chorshanba,
4 dekabr 2024
7 sentyabr 2021
Majburiy mehnatga qarshi so‘nggi rolik
Uzoq yillar davomida O‘zbekistonda talabalar uchun yangi o‘quv yilining boshlanishi paxta terimiga chiqishni anglatardi. Terimdan bosh tortish deyarli mumkin emasdi. Chunki buning uchun o‘qishdan haydashlari yoki boshqa jazo choralari ko‘rilishi mumkin edi. 2017 yildan talabalar majburiy paxta terimidan ozod etildi. Endilikda Mirziyoev hukumati paxta terimida majburiy mehnat bo‘lganini tan oladi. Biroq o‘sha paytlarda kam sonli jasur huquq faollarigina paxta terimiga majburlash holatlari bo‘yicha hukumatni ochiq tanqid qilishga jur'at eta olardi. Biz bugun e'tiboringizga 2017 yili ishlangan rolikni ko‘rsatmoqchimiz. Bu talabalar paxta terimiga olib chiqilgan va qaytarib olib kelingan so‘nggi yil edi.
Eltuz.com