Asosiy mavzular
28 aprel 2021

Soliqchilar taniqli deputatni sudga berdi

Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboevni sudga berdi. 

Qo‘mitaning shu haqdagi rasmiy bayonotida bildirilishicha, bunga deputatning «HUMAN UZ» axborot portalidagi “So‘z blogerlarga” ko‘rsatuvining 2021 yil 23 fevraldagi sonida aytgan «haqoratomuz so‘zlari» sabab bo‘lgan.

Ushbu ko‘rsatuvda Rasul Kusherboev aytgan bir necha so‘zlar, xususan, «…soliq organlari… tadbirkorni aybdor deb topishim kerak degan printsipda ishlayapti…”, degan jumlalari haqorat sifatida talqin qilinmoqda. 

«U ushbu xatti-harakatlari orqali soliq organlari xodimlarining ishchanlik obro‘siga putur yetkazgan», deyiladi DSQ bayonotida. 

Qo‘mita deputat shu gap-so‘zlariga «OAV orqali raddiya berishi va kechirim so‘rashi lozimligi»ni ta'kidlab, bu xatti-harakatlari bilan u soliq organlariga 4,6 mlrd. so‘m miqdorida ma'naviy zarar yetkazganini iddao qiladi. 

Qo‘mita ma'naviy zarar undirilgach, mablag‘ “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga o‘tkazilishini ma'lum qilgan. 

Tag‘in o‘qing
21 sentyabr 2021
O‘zbekiston mehnat qonunchiligi ko‘plab me'yoriy-huquqiy hujjatlardan iborat. Bular qonunlar, hukumat qarorlari, nizomlar, yo‘riqnomalar va hokazolardir. Jamoa shartnomasi nima va ...
17 aprel 2024
«Gulim faqat yozda kelar. Kayfiyatim sozda kelar» Bu qo‘shiq Chexiyadagi o‘zbeklarni bir qozon palov ustida bir yerga keltirgan kontsertda ...
13 dekabr 2016
2006 yilning aprelida uni hibsga olishgan payti A'zam Farmonov 27 yoshda edi, bugun u 38 yoshga to‘ldi. Yangi prezidentning ...
28 mart 2022
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganiga bir oy to‘ldi. Rossiya Ukrainani uch kunda bosib oladi, degan bashoratlar (ular orasida g‘arb ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...