Asosiy mavzular
26 fevral 2021

Shoshilinch xabar: Siyosatchi Xidirnazar Allaqulovni pogonli odamlar olib ketdi

26 fevral kuni kuch ishlatar tizimlar mavjud qonun-qoidalarga zid tarzda siyosiy partiya tashabbuskori, professor Xidirnazar Allaqulovni kuch ishlatib uyidan olib ketishdi.

«Haqiqat va taraqqiyot» sotsial-demokratik partiyasi tashabbuskori, professor Xidirnazar Allaqulovning Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi uyiga Milliy gvardiyaning 30 chog‘li harbiysi tomonidan «bosqin uyushtirildi».

Bu haqda Xidirnazar Olloqulov Facebook va Youtube ijtimoiy tarmoqlarida onlayn translyatsiya orqali ma'lum qildi.

Allaqulov o‘zi qo‘ygan videoda 26 fevral kuni Buloqboshi tumani IIB tergov bo‘limiga chaqiruv xati olganini aytadi. Allaqulovga ko‘ra¸ tergov bo‘limi boshlig‘i Sarvar Siddiqov o‘sha kuni soat 13 da yetib kelish to‘g‘risida imzo chekkan chaqiruv qog‘ozi Toshkentdagi uyiga soat kunduzgi 9 da olib kelingan.

“Men qanday qilib bir necha soat ichida borishim mumkin? Noqulay ob-havoni qarang. Bundan tashqari, partiya tashabbuskorlarining ta'sis qurultoyini o‘tkazish uchun odamlarni chaqirib qo‘yganman.

Bularning barchasi butunlay korruptsiya va qonunsizlikka asoslangan hukumatning siyosiy huquqlarimni kamsitishga qaratilgan harakatdir», deydi Xidirnazar Allaqulov.

Lavhadan ko‘rinishicha, Miliy gvardiya libosidagi bir necha harbiy xonadon eshigini tepib, qo‘ng‘iroqni tinimsiz bosishmoqda. Orada bir marta eshikni ochgan Xidirnazar Allaqulovni olib ketishmoqchi bo‘lishadi va professor kuch bilan o‘z uyi eshigini yopib olishga erishgani ko‘rinadi.

26 fevral kuni soat 13 da Toshkentda «Haqiqat va taraqqiyot» partiyasi qurultoyi o‘tkazilishi kerak edi.

Bu borada barcha ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon berilgan, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakolatxonalariga qurultoy uchun taklifnoma tarqatilgandi.

Partiya tashabbuskori uning boshqa faollari uylari ham hukumat askarlari tomonidan o‘rab olingani, ular ko‘chaga chiqarilmayotgani haqida xabar tarqatdi.

Holbuki, professor partiya qurultoyini o‘tkazish davrida jamoat xavfsizligini saqlashni so‘rab, huquqni muhofaza qilish organlariga qonuniy muddatlarda murojaatlar qilgan.

Bu gaplarni aytayotgan paytda Allaqulovning eshik qo‘ng‘irog‘i tinimsiz jiringlaydi.

Allaqulov esa xalqqa murojaat qiladi. Murojaat davomida Allaqulov yetuk siyosatchi kabi rejim toqatsizligini fosh qiladi.

Iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov uch oy oldin yangi partiya tuzish payiga tushgandan buyon unga ko‘rinmas kuchlar tomonidan zarbalar berilmoqda.

Xidirnazar Allaqulov haqida ikki og‘iz so‘z. U 1956 yilda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. Termiz davlat universiteti rektori bo‘lib ishlagan vaqtda qo‘l ostidagi nojo‘ya harakat qilgan amaldorlarni ishdan bo‘shatib, o‘ziga dushman orttirgan.

2002 yilda universitet rektorligiga tayinlanib, ikki yil ishlagach, mablag‘larni talon-taroj qilganlikda ayblanib ishdan bo‘shatilgan. So‘ng sud orqali o‘zining oqlashishiga erishgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2021
Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani sudi 10 may kuni bloger Otabek Sattoriyni tovlamachilik va tuhmat qilishda aybdor deb topib, 6,5 ...
27 avgust 2019
Rasman e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM qariyb 50 milliard dollarni tashkil etadi. Markaziy bank raisiga ishonsak esa YaIM ...
12 may 2015
«Aka buni unutib bo‘lmaydi, xali xech kim unutgani yo‘q. Yosh bola xam biladi. O‘qqa tutilgan mashinalar xam xamon 25 ...
20 mart 2024
Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz. Xatlar yog‘ilishda davom etmoqda. Ularning har biri chuqur ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...