Asosiy mavzular
27 dekabr 2020

Abiturient qiz o‘limiga sabab bo‘lgan ikki yigit qamoqqa olindi

23 dekabr kuni Namangan viloyatining Norin tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan norinlik ikki yigitga nisbatan “odam o‘limiga sabab bo‘lgan xavf ostida qoldirish” va “og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan odam o‘g‘irlash” aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Ular abiturient qizni yo‘lda o‘g‘irlab ketayotganda qiz mashinadan o‘zini tashlagan, ko‘p o‘tmasdan shifoxonada vafot etgan.

“Changitma” MFY xodimining “Eltuz”ga xabar berishicha, yigitlar Norin tumani markazida istiqomat qiladi. 20 dekabr kuni soat 23.30 da ular shu mahalladagi xonadonlardan birida ijarada yashab kelayotgan, asli Uchqo‘rg‘on tumanidan bo‘lgan 16 yoshli qizning oldiga borgan.

Yigitlar qizga uning dugonasi bilan bog‘liq muhabbat mojarosi borasida gaplashib olmoqchi ekani va bu masalada uning yordami kerakligini aytib, aldab mashinasiga mingizgan. Ular mast holda Damas mashinasini tez haydab ketgan.

Qiz esa yigitlardan qutulish maqsadida yurib ketayotgan mashinaning eshigini ochib, o‘zini yerga tashlagan.

Qizni o‘g‘irlagan yigitning IIBga bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, qiz o‘zini mashinadan tashlagach, u mashinadan tushib, qizga yordam berish uchun oldiga borgan. Ikkinchi yigit esa qo‘rqqanidan voqea joyidan qochib ketgan.

Damas haydovchisi voqea joyidan qochib ketgach, yo‘ldan o‘tib ketayotgan Lacetti haydovchisi to‘xtab, jon talvasasida yotgan qizni shifoxonaga olib borgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, o‘ta og‘ir tan jarohati olgan qiz shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mahalla xodimining aytishicha, qiz o‘g‘irlab ketilgan xonadonda Uchqo‘rg‘on tumanidan ikki nafar, Norin tumanidan bir nafar abiturient yashagan.

Norin tumani IIB tergov bo‘linmasi mulozimining aytishicha, ikki yigit qizlar ijaraga turadigan xonadonga kun ora kelib, norinlik abiturient qiz bilan gaplashib ketisharkan. Uy egasi, qo‘shnilar bu holatdan bexabar bo‘lgan. Mahalla xodimlari esa xonadonda turuvchi qizlarni hatto ro‘yxatga ham olmagan.

Tag‘in o‘qing
8 oktyabr 2018
Ukraina hukumatining istalmagan shaxslari ro‘yxatiga kirgan 43 yashar Artyomiy Lebedev Toshkent hokimligidan katta buyurtma oldi. Rossiya ishg‘ol qilgan Qrim ...
1 iyun 2021
Qashqadaryolik o‘qituvchilar viloyat hokimi topshirig‘i bilan har kuni majburiy marafonda qatnashayotganidan shikoyat qilishmoqda. Koson tumani maktablaridan birida o‘qituvchilik qiluvchi ...
19 aprel 2019
Raccom TuzEltuz.com
7 noyabr 2016
Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripov toshkentliklar kommunist-mozor deb aytadigan Chig‘atoy qabristoniga oldin rejalangani kabi seshanba kuni xam, keyinchalik ...
Bloglar
28 noyabr 2023
SSSRni alqashga qaratilgan, kommunistik ruhda suratga olingan kinolar O‘zbekfilm arxivida juda ko‘p. Go‘yoki Rossiya bosib ...
23 noyabr 2023
Yangi O‘zbekistonda jamiyat ikkiga bo‘lingan: Bir biri ustidan yozadiganlar va pul berib, birovning ustidan yozdiradiganlarga. ...
15 noyabr 2023
Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli. ...