Asosiy mavzular
23 oktyabr 2020

Gulnora Karimovaning «o‘pkasi yallig‘langan»

Gulnora Karimovaning qizi Imon o‘zining feysbuk sahifasida 22 oktyabr kuni yozishicha, Zangiotadagi 21-koloniyada saqlanayotgan onasining sog‘lig‘i ancha yomonlashgan va unga kerakli tibbiy muolajalar qilinmayotir.

So‘nggi bir necha kun ichida Gulnora Karimovaning ahvoli og‘irlashganini bildik, – deya yozadi Imon Karimova. – Advokatlarimizning telefon orqali xabar berishicha, hozir Gulnora o‘pkaning ikki tomonlama ham kuchli yallig‘langani holda sanitariya bo‘limiga yotqizilgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti, kovid-19 ga test topshirishga ruxsat berilmayapti, davolanish uchun dori-darmon va apparatlar berish ham taqiqlangan. 

Imon Karimovaning iddao qilishicha, onasining advokatlari, farzandlari va yaqinlari tomonidan uni davolash uchun qaratilgan sa'y-harakatlar O‘zbekiston prezidenti ma'muriyatining buyrug‘iga asosan qasddan cheklab qo‘yilmoqda. 

Uning qayd etishicha: “U (Gulnora Karimova) joylashgan KIN-21 binosining ikki xodimi so‘zlariga ko‘ra, 19 oktyabr kuni ertalab Zangiota zonasi boshlig‘i kabinetiga prezident ma'muriyatidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Suhbat bo‘lib o‘tganidan so‘ng bino boshlig‘i Gulruh Karimova sanitariya bo‘limidagi har bir xodimga hozircha “yuqoridan” buyruq bo‘lmaguncha, Gulnora Karimovaga yordam ko‘rsatish taqiqlanganini shaxsan xabar qiladi”.

Imon Karimova o‘z postida bu ishda bosh vazir Abdulla Aripovning qo‘li borligiga ishora qilgan:

– … Gulruh Karimova buyruq O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan ma'muriyat orqali yetib kelganiga sha'ma qilmoqda. Telekommunikatsiya vaziri bo‘lgan paytida MTS, Bilayn va Teliya kabi kompaniyalarning O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida oligopoliya yaratishiga aynan Abdulla Aripovning imzosi imkon berganini, ehtimol,  yurtimizdagi barcha odamlar eslasa kerak.

O‘zbekiston sobiq prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 2015-2020 yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatlari uchun uch marta qayta sudlangan.

So‘nggi bor shu yilning mart oyida chiqarilgan hukmga asosan Gulnora Karimovaga 13 yil 4 oylik qamoq jazosi tayinlagan.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Gulnora Karimova 12 yil davomida 51,1 milliard so‘mlik aktivlarga egalik qilgan uyushgan guruhni nazorat qilgan. Bundan tashqari, G. Karimova qariyb 2 milliard dollar miqdoridagi xorijiy valyutani yashirganlikda gumonlangan.

O‘zbekiston hukumati Gulnorani butunlay izolyatsiya qilgani va tizimli siyosiy tergovi uchun tanqidga uchrab keladi. 

Tag‘in o‘qing
28 aprel 2021
Rassom Elsevar
30 sentyabr 2023
Shanba kuni Berlin markazida aylanib yurib, tasodifan bir nikoh to‘yining guvohi bo‘ldim. To‘y korteji bittagina aravachali velosipeddan iborat edi. ...
26 aprel 2021
Davlatning ko‘p yillik zulmi sezilarli ortga chekingandan so‘ng ko‘plab o‘zbeklar internetda islom dinini qat'iyroq talqin qilishmoqda. Ba'zi ekspertlarning ta'kidlashicha, ...
16 fevral 2017
15 fevral kuni Shavkat Mirziyoevga videoshikoyat bilan murojaat qilgan toshkentlik tadbirkor Olim Sulaymonov qamoqqa olindi. Toshkent viloyatining Qibray tumanida ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...