Asosiy mavzular
3 may 2021

Madaniy meros departamenti “Eltuz” xabariga raddiya berdi

Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti matbuot xizmati “Eltuz”ning telegram kanali va Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joriy yil 24 aprel kuni e'lon qilingan xabarga raddiya berdi. 

“Eltuz” xabarida Xivaning Ichan qal'asidagi Toshhovlining ikkinchi qavatidagi tarsayvonning o‘yma, naqshli qadimiy ustunlari sotib yuborilib, o‘rniga zamonaviylari qo‘yilgani aytilgan edi. 

Shuningdek, unda Ichan qal'a tagidagi xarsang toshlar ham qazib olingani, bu esa qum ustida qurilgan shahar uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi bildirilgandi.

Madaniy meros departamenti matbuot xizmati “Eltuz”ga jo‘natgan bayonotda ma'lum qilinishicha, 2018 yilda temiryo‘l vokzali qurish uchun Xiva shahrining Ota darvoza deb ataluvchi tarixiy devorlaridan bir qismi buzib tashlangani haqidagi ma'lumotlar asossizdir.

“Eltuz” o‘z sahifasida e'lon qilgan fotosuratda ko‘rinib turgan yo‘l Ko‘hna Ark majmuasi haram qismining oldi va aholi xonadonlari o‘rtasidan o‘tkazilgan yo‘ldir. 

Ushbu yo‘lning tabiiy tosh qoplamalari olib qo‘yilishiga sabab shuki, yo‘l tagidan o‘tkazilgan oqova suv tizimini yaxshilash uchun ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi departament bayonotida.

Unda aytilishicha, bu ishlar 2021 yilda Xiva shahrida YuNYeSKO bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo dunyo tsivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilmoqda. 

Departament eskirgan oqova sim tizimi yangilangandan so‘ng yo‘ldan olib qo‘yilgan toshlar yana joyiga qaytarilishi, aslida bu toshlar qadimiy emas, balki ulug‘ alloma Al-Xorazmiy yubileyi munosabati bilan 1983 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, ular tarixiy ahamiyatga ega emasligini ta'kidlagan. 

“Amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlari natijasida Xiva vayron emas, balki obod bo‘ladi.  Ichan qal'ada hech qanday madaniy meros ob'ektlari buzilmagan”, deyiladi departament bayonotida. 

Tag‘in o‘qing
1 dekabr 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi (30.11) shu nomdagi partiyadan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatilgan Sarvar Otamurodovning saylovoldi uchrashuvlari yakuniga bag‘ishlangan kattagina ...
7 sentyabr 2016
O‘zbek segmentida Karimov o‘limidan so‘ng agressiv trolling avj olarkan, ijtimoiy tarmoqda prezident Islom Karimov o‘limi fonida uning shaxsini ilohiylashtirish ...
2 aprel 2018
O‘zbekistonning «Mening yurtim» telekanali 1 aprel kuni yoshlar axloqi «fosh qilingan», ya'ni ularning istirohat bog‘larida qo‘l ushlashib yurgani, o‘pishgani ...
16 dekabr 2016
17 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli jurnalist, 62 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon jazo izolyatoriga tashlangan va uning muddati ...
Bloglar
15 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solih suhbatining davomida sevimli ayoli Oydin xonim bilan kechirgan ...
10 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solix bilan may oyida o‘tkazilgan bu suhbat bevosita Eltuz ...
20 iyul 2022
O‘zbek xalqi kimga, qaysi rejimga qaram bo‘lib kelgan ediki, endi u o‘zini ozod, erkin millat ...