘oz yurish» va uni 15 sutka izolyatorga hukm ...
19 may 2016
«XXI asr» gazetasi O‘zbekiston prezidentining «o‘z vaqtida qabul qilingan» «Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...