Asosiy mavzular
20 oktyabr 2021

O‘zbekistondagi ko‘zga ko‘rinmas saylov kampaniyasi

O‘zbekistondagi  prezident saylovida amaldagi prezident televidenie ekranlari va gazetalarning bosh sahifalarida ustunlik qilmoqda va uning raqiblari deyarli ko‘rinmaydi, deya yozdi jurnalist Joanna List 12 oktyabr kuni Eurasianet nashrida chop etilgan maqolasida.  

Maqolada xalqaro kuzatuv missiyasi xulosalaridan iqtibos keltirilib, O‘zbekistonda prezident saylovi kampaniyasi boshlanishiga ikki hafta qolganida ham nomzodlar bir-biri bilan hech qanday mazmunli muloqot qila olishmagani aytilgan.

«Hozircha tanlov ishtirokchilari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki mazmunli aloqa bo‘lmadi», deya bildirgan edi 8 oktyabr kuni YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi o‘zining oraliq hisobotida.

24 oktyabr kuni o‘tkaziladigan saylovga sanoqli kunlar qolgan. Biroq saylov targ‘iboti o‘ta sust bormoqda, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoev tanqid u yoqda tursin, o‘ziga qarshi saylov poygasiga kirishishdan ham cho‘chiyotgan qolgan to‘rtta ot ustidan g‘alaba qilishi aniq ko‘rinib qolmoqda.

Saylov kampaniyasi davlat tomonidan saylovni moliyalashtirish bo‘yicha haqi to‘langan, nomzodlarning ko‘cha-ko‘ydagi reklama taxtalari va ommaviy axborot vositalaridagi targ‘ibot materiallari bilangina cheklangan. Shaxsiy tartibda kampaniyani moliyalashtirish taqiqlangan.

Davlatga tegishli ommaviy axborot vositalari barcha nomzodlarga teng ravishda bepul joy yoki efir ajratishi kerak, nomzodlar, shuningdek, saylov uchun ajratilgan mablag‘lardan xususiy savdo nuqtalaridagi reklama joylarini sotib olishda foydalanishlari mumkin.

«Huquqiy asos bazasi barcha nomzodlarga bir xil yoritilish kafolatini bersa-da, tanlov ishtirokchilarining rasmiy faoliyatini yoritishni saylovoldi tashviqoti, deya hisoblamaydi», deyiladi DIIHB hisobotida.

Bu faqat bitta nomzodga foyda keltiradi – Mirziyoevga. Prezident lavozimida turib, u televidenie va gazeta sahifalarida ustunlik qilmoqda, uning raqiblari esa deyarli ko‘rinmaydi.

Ular Bahrom Abduhalimov – «Adolat» partiyasi rahbari; Alisher Qodirov – «Milliy tiklanish» yetakchisi; Narzullo Oblomurodov – Ekologik partiya rahbari va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi rahbarining o‘rinbosari va yagona ayol nomzod Maqsuda Vorisova.

Ular parlamentdagi majlislarda ishtirok etuvchi va Mirziyoevga sadoqatli, qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan beshta siyosiy partiya vakillaridir. Muxolif nomzodlarning saylovda qatnashishga urinishlari esa barbod bo‘lgan, deya yozadi maqola muallifi.

Ro‘yxatdan o‘tmagan «Erk» demokratik partiyasi mamlakat prezidentligiga mashhur qo‘shiqchi Jahongir Otajonov nomzodini taklif qilgan edi. Ammo u partiya majlisi olomon tarafidan hujumlarga uchrashi ortidan niyatidan voz kechganini bildirdi.

Iyun oyida Adliya vazirligi termiz univrsitetining korruptsiyaga qarshi kurashgan sobiq rektori Xidirnazar Olloqulovning «Haqiqat va taraqqiyot» partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasini rad etdi.

«Siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, DIIHB tomonidan ilgari baholanganidek, og‘ir va o‘zboshimchaliklar qo‘llanilishiga izn beradi», deya bildirishadi kuzatuvchilar.

Saylovoldi kampaniyasi siyosiy mitinglar va teledebatlar yo‘qligi bilan ajralib turdi.

Teledebatlarga ruxsat berilgan, lekin nomzodlar ular uchun ajratilgan efir vaqtini hali olishmagan, deya xabar beradi DIIHB.

O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining baholash xaritasi mavhum edi.

“DIIHBning ko‘plab suhbatdoshlari so‘nggi paytlarda media muhitining yaxshilanganini ta'kidladilar. Ammo ular, shuningdek, jurnalistlar va blogerlarni qo‘rqitish va ta'qib qilish, ommaviy axborot vositalarining cheklangan qonuniy asosi va xalqaro ommaviy axborot vositalari va inson huquqlari tashkilotlarining ba'zi veb saytlarini to‘sish kabi eski muammolar davom etayotganini bildirishdi «, deyiladi hisobotdan keltirilgan iqtibosda.

Iyul oyidan boshlab mamlakatda Tvitter, Tik Tok va VKontakte ijtimoiy tarmoqlari hamda Skayp va WeChat tezkor messenjerlari bloklangan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, hukumat saylovni o‘tkazish bo‘yicha ilgarigi ayrim tavsiyalarnigina  qabul qilgan, ayrimlarini esa e'tiborsiz qoldirgan.

«Hozirgacha qabul qilingan tuzatishlar DIIHBning oldingi bir qator tavsiyalarini o‘z ichiga oladi, jumladan, kampaniya tadbirlari to‘g‘risida xabar berishning soddalashtirilgan tartibi, kampaniya paytida mansab vakolatlarini suiiste'mol qilishdan ba'zi himoya choralari, nizolarni parallel hal qilish yo‘llarini yo‘q qilish va kampaniyani moliyalashtirish bo‘yicha oraliq hisobot uchun yangi talablar. Asosiy huquq va erkinliklarni himoya qilish borasidagi uzoq yillik boshqa tavsiyalar esa e'tiborga olinmagan”, deya iqtibos keltiradi maqola muallifi DIIHBning oraliq hisobotidan.

Tag‘in o‘qing
13 sentyabr 2023
Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi va boshqalarniki ham aniq ...
13 yanvar 2016
Toshkentda mashhur o‘zbek xonandasi Kaniza (Ahmedova Shahrizoda Farhodovna)ning Porsche Cayenne avtomobili orqa oynasini sindirib, qimmatbaho sumkasi, undagi qimmatbaho buyumlar, ...
7 iyul 2016
«O‘zbekiston ovozi» gazetasi Xalq demokratik partiyasi yetakchisi, partiyaning parlament quyi palatasidagi fraktsiyasi rahbari Hotamjon Ketmonovning Bo‘z tumanidagi saylovchilar bilan ...
15 sentyabr 2015
Ushbu suxbatni e'tiboringizga xavola etishdan oldin xozirgi kunda jaxon xamjamiyatining e'tiborini tortayotgan xolat, «Uzbekistonda majburiy mexnat» va «paxta siyosati» ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...