Asosiy mavzular
7 iyun 2021

Bloger Sattoriyning advokati va yaqinlari apellyatsiya sudidan umid qilishmoqda

Advokat Umid Davletov termizlik bloger, 42 yoshli Otabek Sattoriy ishi yuzasidan apellyatsiya shikoyati kiritgani, lekin hali sud kuni belgilanmaganini «Eltuz»ga bildirdi. 

Shuningdek, u Sattoriy bilan oxirgi marta sud hukmi o‘qilgan kuni uchrashgani va suddan yaqinlari bilan uchrashishi uchun ruxsatnoma olib berganini aytdi. Bir oy oldin Sattoriyni ahvoli qoniqarli ekani, unga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilmaganini bildirdi.

2021 yil 10 mayida chiqarilgan sud hukmi bo‘yicha Otabek Sattoriy “takror va ko‘p miqdorda tovlamachilik” va “tuhmat”da ayblangan, unga 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

“Men ushbu hukmdan mutlaqo norozi ekanimni va barcha epizodlar bo‘yicha ayblovlarni rad etganimni 19 may kuni kiritgan apellyatsiya shikoyatida bayon qildim”, dedi advokat Davletov «Eltuz»bilan telefon orqali suhbatida.

Sattoriyga qo‘yilgan sakkizta epizod bo‘yicha u davlat idoralarda ishlaydigan mulozimlarni videoga olib, tasvirni tarqatmaslik evaziga pora talab qilgani bildirilgan. 

Advokat Davletov hukmdagi barcha  ayblovlar uydirma va yolg‘on guvohliklar, tasdiqlanmagan dalillarga asoslanganini ta'kidlamoqda.

Sattoriyning singlisi Farangizning so‘zlariga ko‘ra, ular ehtimol boshqa viloyatda o‘tishi kutilayotgan apellyatsiya sudidan umid qilishmoqda. 

Yutub va telegramdagi «Xalq fikri» kanallari asoschisi Otabek Sattoriy 2020 yilning 30 yanvar kuni Termiz shahrida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi xodimlari tomonidan hibsga olingan edi. 

Blogerni uning singan telefoni o‘rniga keltirib berilgan, qog‘oz paketga o‘rog‘liq yangi telefonni olayotgan paytda «daliliy ashyo bilan» ushlashgan.

Eltuz.com 

Tag‘in o‘qing
15 may 2024
Ma'lum qilinishicha, 15 may kuni Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga ...
26 aprel 2016
Bank mas'ulining aytishicha, ayni paytda «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan berilgan bank plastik kartochkalari soni 1 milliondan oshib ketgan. «Plastik kartochkalar naqd ...
9 oktyabr 2018
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyani rivojlantirish vazirligi oktyabr oyining boshida O‘zbekistonda ko‘rish taqiqlangan 103 film ro‘yxatini provayderlarga taqdim etdi. Nazorat ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...