Asosiy mavzular
20 noyabr 2021

Toshkentlik rassomning benzin mavzuidagi asari yaratilgan kuni yo‘q qilindi

Joriy yilning 19 noyabr kuni o‘zbekistonlik rassom, 33 yoshli graffiti ustasi Abdurahmonning benzin narxlari oshganiga oid  yangi asari paydo bo‘ldi va ko‘p o‘tmay o‘chirildi. Parvona kabi umri qisqa bo‘ldi parvona va benzin xudkushi aks etgan rasmning.

Toshkentning Uchtepa tumanida “O‘zbekneftgaz”ga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasi yaqinidagi bino devoriga ishlangan bu galgi rasmda benzin to‘pponchasini peshanasiga tirab otayotgan, o‘zbek do‘ppisidagi odam aks etgan edi.

Biroq devoriy rasm shu kuniyoq, oradan bir necha soat o‘tmay, usti ohak bilan oqlanib, o‘chirildi. Tarmoqda bo‘yoq ortida qolgan rasm izlari fotosi qo‘yildi. Rassomning telegramdagi sahifasida esa bu yuzadan biror ma'lumot qoldirilmagan.

Eslatib o‘tish joiz, bundan ilgari Toshkentda Abdurahmonning O‘zbekistondagi avtomobil bozori monopoliyasiga bag‘ishlangan rasmi ham o‘chirilgan, biroq keyingisidan sal uzoq “umr ko‘rgan” edi.  

AQShning Toshkentning Chilonzor dahasida joylashgan sobiq elchixonasi devorida shu yilning 3 sentyabrida rassomning avtomobil xaridi uchun turnaqator navbat aks etgan asari paydo bo‘lgan, biroq ko‘p o‘tmay u ham o‘chirilgan edi.

Joriy yilning 27 iyun kuni poytaxtning Chilonzor tumanidagi binolardan birining devoriga Leonardo da Vinchining strit-art uslubida ishlangan “Mona Liza” asari o‘chirib tashlangandi.

Toshkentlik ko‘cha rassomi Abdurahmonning 15 tadan ortiq devoriy rasmi hali o‘chirilmagan, ular orasida o‘zbek tili himoyasiga bag‘ishlangan, qatag‘on qurbonlari Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat va Cho‘lponlarning devoriy portretlari bor.  

#Inkuzart xeshtegi va g‘amgin parvona timsoli ostida Toshkent devorlariga rasm chizayotgan Abdurahmon ayni tarzdagi ko‘cha rasmlari bilan mashhur rassom Benksi kabi o‘z shaxsini tarmoqda ochiqlashni istamaydi.

Eltuz.com  

Tag‘in o‘qing
30 sentyabr 2015
Bugun, 30 oktyabr kuni, kamida 4 nafar bo‘lgan bir guruh odamlar ikkita mashinada Angrendan to Toshkentgacha huquq himoyachisi Dmitriy ...
8 mart 2021
(Rassom Tuz hikoyasi) Bu qizning ismi Ërqinoy. 27 yoshda. 7 martda tug‘ilgan. U shu kunni yomon ko‘radi. Ortiqcha stressli ...
7 aprel 2021
Sezgan bo‘lsangiz, rasmiy iste'molga Karimov davridan qolib ketgan «ma'naviyat va ma'rifat» mafkurasi qaytdi. Qaytishi ham muqarrar edi, chunki islohotlarni, ...
26 aprel 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...