Asosiy mavzular
17 avgust 2021

Prezidentni tanqid qilgan Valijon Kalonov ikki kundan buyon so‘roqda

Prezidentni tanqid qilgan Valijon Kalonov ikki kundan buyon so‘roqda 

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Taraqqiyot” MFYda yashovchi 52 yoshli Valijon Kalonov 15 avgust ertalab viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan ushlab ketilgan. 

U bungacha ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston taraqqiyotidagi to‘siqlar, saylov va mamlakat rahbari imiji haqidagi shaxsiy fikrlari va mulohazalari bilan chiqishlar qilgan. U chiqishlaridan birida prezident Shavkat Mirziyoevdan saylovda qatnashmaslikni, mamlakatni tark etishini so‘ragan.

“Eltuz” muxbiri holatni o‘rganish maqsadida Jizzax viloyati IIB va Kalonovning yaqinlari bilan bog‘landi.

“Ukam 15 avgust kuni kechki soat 21 larda Jizzax IIBga kelib, narsalarini olib ketishimni so‘radi, – dedi Alijon Kalonov. – Darrov yetib bordim. Ammo u bilan ko‘rishish imkoni bo‘lmadi. Tergovchini tashqariga chaqirishni talab qildim. Kutish joyidagi xodimlar buni ham rad etib, menga ortiqcha izoh ham berib o‘tirmadi. 

Narsalarini ham to‘liq bermadi. Kiyimlarini berdi, xolos. Uning yonida puli, “Viza” kartasi va ikkita plansheti bo‘lgan. Ularni bermadi. Ma'lum qilishicha, ukam Jinoyat kodeksi 158 va 244-moddalarining turli bandlari bilan ayblanib, so‘roq qilinayotgan emish”.

Jizzax viloyati IIB vakili “Eltuz” muxbiriga Valijon Kalonovning so‘roqda ekanini tasdiqladi. Biroq qo‘shimcha ma'lumot bera olmasligini, tergov jarayonlari davom etayotganini aytdi. Fuqaroning tergovga daxlsiz narsalari yaqinlariga qaytarilgani, tergov jarayonlari tugagach, boshqa buyumlar ham qaytarilishini ma'lum qildi.

Kalonov ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlarida unga bu kabi taqiqlar ko‘p bo‘layotganini aytib o‘tgan.

U chiqishlaridan birida Islom Karimovni o‘g‘ri va yolg‘onchi degani uchun 2013 yilda ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tiqilib, 15 kundan so‘ng chiqarib yuborilganini bildirgandi. 

2020 yilda bloger Ulug‘bek Ashurning yutub kanalida Shavkat Mirziyoevning Xitoyga sotilgani mazmunidagi intervyusi ko‘p o‘tmay o‘chirib tashlangan va bunda ham prezident odamlarining qo‘li borligini iddao qilgandi.

2020 yil noyabrida Kalonov tomonidan Jizzax viloyati pasport stoliga topshirilgan pasporti hali ham qaytarib berilmagan. Uning akasi “Eltuz” bilan suhbatda bunda DXXning Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlarining qo‘li borligini ta'kidladi.

“Ukamning pasporti o‘n kun ichida tayyor bo‘lgan, – dedi Alijon Kalonov. – Pasport stoli xodimlaridan hujjatni so‘rasak, bizga hujjatni vaqtincha bermaslik topshirilgan, dedi. So‘ng DXXning Jizzax viloyati boshqarmasiga bordim.

“Mulozim menga: “Ukangiz pasportni olsa, yana chetga ketadi. Keyin uni to‘xtatib bo‘lmaydi, har narsa deb O‘zbekistonni, prezidentimizni obro‘sizlantiradi”, dedi. 

Menimcha, saylovgacha pasportini ham berishmasa kerak. Hayoti ham alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketdi. Oilasi, ikki o‘g‘li, ikki qizi Qozog‘istonda. Bular esa uning yo‘lini bog‘lab qo‘ygan”.

Valijon Kamolovning pasporti masalasida DXXning Jizzax viloyati boshqarmasi va pasport stoli xodimlari bilan bog‘lanib bo‘lmadi.

Tag‘in o‘qing
11 noyabr 2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi ikki chaqaga qimmat propaganda o‘chog‘i VGIK bir o‘qituvchi qarshisida zir titradi. O‘qituvchi Ilya Kojuxar urushda qatnashishni istamagan ...
10 may 2017
Toshkent. 2017 yilning 9 mayi. Ko‘cha to‘la qizil bayroqlar. Odamlar o‘roq va bolg‘ali sovet bayroqlarini ko‘tarib olgan. Bir o‘ris ...
10 iyun 2022
Minutlar soatlarni, soatlar esa sutkalarni quvalay quvalay bir xafta o‘tdi. Mana juma keldi. Yana «Rassom Tuz nima deydi ekan?» ...
6 aprel 2017
Shu yilning boshida jahon ekranlariga chiqqan «Mashxurlikka yo‘l» (Sing) filmi katta va kichik yoshdagi tomoshabinlarning nazariga tushdi. Filmda, katta ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...