Catira
1 fevral 2021

Aziza Umarova: Import tovarlar taqiqidan avvalo tibbiyot zarar ko‘radi

O‘zbekistonda 500 dan ziyod tovarning davlat xaridi taqiqlandi.  Taqiq ro‘yxatiga xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar,  masalan,  avtomobillar,  konditsionerlar,  muzlatgichlar,  televizorlar,  dori-darmonlar,  shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari,  jumladan, shokolad,  go‘sht,  sut mahsulotlari va boshqa tovarlar va xizmatlar kiritildi.

Bu shuni anglatadiki, ushbu barcha punktlarga solinadigan aktsizlar va bojlardan tashqari,  davlat tashkilotlari ularni endilikdan chet eldan sotib ololmaydi.

Shokolad, vafli, televizor, konditsioner va hattoki gaz / elektr hisoblagichlar bozori birdagina nima uchun va kim uchun taqa-taq yopilganini yosh bola ham tushunib turibdi.

Lekin o‘zimizda shunchaki yetishmayotan go‘sht mahsulotlari nega ro‘yxatga kiritilgan? (Qishloq xo‘jaligidagi rasvo siyosat tufayli chorva yemi yetishtirish mumkin bo‘lgan yerlar paxta uchun ajratildi).

Yoki bolalar o‘yinchoqlari? Bizning maktablarimiz va bolalar bog‘chalariga ular faqat chetdan keltiriladi va ularni sotib olish kerak.

Va eng muhimi – reagentlar va dori-darmonlar?

Mana,  bir misol.  Bugungi kunda saratonga qarshi davolashda yaroqli bo‘lgan barcha dorilar mutlaqo  chetdan keltiriladi. Ularning aksariyati Farmatsevtika qo‘mitasi tomonidan litsenziyalanmagan va chet eldan noqonuniy ravishda qo‘lda olib kelinadi. Davlat shunchaki bemorning oilasiga dorilar ro‘yxatini beradi, odamlar o‘zlari topib sotib olishadi. Bu holat boshqa jiddiy kasalliklarga ham tegishli. Chunki yuqori sifatli import dori-darmonlargina natija beradi.

Alisher Ubaydullaev tushuntirganidek, taqiqdan faqat TNVYeD kodlaridagi onkopreparatlargina istisno qilingan.  Ammo shunga qaramay, mohiyatini tushuntirib beraman.

Davlat tibbiyoti yomon ahvolda. Bemorlarni yuqori sifatli davolash maqsadida barcha kasalliklar uchun zamonaviy xalqaro protokollarni qabul qilish va chet eldan bemorlar uchun zarur sifatli dori-darmonlarni sotib olish zarur. Davlat tibbiyot tizimiga dori-darmonlar olib kirilishini taqiqlash har qanday ko‘rinishda zararlidir. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni bu tarzda qo‘llab-quvvatlash nojoiz.

Umarovaning bu fikriga javoban tarmoq faoli Umida Haqnazar mana buni yozdi:

Bu mahalliy ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlash emas, balki protektsionizmdir. Ha, davlat xaridlari alohida mavzu,  hatto Jahon savdo tashkilotining davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomasi barcha a'zolar uchun majburiy emas va bundan ko‘plab davlatlar foydalanishadi. Aynan davlat xaridlari bundan diskriminatsiyaga uchraydi. Biroq hatto kelishuvsiz ham har kim uchun majburiy bo‘lgan kamsitilmaslikning asosiy tamoyillari mavjud.

Bundan tashqari, davlat xaridlari bo‘yicha tenderlarda qatnashish tartib-qoidalari muvofiq bo‘lishi kerak. Axir biz nafaqat chet el tovarlari bo‘yicha kamsitilmoqdamiz. Jarayonlar muayyan bir shirkatlargagina moslashtirilmoqda va boshqa mahalliy ishtirokchilar apriori bunday toifaga kiritilmayapti. Hatto mavjud protseduralarga rioya qilinmayapti, qo‘pol ravishda buzilmoqda va hokazo.

Boshqa mamlakatlar bozoriga kirishni taqiqlashdan tashqari bu «o‘zingnikining oyog‘idan chalish» hamdir. Masalan,  bizning tikuvchilarimiz Rossiyada yoki boshqa mamlakatlarda o‘tkaziladigan davlat xaridlari tenderlarida qatnashib, tikuvchilik qilishlari mumkin edi.  Fartuklar yoki, deylik, maxsus ish kiyimlari tikish bo‘yicha…  Yoki bizning qurilish kompaniyalarimiz xuddi shu xizmatlarni sotib olish uchun tenderlar o‘tkaziladigan yirik qurilish loyihalarida subpudratchi sifatida qatnashishlari mumkin.  Shunday qilib, biz kelajakda ko‘plab imkoniyatlarni boy beramiz… kaltabin chora-tadbirlarimiz bois.

Tag‘in o‘qing
20 fevral 2017
Andijondagi tijorat do‘konlarida odatda odamlar bahor payti uyda pishiradigan sumalak sotila boshlandi. Ba'zi odamlar bu taomni sotib olish imkoni ...
17 dekabr 2019
O‘zbekistonda saylov o‘yinlari avj olishi fonida Xalq demokratik partiyasi vakili Boymurod Yusupov mamlakatda 25 yil davomida amaliyotda bo‘lgan ta'lim ...
12 sentyabr 2023
(Bir to‘y haqida o‘y) Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni Munisa Rizaevaning o‘zi o‘n ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...