Asosiy mavzular
1 fevral 2021

Mirziyoevni kuzatgani iddao qilingan DXX xodimi qamoqqa olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining 7-bo‘linmasi sobiq tezkor xodimi Sherzod Haitov dekabr oyining birinchi yarmida DXX xodimlari tomonidan hibsga olindi.

Bu haqda “Eltuz”ga ayni xizmat xodimlaridan biri ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, Sherzod Haitovga nisbatan hozir jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXXning sobiq zobiti ustidan Toshkentning  Gvardeyskiy nomi bilan tanilgan DXX hibsxonasida olib borilayotgan so‘roq-surishtiruvga DXX tergov bo‘linmasi boshlig‘i Ulug‘bek To‘xtasinov boshchilik qilmoqda.

Sherzod Haitov huquqlarini uning sobiq hamkasbi, hozir advokatlik bilan shug‘ullanayotgan Xurshid Tolboboev himoya qilayotir.

DXX zobitiga qo‘yilgan rasmiy ayblovlar “Eltuz”ga ma'lum emas.

Ammo «Eltuz»ning DXXdagi manbasiga ko‘ra, Sherzod Haitovning qamoqqa olinishiga uning DXX raisining sobiq o‘rinbosari Jahongir Egamovning topshiriqlarini bajargani sabab bo‘lgan.

Sherzod Haitov doxil ayg‘oqchilar guruhi 2018 yil iyun oyidan boshlab olti oy davomida prezident Mirziyoev va uning oilasi a'zolari ortidan sirtdan kuzatuv o‘rnatganlar.

Jahongir Egamov prezident va uning oilasi ortidan kuzatan ayni guruhni boshqargani ishoniladi.

2018 yilning 25 dekabrida DXXning yangi binosida Shavkat Mirziyoev raisligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilish paytida Jahongir Egamov vazifasidan chetlatilgan edi.

Ko‘p o‘tmay Jahongir Egamov va xavfsizlik xizmatining bu ishga aloqador yana besh mulozimi hibsga olindi.

Xavfsizlik xodimlarining ma'lum qilishlaricha, o‘zi va oilasi a'zolari ustidan kuzatuv o‘rnatilganidan xabar topgan O‘zbekiston rahbari qattiq g‘azabga kelgan va aybdorlarni darhol jazolashni buyurgan.

Keyinchalik Jahongir Egamov yirik miqdordagi iqtisodiy va korruptsiyaga bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda ham aybdor deb topilib, 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

“O‘sha vaqtda DXX 7-bo‘linmasi tezkor kuzatuv xodimlariga ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan edi. Tergovga yordam berishgani uchun tegmay turishgan. Ish soviganidan ikki yil o‘tib Sherzod Haitovga ish qo‘zg‘atib, yopishdi”, dedi “Eltuz” manbasi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 noyabr 2019
«Bizlarni Toshkentga chaqirsa, bilingki, faqat MVD podvaliga olib kelishadi. “Erk”ni batamom yo‘q qilishni kreslodagi qo‘tir eshshak ukasi Zokir qo‘tirga ...
21 yanvar 2016
Sifatsiz xizmat uchun to‘lovlar oshadi Sputnik internet nashri 2016 yil 1 yanvardan O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari uchun soliq to‘lovidagi ...
13 may 2019
Xorazmlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajab uyida tintuv o‘tkazilganidan uch kun o‘tib – 13 may kuni kasalxonaga yotqizildi. «Eltuz» ...
18 may 2021
“Eltuz”ga yaqin va bir-biridan mustaqil manbalarning xabar berishicha, O‘zbekistonga go‘yoki yirik investitsiyalarni amalga oshirish uchun kirib kelgan oligarx Fattoh ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...